Gidrostatik datchiklarda suyuqlik sathini nazorat qilish maxsus tsilindrik
idishdagi suyuqlikning gidrostatik og‘irligi o‘zgarishiga asoslangan bo‘ladi (2.15,
b-rasm). Suyuqliq bosimi sathga (h) proportsional bo‘lib, membranani (1) egilishga
ta’sir qiladi va maxsus ko‘mir ustun (2) yordamida elektr signalga o‘zgartiriladi.
Bu signalni sath birligiga mos ravishda o‘lchov asbobi (P) yordamida o‘lchab
boriladi. Qalqovichli (poplovikli) va gidrostatik datchiklar suyuqlikning sathi
bo‘yicha emas, aslida uning massasi bo‘yicha o‘lchaydi, shuning uchun
haroratning va suyuqlik tarkibining o‘zgarishi natijasida o‘lchov xatoliklari kelib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |