31
Talabaning fan bo`yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
100
Q
V
R
у
bunda,
V
– semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda);
Q
–fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi
(39,0 ball)
saralash balli hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talabalar
yakuniy nazoratga kiritilmaydi;
-
joriy va oraliq nazorat turlaridan saralash ballini yig`ib, eng kami 39 va undan
ko`p ball to`plagan talaba yakuniy nazoratga qo`yiladi;
-
joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha 55 va undan yuqori ball to`plagan
talaba fanni o`zlashtirgan
deb hisoblanib, ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga
talabaning hoxishi bo`yicha kirmasligiga yo`l qo`yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy balli har bir
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig`indisiga teng.
Oraliq va joriy nazorat turlari fan xususiyatidan kelib chiqib, tavqim rejada
ko`rsatilgan muddatlarda, yakuniy nazorat esa dekanat tomonidan tuzilgan reyting
nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi.
Fan bo`yicha belgilangan nazorat turlarini o`tkazish muddatlari fan bo`yicha
belgilangan bo`limlar bo`yicha mashg`ulotlar o`tib bo`lingandan so`ng, o`tkazish
usuli esa fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda dars jarayonida so`rov o`tkazish,
test savollariga javob berish, nazorat ishlarni bajarish va shu kabi boshqa shakllarda
amalga oshirish tavsiya etiladi. Fan bo`yicha nazoratlarni o`tkazish
usuli kafedra
yig`ilishida muhokamadan o`tgan bo`lishi kerak.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to`plagan va uzrli
sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun
navbatdagi shu nazorat turigacha so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy
nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda
belgilangan muddatlarda
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani
farmoyishi asosida o`qishni boshlaganidan so`ng ikki hafta muddatda topshirishga
ruxsat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha to`plagan
ballari
ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr
yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plangan ballari
yig`indisi 55 baldan kam bo`lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o`zlashtirish
uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o`zlashtira olmagan
talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko`ra belgilangan tartibda rektorning buyrug`i
bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda
o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishiga shaxsan fan o`qituvchisi mas’ul hisoblanib,
32
fakultet dekani, kafedra mudiri, o`quv-uslubiy hamda ichki nazorat va monitoring
bo`limlari tomonidan nazorat qilinadi.
Talabaning
reytingi uning bilimi, ko`nikmasi va malakalari darajasini
belgilaydi. Talabaning fan bo`yicha umumiy reytingi fan bo`yicha to`plangan
reyting ballari yig`indisi orqali aniqlanadi.
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig`ilishlari, fakultet va
institut Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli
qarorlar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: