Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriqlar
1. Electronics Workbench (EWB) dasturida o‘rganilayotgan filtrlarni sxemasini yig‘ing (1–rasm).
2. Aktiv yuklamada ossillogrammani kuchlanish va tokini chizing.
3.O‘qituvchi topshirig‘i bo‘yicha filtr sxemasini tanlash va hisoblash.
Nazorat uchun savollar.
1. Filtrlash elementlari qaysi jihatlariga qarab turlanadi (saralanadi)?
2. To‘g‘rilagichlarni chiqishida pulslash kuchlanishlari qanday tashkil etuvchilar bilan tasvirlash kerak?
3. Psofometrik kuchlanish qanday hisoblanadi va o‘lchanadi?
4. To‘g‘rilangan kuchlanishni o‘zgaruvchan tashkil etuvchilarini qaysi garmonikasi ko‘proq xalaqit beradi?
5. Filtrlar qanday klassifikatsiyalanadi (sinflanadi)?
№ 7 va № 8 – laboratoriya ishlari.
STATIK KUCHLANISH STABILIZATORLARINI
TEKSHIRISH
Laboratoriya ishi №7: Statik (turg‘un holatidagi) kuchlanish stabilizatorini (parametrik) tekshirish.
Laboratoriya ishi №8: Impulsli stabilizator kuchlanishini (kompensatsion stabilizator) tekshirish.
Ishdan maqsad:Parametrik stabilizator va kompensatsion stabilizator kuchlanishinini tekshirish. Tokni aniqlash va parametrik stabilizator sxemasida kuchlanish o‘zgarishini tekshi-rish. Stabilitronni differensial qarshiligini voltamper xarakteristikasida aniqlash. Stabilitronni volt–amper xarakteristikasini teskari tarmog‘ini qurish.
Nazariyqism.
Parametrik stabilizator stabilizatsiya kuchlanishi oddiy sxemasi bo‘lib hisob-lanadi (1–rasm).
Stabilitronni stabilizatsiya kuchlanishi volt–amper xarakteris-tikasidagi nuqta orqali aniqlanadi, unda stabilitron toki keskin ko‘payadi.
1–rasm. Statik (parametrik) stabilizator.
Stabilizator kirishida kuchlanish o‘zgarishi Ukir so‘nadigan qarshilikda taqsimlanadi Un=Ust O‘zaro R0rd nisbat bo‘lganda, Ust 0 ga intiladi, qachonki Ukir= UR0. Kirish kuchlanishi kamayganda stabilitron toki kamayadi va R0 qarshilikka tushish kuchlanishi kamayadi. Shunday qilib, kirish kuchlanishini barcha o‘zgarishlari so‘nadigan qarshilikdagi tushish kuchlanishi o‘zgarishi orqali kompensatsiyalanadi (qoplanadi). Yuklamadagi kuchlanish tebranishlari stabilitrondagi kuchlanishlar o‘zgarishi orqali aniqlanadi Ust ya’ni stabilitrondagi kuchlanish doimiy bo‘lib qoladi. Doimiy kirish kuchlanishida yuklamadagi tokni o‘lchash stabilitrondagi tokni teskari o‘zgarishini keltirib chiqaradi (In toki ko‘payishi bilan Ict toki kamayadi) so‘nuvchi qarshilik orqali oqib o‘tadigan umumiy tok, amalda o‘zgarmaydi, bu unda doimo kuchlanish bo‘lishini ta’minlab beradi. Demak yuklamada ham bo‘ladi.
Kompensatsion tipli tranzistorli stabilizatorlar kuchlanishi.
Tranzistorli stabilizatorlar kuchlanishi parametrik stabiliza-torlardan sezilarli darajada ustundir.
Ketma – ket tipli parametrik stabilizator sxemasida rostlovchi tranzistor VT 1 emitter zanjiridagi yuklamali kuchaytirgich Rn sxemasida ulangan. Rezistor R0 va stabilitron VD 1 parametrik stabilizator kuchlanishini hosil qiladi va kuchlanishni tayanch manbasi bo‘lib hisoblanadi Ust. Un = Ust—Ub–e Shunday ekan aktiv rejimda ishlayotgan Ub–e tranzistor kuchlanishi juda kam bo‘ladi, unda yuklamadagi kuchlanish stabilitron kuchlanishiga yaqin bo‘ladi. Kirish kuchlanishini barcha o‘zgarishlari rostlovchi tranzistor emitter–kollektor uchastkasida kompensatsiya-lanadi. Chiqish kuchla-nishi esa o‘zgarishsiz qoladi ya’ni stabillashadi (barqarorlashadi).
2 – rasm. Electronics Workbench (EWB) dasturida kompensatsion tipli tranzistorli stabilizatorlar kuchlanishi sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |