1.3. IPv6 protokoli.IPv6 4-versiyaning vorisi bo‘lgan Internet protokolining yangi versiyasini ifoda etadi. IPv4 ga nisbatan IPv6 dagi o‘zgarishlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Adreslashning kengayishi. IPv6 da adres uzunligi 128 bitgacha kengaytirilgan (IPv4 da 32 bit), bu esa adreslash iyerarxiyasining ko‘proq darajalarini ta’minlash, adreslashtiriladigan tugunlar sonini oshirish, avto-konfiguratsiyani soddalashtirish imkonini beradi. Multikasting-marshrutlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish uchun adres maydoniga «scope» (adreslar guruhi) kiritilgan. Adresning yangi «anycast address» turi aniqlangan. U mijoz so‘rovlarini serverning istalgan guruhiga yuborish uchun foydalaniladi. Anycast adreslash o‘zaro harakat qiluvchi serverlar to‘plami bilan foydalanish uchun mo‘ljal-langan bo‘lib, ularning adreslari mijozga oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Qo‘shimcha optsiyalar. IP-sarlavhalar optsiyalari kodlashtirilishining o‘zgartirilishi paketlarni qayta adreslashtirilishini yengillashtirish imkonini beradi. Optsiyalar uzunligiga bo‘lgan cheklovlarni kamaytiradi va kelajakda qo‘shimcha optsiyalar kiritilishini yanada ochiqroq qiladi. Ma’lumotlar oqimlariga belgilar qo‘yish imkoniyati. Muayyan transport o qimlariga tegishli bo‘lgan, ular uchun jo‘natuvchi qayta ishlashning muayyan tartibini so‘ragan paketlarga belgi qo‘yish imkoniyati, masalan, TOS (xizmatlar turi)ning nostandart turi yoki ma’lumotlarga vaqtning real tizimida qayta ishlash joriy qilindi. Xususiy almashishlarni identifikatsiyalash va himoyalash. IPv6 da ma’lumotlarning yaxlitligini va istalganda xususiy ma’lumotni himoyalash uchun tarmoq obyektlarida yoki subyektlarida identifikatsiyalash tasnifi joriy qilingan.
1.3.1. IPv6 paketlar formati 2-rasmda IPv6 sarlavhasining formati aks ettirilgan.
«Versiya» maydoni Internet protokoli versiyasining 4 bitlik kodi raqami. Ustuvorlikning 4 bitlik «Ustuvorlik» maydoni IPv6 sarlavhasida jo‘natuvchiga paketlarni yetkazishning nisbiy ustuvorligini identifikatsiyalash imkonini beradi. Ustuvorliklarning qiymatlari ikki diapazonga bo‘linadi. 0 dan 7 gacha kodlar trafik ustuvorligini berish uchun foydalaniladi. U uchun jo‘natuvchi ortiqcha yuklanish ustidan nazoratni amalga oshiradi (misol uchun, ortiqcha yuklanish signaliga javoban TSR oqimini pasaytiradi). 8 dan 15 gacha bo‘lgan qiymatlar trafik ustuvorligini aniqlash uchun foydalaniladi. U uchun ortiqcha yuklanish signaliga javoban oqimni pasaytirish amalga oshirilmaydi. Misol uchun, doimiy (turg‘un) chastota bilan yuboriladigan «real vaqt» paketlari holida. E’tibor qiling, har bir muayyan maydonlarda boshlang‘ich nollarni yozishga hojat yo‘q, biroq har bir maydonda hech bo‘lmaganda bitta raqam bo‘lishi lozim (2-bandda bayon etilgan holatdan tashqari). 2 . IPv6 adreslari ayrim turlarida ko‘pincha o‘zlarida nolli bitlarning uzun ketma-ketligini mujassamlashtiradi. Nol bitlik adreslar yozuvini qulayroq qilish uchun, ortiqcha nollarni olib tashlash uchun maxsus sintaksis nazarda tutilgan. « :: » yozuvidan foydalanish 16 ta nollik bitlardan iborat guruhlar b orligiga ishora qiladi. « :: » kombinatsiyasi faqatgina adres yozilishida paydo bo‘lishi mumkin. « :: » ketma-ketligi, shuningdek, yozuvdan adresdagi boshlang‘ich va yakunlovchi nollarni olib tashlash uchun foydalanilishi mumkin. Masalan: 1080:0:0:0:8:800:200С:417А unicast adres
FF01:0:0:0:0:0:0:43 multicast adres
0:0:0:0:0:0:0:1 teskari aloqa adresi quyidagi ko‘rinishda ifoda etilishi mumkin: 1080::8:800:200С:417А unicast adres
FF01::43 multicast adres
:: 1 teskari aloqa adresi 3. IPv4 va IPv6 larda ishlash uchun qulayroq bo‘lgan yozuvning muqobil shakli bo‘lib, x:x:x:x:x:x:d.d.d.d xizmat qiladi, bunda «x» — adresning o‘n oltinchilik 16 bitlik kodlari, «d» esa — adresning kichik qismini tashkil etuvchi o‘nlik 8 bitlik kodlari (standart IPv4 ifodasi), Misol uchun: 0:0:0:0:0:0:13.1.68.3 (siqilgan ko‘rinishda ::13.1.68.3)
0:0:0:0:0:FFFF:129.144.52.38 (siqilgan ko‘rinishda ::FFFF:129.144.52.38)