Avtomatlashtirilgan tizimlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash laboratoriyasi ishlarida tehnika havfsizligi
Avtomatlashtirilgan tizimlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash labaratoriyalaridagi dastgoxlari xarakatdagi elektr qurilmalari bo`lib undagi ayrim elementlar kuchlanish ostida bo`ladi.Shuning uchun ma`lum bir sharoitlarda,o`rnatilgan qjidalarni buzish natijasida,laboratoriya dastgohlari insonni elektr toki urishi mumkin bo`lgan yoki turli ko`rinishdagi jarohatlanishi ehtimoli bo`lgan manbaga aylanadi.O`quvchilarni yaqinlashtirishi,kirishi mumkin bo`lgan asboblar mashinalar va ishga tushirish apparatlari tarkibiga kirgan labaratoriya jihozlarini montaj qilgan vaziyat yana ham jiddiylashib laboratoriya ishlarini bajarishda yana ham xavf kuchayadi.
Inson badani elektr o`tkazuvchanlikka ega bo`lganligi sababli kuchlanish ostida bo`lgan ikkita elektrdan izolyaciya qilinmagan elementga tegib ketish natijasida (shunday elementlardan biri elektr mashinasining yoki transformatorning ustki qobig`i bo`lishi mumkin) inson badanidan elektr toki o`tadi.Tokning xavfli qiymatlarida bu narsa yoki kuchli kuyishga (elektr jaroxat), yoki inson organizmidagi (jismidagi) asab,yurak va nafas olish iyullarini lat eyishga olib keladi (elektr zarbasi).Elektr toki bilan shikastlanish oqibati yomon bo`lib,ba`zan o`lim bilan yakunlanishi ham mumkin.
O`quvchilarni elektr mashinalari bilan ishlashining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki,texnika xavfsizligi qoidalari rioya qilmasligi natijasida faqatgina elektr toki bilangina shikastlanib qolmay,balki,elektr mashinalarining tormozlash (to`xtatish) qurilmalarining aylanuvchan qismlari tomonidan mexanik zarbalarga ham uchrashlari mumkin.Shu narsani esda tutish kerakki,kuchlanish ostida laboratoriya jihozlarini ko`p elementlari tegib ketishi mumkin bolgan masofada joylashgan:aylanuvchi qismlar esa himoya qurilmalariga ega bo`lishiga qaramay kiyim-kechakni ilib tortib ketishi yoki qattiq tegib ketishi mumkin.Shuning uchun o`quvchilar laboratoriyada o`ta ehtiyotkor bo`lib,qo`yidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari darkor:
Labaratoriyalarda bo`lish paytlarida o`quvchilar o`ta ehtiyotkor,intizomli va hushyor bo`lishlari kerak;faqat tekshirilayotgan laboratoriya dastgoxi oldida bo`lishi kerar;
Boshqa qurilmalar va jixozlarga,taqsimlovchi punktlarga,pultlarga yaqinlashish va ularni,o`chirib –yoqish ishlarini o`zboshimchalik bilan qilish qat`iy taqiqlanadi;kuchlanish ostida bo`lgan sxemani uning izolyaciya qilinmagan tok utkazuvchi qismiga kimdir tegib turgan bo`lsa ulash,laboratoriya qurilmasini yoki uning kuchlanish ostida bo`lgan ayrim asboblarini kuzatuvchisiz qoldirish mutlaqo mumkin emasdir;
Siljigichlar yoki ishga tushirish apparaturalarining dastagi jildirilganda albatta ko`l izolyaciya qilingan dastagiga tegib turganligiga ishonch hosil qilish kerak;
O`quvchilarning kiyimida bo`yin va bosh ro`mollarining,galstuklarining;boshqa narsalarning uchlari osilib turmasligi,sochning turmaklangani va bosh riyimidan sochning osilib turmasligini ta`minlash joiz;
Agar sxemada kondensator bo`lsa,uni o`chirilgandan so`ng chiqish qis simlarini qisqa tutashtirib,zaryatsizlantirib ko`yish zarur;
Laboratoriya qurilmasi bilan ishlaganda o`quvchilar har bir laboratoriya qurilmasi yonida bo`lgan rezina gilamcha ustida turishi kerak
Qurilmaga taalluqli bo`lgan har bir nosozlik yoki texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi tug`risida har bir o`quvchi tezda o`qituvchiga xabar berishi kerak;
Agar baxtsiz xodisa yuz bergan bo`lsa,laboratoriya qurilmasini tezda o`chirib,jabrlanuvchiga birinchi yordamini ko`rsatish va o`qituvchini xabardor qilish kerak
Texnika xavfsizligi bo`yicha o`tkazilgan mashg`ulot maxsus jurnalda har bir o`quvchining imzosi bilan qayd etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |