9.6- rasm. Avtomatlashtirishning montaj sxemasiga misol.
10-BOB.
AVTOMATIK NAZORAT-O‘LCНOV ASBOBLARI,
HIMOYА VOSITALARI, BOSНQARISН SНCНITLARI VA
PULTLARI
10.1. Nazorat-o‘lchov asboblari va ularni tanlash
Avtomatik nazorat-o‘lchov asboblari va vositalarini tanlashda avvalo nazorat
qilinadigan asosiy ko‘rsatgichlarni: harorat, muhit tarkibi, namlik, changlik,
vibratsiya, elektr xususiyatlar, nazorat va o‘lchov sharoitlari, nazorat ob’ektining
o‘lchamlari va xususiyatlari, mexanik ta’sirlar, o‘lchash nuqtasi bilan nazorat
asboblari orasidagi masofa, energiya ta’minoti kabilar hisobga olinishi kerak.
Rostlagichni ishlash printsipiga asosan tanlashda rostlovchi organ tuzilishi
jihatidan qanday boshqaruvni amalga oshirishi mumkinligiga ahamiyat beriladi.
Masalan, asinxron elektr yuritmalarning barcha tiplari faqat pozitsiyali
boshqaruvga moslashtirilgan, klapanlar, so‘rgich (zadvijka) va boshqalar tekis
o‘zgarishi mumkin.
Ikki va uch pozitsiyali rostlagichlar kichik va tekis o‘zgaruvchi yuklama
(nagruzka) ga ega bo‘lgan, nisbatan kichik kechikish vaqtiga ega bo‘lgan statik
ob’ektlarda ishlatiladi. Agar rostlanuvchi parametrning tebranishi so‘nmaydigan
xaraterga ega bo‘lsa,
о
б
о
б
Т
.
.
2 bo‘ladi, agar
о
б
о
б
Т
.
.
1 bo‘lsa, uzluksiz rostlagichlar
ishlatiladi.
Uzluksiz rostlagichlarni tanlashda quyidagi umumiy ko‘rsatmalardan
foydalanish mumkin:
- astatik va unga yaqin bo‘lgan statik (o‘zicha tenglashish koeffitsienti kichik
bo‘lgan) ob’ektlar turѓunlik shartlariga ko‘ra I- rostlagichlar bilan ulanmasligi
kerak, ular uchun (agar statik xatolik mavjud bo‘lsa), P regulyator, PI yoki PID
114
regulyator kullanishi mumkin. Rostlagichlarning tipini tanlash eng avval uning
ishlash printsipiga asosan bajariladi: diskret (releli yoki impulsli) yoki uzluksiz.
Nazorat-o‘lchov asboblari va elektr ta’minot qurilmalarini loyihalashda
amaldagi normativ (me’yoriy) hujjatlarga asoslanadi va quyidagilar amalga
oshirilada:
1. Elektr ta’minoti sxemasini, tok turini, kuchlanish qiymatlari va quvvatni
tanlash va ularni asoslash.
2. Boshqarish apparatlari va ta’minot zanjiri himoyasini hisoblash va uni
tanlash.
3. Shchitlarni yoritish tizimini va elektr ta’minot qurilmalarini hisoblash va
tanlash.
4. Montaj va remont-ekspluatatsiya ishlarini bajarish uchun enektr
instrumentlarni ta’minot tizimini tanlash.
5. Ta’mirlash va taqsimlash tarmoqlarining sim va kabellar markalari va
yuzalarini hisoblash va tanlash.
6. Sim va kabellarini o‘tkazish (prokladesi) usullarini tanlash.
Elektr ta’minot sxemalari, kuchlanish, tok turi va elektr ta’minot
tizimlarining nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari (KIP va A)
uchun apparatlarni tanlash va avtomatlashtirilayotgan ob’ektning elektr ta’minot
tizimi bilan uzviy ravishda amalga oshiriladi. Kuchlanishni tanlashda obe’ktning
elektr ta’minot uchun qabul qilingan kuchlanish qiymati bilan bir xilda qabul
qilingan: kuchlanish - 380 V, tok kuchi - 440 A.
Signalizatsiya zanjiri, yoritish qismining montaj qismlari uchun 220 V
dan katta bo‘lmagan kuchlanish qabul qilinadi. Elektr iste’molchilar zanjiridagi
ruxsat etiladigan kuchlanishlarning chetga chiqishi quyidagilarni tashkil etadi:
- nazorat- o‘lchov asboblari va rostlash qurilmalari uchun -
5
%;
- boshqarish apparatlari uchun - -5
+10% :
- elektr dvigitellarining ijrochi mexanizmlar uchun - -5
+10% :
- signal lampalari uchun - -2,5
+5%:
- 12....36 V kuchlanish zanjirlari uchun -10 % gacha.
115
Elektr iste’molchilarni ishga tushirish, to‘xtatish va ularni anomal
rejalardan himoya qilish uchun boshqarish apparatlari va himoya vositalari
qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |