Avtomatik boshqarish, rostlash va boshqa tizimlarida datchiklarning axbaroti analog ko’rinishida olinadi. Ushbu axbarotni raqamli boshqarish qurilmalarga yoki EХM larga kiritish uchun ARU lar hizmat qiladi.
Ko’pincha ARU lar kuchlanish yoki tok ko’rinishidagi kirish signalini parallel yoki ketma-ket ko’rinishdagi ikkala yoki ikki-o’nli raqamli kodga o’zgartiradi.
Uzluksiz o’lchanayotgan kattalikni uning ma’lum vaqt t ichida oniy qiymati bilan almashtirish vaqt bo’yicha kvantlash deb ataladi. t vaqt intervali
kvantlash qadami deb ataladi, o’zgartirish chastotasi esa f=1/t kvatlash chastotasi.
Kvantlash qadami ikki qismga bo’linadi. Birinchi qism davrida analog signali raqam ko’rinishiga o’zgartiriladi, ikkinchi davrida esa rezistrga yozilib undan moslamani boshqa qismlariga uzatiladi. Bu yerda bu kirish signali haqidagi qiymat axbarotga aylantiriladi.
Analog signalini raqam signaliga o’zgartirishi o’zgartgichining razryadlar maksimal soni bilan aniqlanuvchi darajada erishish mumkin. Bu tamoyil satx bo’yicha kvantlash ataladi.
Ko’p tarqalgan ARU lardan biri integrallash usulida ishlaydigan o’zgartkich. O’z navbatda bu usul yana bir necha guruxga ajratsa bo’ladi: bir qiyalik, ikki qiyalik ARU lar (5.5.-rasm).
Bu ARU chiziqli tavsifnoma va kichik narhga ega. Uning ish sikli 3 davrga ega; birinchi — nolning korreksiyasi ikkinchi — kirish signalning integrallash va uchinchi — tayanch kuchlanishini integrallash. Birinchi davrda siljish kuchlanishini rostlash yo’li bilan signalning avtomatik korreksiyasi amalga oshiriladi. Shu davrning o’zida SA2 kalit yordamida o’zgartgichning kirishi massa bilan tutashadi va hato haqidagi axborot S2 kondensator yordamida xotiraga kiritiladi.
5.5.- rasm. Ikki qiyalik integrallash ARU si. a-prinsipial sxemasi, b-vaqt diagrammasi.
ТKG-tayanch kuchlanish generatori NAKS-nulning avtomatik korreksiya sxemasi. ТIG-takt impulslar generatori. BK- boshqarish qurilmasi. IХ- impulslar
hisoblagichi.
Ikkinchi davr mobaynida kirish signali integrallanadi va takt impulslarni bir nechasi hisoblanadi. Bu davrning ohirida DA1 integratorning chiqishida kirish signalning qiymatiga proporsional signal hosil bo’ladi.
Uchinchi davrda DA1 integratorning kirishiga kirish signalning o’rniga teskari qutbli tayanch kuchlanishi uzatiladi. Buning natijasida integratorning chiqish kuchlanishi kamayadi. Shu vaqtning o’zida takt impulslarining soni hisoblanadi. Kuchlanishning kamayishi DA2 komparator belgilagan kuchlanishigacha davom etadi.
Agar Т 2 birinchi intervalning davomiyligi Т3 ikkinchi intervalning davomiyligi chiqish signalning raqam qiymati quyidagicha aniqlanadi:
U kir =T3/T2.U t. (5.7)
Ushbu ARU larning aniqligi faqat tayanch kuchlanishning stabilligiga bog’liq.