21.11 – §. AVTOMATLASHTNRISH TIZIMLARINING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI
Texnologik ob’ektlarni avtomatlashtirish ularning texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 3 – 5% ga orttirib, maqsadga qaratilgan mahsulotni olishda ko‘p mehnat talab qilishlik darajasini ancha kamaytirishga (30 – 40% ga) olib keladi.
Ikkinchi tomondan uni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kapital mablag‘lar talab qilinadi. Masalan, kimyoviy va unga yaqin sanoat tarmoqlarida avtomatlashtirishga ketadigan xarajatlar TOB qurilmalari tannarxining 35% ini tashkil etadi.
Avtomatik tizimlar (AT) ni joriy qilish samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi ularning o‘zini qoplay olish muddati hisoblanadi:
T =(K +A)/E, (21.18)
bu erda T – o‘zini qoplash muddati, yil; K – AS ni joriy qilish uchun sarflanadigan kapital mablag‘lar (harajatlar), so‘m; A – joriy qilingan avtomatlashtirish qurilmalari tannarxidan ajratilgan amortizasion to‘lovlar, so‘m; E – shartli – yillik iqtisodiy samara, so‘m/yil.
Iqtisodiy samara avtomatlashtirish bo‘yicha aniqlanadi:
E =(S1 - S2)/P (21.19)
bu erda, S1 ,S2 – maqsadga qaratilgan mahsulot birligining avtomatlashtirishdan oldingi va keyingi tannarxi, so‘m; P – maqsadga qaratilgan mahsulotning avtomatlashtirishdan keyin yillik ishlab chiqarish.
Kimyo korxonalari mahsuloti tannarxining asosiy bandi (50 – 80%) xom ashyo tannarxi ekanini hisobga olib, asosiy e’tiborni maqsadga qaratilgan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xomashyo solishtirma sarfini pasaytiruvchi avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga qaratish zarur.
O‘zini qoplash muddatining teskari kattaligi iqtisodiy samaradorlik koeffisienti E hisoblanadi:
E = 1/T =(S1 – S2)*P/(K + A) (21.20)
Keltirilgan formulalar bo‘yicha aniqlangan samaradorlik ko‘rsatkichining qiymatlari normativ qiymtlar bilan taqqoslanadi va natijaga asoslanib, AT ni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi haqida xulosa chiqariladi. Kimyoviy korxonalarda AT ning o‘zini qoplashining normadagi muddati taxminan uch yilni tashkil etadi.
Iqtisodiy samaradorlikning AT ni joriy qilishga ketadigan kapital xarajatlarga bog‘liqligi 21.19-rasmda keltirilgan.
Bog‘lanishni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, birinchi bosqichda (K0 – K1) iqtisodiy vositalar kompleksiga ozgina harajatlar qilinganda iqtisodiy samaradorlik S1 tannarxning ortishi va oddiy boshqarish funksiyalarining (nazorat, signalizasiya va hokazo) avtomatlashtirilishining samaradorligi juda kichik bo‘lganidan iqtisodiy samaradorlik manfaydir. Kapital mablag‘larning ma’lum qiymatidan boshlab (K1) boshqarish vazifalari va masalalarini kengaytirish AT ning samaradorligini keskin o‘sishiga olib keladi, demak yanada takomillashgan texnik vositalar kompleksidan foydalanish hisobiga iqtisodiy samarani ham oshiradi. Takomillashtirishning bu bosqichida AT eng katta samara beradi. Bu bosqich uzoq davom etmaydi. U kapital harajatlarning K2 qiymatigacha davom etadi. Qapital harajatlarning bundan keyingi ortishi (K2 – Kz) AT ni joriy qilishning iqtisodiy samaradorligini bunchalik keskin oshirmaydi; kapital harajatlarning ma’lum qiymatidan boshlab (Kz), boshqarishning funksiya va vazifalarini bundan keyingi kengaytirish juda oz darajada samara beradiki, natijada tizimining iqtisodiy samaradorligi tusha boshlaydi. Bu boshqaruvning funksiyalari va vazifalarining takrorlanishi, texnologik xodimlarga beriladigan axborotning haddan tashqari ko‘pligi, AT ning murakkabligi, demak ishonchsizligi, boshqarish funksiyalarini avtomatlashtirish bilan tushuntiriladi, ularni fan va texnika rivojining erishilgan darajasida texnik personalga qoldirish maqsadga muvofiqdir. K4 qiymatdan boshlab, texnik vositalar majmuasini murakkablashtirish ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra iqtisodiy samaraning manfiy qiymatiga olib keladi.
Bog‘lanishni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, har bir BTO uchun eng ko‘p iqtisodiy samara beradigan AT tanlab olish mumkin. Bunda kapital harajatlar K3 ni tashkil etadi.
21- BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI
Texnik loyiha
Texno-ishchi loyiha
Ishchi hujjat
Ishchi chizma
Prinsipial elektrik sxema
Prinsipial pnevmatik sxema
NAZORAT SAVOLLARI
Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi.
Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash bosqichlari.
Ishchi chizma nima?
Texnalogik ob’ektlarni avtomatlashtirish darajasini aniqlash.
Prinsipial elektrik sxemalar.
Prinsipial pnevmatik sxemalar.
TJABTni yaratish prinsiplari.
TJABTni ishlab chiqish bosqichlari va pog‘onalari.
Texnik topshiriq.
Texnik loyiha.
Ishchi hujjatlar.
Moslashuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish.
Avtomatik loyihalash tizimlari.
ALT ni ta’minlash vositalari.
ALT ni ishlash rejimlari.
Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi
Do'stlaringiz bilan baham: |