Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects


 - BOB.  AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLARI VA TEXNIK



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/133
Sana30.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#194153
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   133
Bog'liq
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik)

9 - BOB.  AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLARI VA TEXNIK 
VOSITALARINING PUXTALIGI  
 
9.1. Puxtalik xaqida tushunchalar va unga ta’sir qiladigan  
kattaliklar 
Parametrlarnig  ko‘zda  tutilmagan  nominaldan  og‘ishi  va  ayniqsa,  roslash 
tarkibidagi xech bo‘lmaganda bir elementning ishdan chiqishi ARS ning nominal 
ishini izidan chiqaradi, ko‘pincha butun sistemani ishdan chiqaradi. Elementar par-
ametrlarning  o‘zgarish  sabablari  har  hil.  Хar  bir  elemen    ma‘lum  material  va 
ma‘lum  (nominal) ish sharoiti  uchun hisoblanadi,  shuning uchun  elementar para-
metrlarning olinadigan qiymatlari ayrim shartlarni hisobga olmaganda  aniq va bir 
hil bo‘ladi. Ammo elementarni tayyorlash jarayonida elementlarning xaqiqiy par-
ametrlari hisoblangan qiymatlardan farq qiladi, bu esa parametrdagi nomoslik sab-
abi bo‘ladi. Ayniqsa, elementarlarni ishlatish vaqtida katta og‘ishlar paydo bo‘lish 
mumkin, bu og‘ishlarning qiymati shunchalik katta bo‘lishi mumkinki, normal ish 
nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yilgan chegaradan chiqadi. 
Masalan  ARS  ga  kiradigan  kuchaytirgichning  kuchaytirishi  koeffitsiyentining  ka-
mayishi  statik  xatoning  kattalashishiga  sabab  bo‘ladi  va  aksincha,  kuchaytirish 
koeffitsenti  ortiqcha  kattalashganda  turg‘unlikning  yo‘qolishiga  va  xatto  rostlash 
sifatining yomonlashuviga olib keladi. 
 
Elementlar parametrlarning sochilish sabablari texnologik va ekspluatatsion 
sabablariga bo‘linadi. 
 
Тexnologik sabablarga turli ruxsatlar tufayli kelib chiqqan chetga chiqishlar 
kiradi: 1) element tayyorlagan materialning xossalari tufayli bo‘lgan ruxsat, masa-
lan,  o‘tkazgichning  solishtirma  qarshiligi  yoki  ferromagnit  materialning  magnit 
kirituvchanligi ma‘lum qiymatga ega bo‘la olmaydi. Ular odatda nominaldan ortiq 
yoki kam tomonga ruxsat bilan beriladi: 2) elementar 
                                             
detallarning  o‘lchamlariga  beriladigan  ruxsat,  masalan,  mexanikaviy  zvenolar 
srasidagi bo‘shliklarga beriladigan ruxsat va xokazo. 
 
Ko‘rsatilgan  sabalarning  ta‘sirini  kamaytirish  uchun  elementlarning  kon-
struksiyasida rostlash moslamalari (o‘zgaruvchan qarshiliklar, sig‘im va xokazolar) 
bo‘lishi mumkin: bular elementning parametrlarini ma‘lum chegarada o‘zgartirish 
va  zarur  qiymatni  o‘rnatishga  imkon  beradi.  Shunisi  muximki,  sistemani  bunday 
rostlash  parametrlarga  bo‘lgan  ruxsatlarni  faqat  ma‘lum  tashqi  sharoitlardagina 
qisqartira oladi. 
Ekspluatatsion  sabablarga:  tashqi  muxitning  ta‘siri,  energiya  manbai  xolatinig 
ta‘siri, xizmat ko‘rsatish sifati, eskirish va yoyilish kiradi. 
 
Тashqi  muxit,  ayniqsa,  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishida  elementlarni  va 
butun  sistemani  ishlatish  vaqtida  muxit  xarorati,  xavoning  zichligi,  namligi,  gaz 
tarkibi  o‘zgaradi.  Bularning  xammasi  avvalo  alohida  detallar  va  butun  element 
parametrlaning (o‘tkazgichlar solishtirma qarshiligining ish suyuqligi qovushoqlig-
ining va xokazolarning) o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
 
Sistemani  ta‘minlovchi  energiya  manbaining  holati  xam  element  parametr-
lariga jiddiy ta‘sir etadi. Masalan, manba kuchlanishining ko‘tarilishi relening yoki 
magnit ishga tushurgichning ishga tushish vaqtini qisqartiradi, suyuqlik bosimining 
oshuvi esa gidravlik kuchaytirgich porshening siljish tezligini oshiradi. 


Avtomatik sistemalarning elementlarini to‘g‘ri ishlatish uchun yuqori mala-
kali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab etiladi. 
Elementlarning  parametrlari  ularning  eskirishi  va  yeyilishi  natijasida  ham  nomi-
naldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yeyiladi. Elementlar ish-
latishning boshlang‘ich davrida eskiradi, shuning uchun turli vazifalarni bajaruvchi 
muxim  dettallar  (masalan,  elektron  lampalar)  zavvodan  chiqarilishidan  oldin 
"sun‘iy eskirtiriladi". 
           Хar bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi, bu muddat tugagach 
eskirish  tezlashadi  va  u  xaqiqiy  holati  qandayligidan  qat‘y  nazar,  almashtirilishi 
lozim. 
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish