2.6.3. Sarf datchiklari
Sarf datchiklarini qo‘llashda turli xil fizikaviy prinsiplardan foydalaniladi.
Uzluksiz oquvchan suyuqliklar va gazlarning sarfini aniqlashning eng ko‘p tarqal-
gani drosselli qurilmalarda bosimning o‘zgarishi bo‘yicha o‘lchash usuli hisobla-
nadi (2.20-rasm). Drosselli qurilmalar sifatida diafragmalar, sopla va Venturi
trubkalari qo‘llaniladi.
Drossel-diafragmali suyuqlik datchiklarida (2.20,a-rasm) unga o‘rnatilgan
trubkaning 1 ikkala tomonida 2 impulsli trubkalar joylashgan bo‘ladi. Rezistor R
suyuqlik bilan shuntlanadi, hamda bosim va tok o‘zgarishini proporsionalligini
ta‘minlaydi. Ikkilamchi jihozdagi tok I u quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |