MS Access ning ish oynasi haqida ma’lumot.
Bu dastur MS Office lardan biri bo’lib, uning yuklanishi ilgari tanishilgan usullar kabi bajariladi. Access dasturida tez-tez uchraydigan tushunchalarning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz.
Oynaning birinchi sarlavha satrida amaliy dasturning nomi Microsoft Access deb yozilgan, 2-satrida esa quyidagi:
Файл, Правка, Вид, Вставка, Сервис, Окно, Справка
menyu satrlari joylashgan.
Uchunchi (to’rtinchi,...) satrlarda asboblar paneli (ko’p hollarda «Вид» menyusining Standart paneli) piktogrammalari joylashgan. MS Access da ma’lumotlar bazasini yaratish.
Biror ma’lumotlar bazasini loyixalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun Windows oynasining masalalar panelidagi «Пуск» tugmachasi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmachasi bosiladi va «Все программы» bo’limiga o’tib, Microsoft Office→Microsoft Access bandi tanlanadi. Microsoft Access ning dastlabki oynasida 7 ta asosiy ob’ektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud.
«Открыть» (Ochish);«Конструктор» (Tuzuvchi);«Создать» (Yaratish) tugmachalaridir
253. Axborot tizimlari va ularning turlari.
Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yulida bir vaktning uzida xam yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (ob'ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir anik maqsad yulida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo’lgan shaxar telefon tarmoklari tizimi, insondagi yurag’ kon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning xar biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya'ni, xar biri uziga xos yagona maqsad yulida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
Ax borot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun'iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoklari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob'ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi.
254. “Microsoft Excel” elektron jadvali bilan ishlash.
Microsoft Excel elektron jadvali turli xil jadvallar yaratish, ularda xisob-kitob ishlarini amalga oshirish, diagrammalar yaratish, ularning ko`rinishini boshqarish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bu dasturni ishga tushirish uchun shu dastur piktogrammasida sichkoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish ( tugmasi) , dastur faylini ishga tushirish yoki Пуск bosh menyusidagi Все программы bandidagi Microsoft Office bandidan Microsoft Excel 2007 buyrugini tanlash orqali ishga tushirish mumkin. Dasturning uskunalar paneli boshqa office paketi dasturlari uskunalar paneliga uxshash bo`lib, unda Главная, Вставка, Разметка страницы, Формулы, Данные, Рецензирование, Вид hamda Надстройки panellari mavjud.
Ctrl+A
|
Hammasini belgilash
|
Ctrl+B
|
Qalinlashtirish amalini qo`llash yoki bekor qilish
|
Ctrl+C
|
Belgilangan qismni buferga nusxalash
|
Ctrl+F
|
Qidiruv oynasini chaqirish
|
Ctrl+G yoki F5
|
Ko`rsatilgan joyga o`tish
|
Ctrl+H
|
Almashtirish
|
Ctrl+I
|
Egri yozish amalini qo`llash yoki bekor qilish
|
Ctrl+O yoki Ctrl+F12
|
Hujjatni ochish
|
Ctrl+P
|
Chop etish oynasini chaqirish
|
Ctrl+S yoki Shift+F12
|
Saqlash
|
Ctrl+U
|
Matn tagiga chizish amalini qo`llash yoki bekor qilish
|
Ctrl+V yoki Shift+Insert
|
Buferdagi ma`lumotni qo`yish
|
Ctrl+W yoki Ctrl+F4
|
Faol elektron kitobni yopish
|
Ctrl+X
|
Belgilangan qismni buferga qirqib olish
|
Ctrl+Y yoki F4
|
Oxirgi amalni takrorlash
|
Ctrl+Z
|
Oxirgi amalni bekor qilish
|
F1
|
Yordamchi ma`lumotni ko`rish
|
Ctrl+F1
|
Uskunalar panelini ko`rsatish-yashirish
|
F2
|
Faol katakchani tahrirlash (o`zgartirish) rejimiga o`tish
|
255. Axborot tizimlari, ularning turlari, xossalari, qo’llanilish sohalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |