2.5. Хarorat datchiklari
Хarorat barcha texnalogik jarayonlarning muxim ko‘rsatkichlaridan biridir.
Qishloq va suv xo‘jaligida ko‘pgina texnologik jarayonlar ular o‘tayotgan sharoit
xaroratiga bog‘liq. Jism, suyuqlik yoki gazning xarorati nazorat qilayotgan muxit-
ning yoki u bilan issiqlik kontaktida bo‘lgan mahsus elementning xaroratini
o‘lchab aniqlanadi.
Amalda xarorat datchiklarining sezgir elementlari sifatida issiqlik tasirida
o‘zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini keng diapazonda o‘zgartirib, boshqa
kattaliklar (namlik, muxitning tarkibi
,
xavo
bosimi ta‘sirida
xususiyatlarini
o‘zgartirmaydigan materiallardan foydalaniladi.
Хarorat datchiklarining sezgir el-
ementlari issiqliqga kengayish koeffensenti maksimal ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi
kerak.
Ishlash prinsipi jihatdan xarorat datchiklari suyuqlik, bimetallik va dila-
tometrik datchiklariga hamda termoparalar va termorezistorlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |