Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects


-BOB.  AVTOMATIKA  ROSTLAGICHLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/133
Sana30.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#194153
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133
Bog'liq
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik)

8-BOB.  AVTOMATIKA  ROSTLAGICHLARI 
 
8.1. Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari. 
 Avtomatik  rostlagichlar  sanoatning  turli  soxalarida  texnologik  jarayonlarni 
avtomatlashtirishda  keng  ishlatiladigan  texnikaviy  vositalar  hisoblanadi. 
Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish 
usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi  organiga 
ko‘rsatiladigan  ta‘sirning  xarakteri,  rostlagich  ishining  tavsifnomasi  (rostlash 
qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi. 
Rostlanuvchi  miqdorning  turiga  ko‘ra  rostlagichlar  quyidagilarga  bo‘linadi: 
bosim, sarf, satx, namlik va kabi  rostlagichlar. Ishlash usuliga ko‘ra bevosita va 
bilvosita ta‘sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi 
organini  ishga  tushirish  uchun  rostlanuvchi  ob‘ektdan  olingan  energiyaning  o‘zi 
bilan ishlovchi rostlagichlar  bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar 
ijro  etuvchi  mexanizmning  rostlovchi  organini  ishga  tushirish  uchun  qo‘shimcha 
energiya kerak bo‘lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydala-
niladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash 
(elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va xokazo) rostlagichlarga bo‘linadi.  
       Ijro  etuvchi  mexanizmning  rostlovchi  organiga  ko‘rsatiladigan  ta‘sirning  xa-
rakteri  jihatidan  rostlagichlar  uzlukli  va  uzluksiz  ishlovchi  bo‘ladi.  Uzlukli  ish-
lovchi  rostlagichlarda  ijro  etuvchi  mexanizmning  faqat  rostlovchi  organi 
rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida xarakat qiladi. Rostlanuvchi 
miqdorning o‘zgarishi va rostlovchi ta‘sir o‘rtasidagi bog‘lanish (yoki ijro etuvchi 
mexanizm  rostlovchi  organining  xarakati),  ya‘ni  rostlash  qonuni  nazarda  tutilgan 
ish  tavsifnomasiga  ko‘ra  rostlagichlar  pozitsion,  integral  (astatik),  proporsional 
(statik),  izodrom  (proporsional-integral),  proporsional-differitsial  (oldindan  ta‘sir 
etuvchi  statik), proporsional-integral-differinsial  (oldindan ta‘sir  etuvchi  izodrom) 
bo‘ladi.Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab tu-
rish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga 
bo‘linadi.  Stabillovchi  rostlagichlar  rostlanuvchi  miqdorning  berilgan  qiymatga  
(ma‘lum  darajadagi  xato  bilan)  tenglashishini  ta‘minlaydi.  Programmali 
rostlagichlar  maxsus  programmali  topshiriq  bergich  yordamida  rostlanuvchi  mi-
qdorning  vaqt  bo‘yicha  avvaldan  ma‘lum  bo‘lgan  programma  (qonun)  bo‘yicha 
o‘zgarishini ta‘minlaydi. Bu programma texnologik reglament talablariga muvofiq 
tuzilgan  bo‘ladi.  Kuzatuvchi  rostlagichlarda  rostlanuvchi  miqdorning  vaqt 
bo‘yicha o‘zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta‘sir qiluvchi boshqa 
kattalikning o‘zgarishiga mos bo‘ladi. 
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish