RAU qurilmalariga qo’yiladigan talablar
RAU qurilmalariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
Ishga tushish uchun doimo tayyor bo’lishi kerak;
Ishchi manba har qanday sabab bilan uzilganda ham rezerv manba ulanishi kerak;
Qisqa vaqt ichida ishlashi kerak;
Faqat bir marta ishlashi kerak, bu bilan rezerv manbani turg’un qisqa tutashuvga ko’p marta ulashning oldi olinadi.
RAU qurilmalarining sxemalari
Elektr tahminotining sxemasi, nominal kuchlanishi va qo’llanilgan kommutatsion apparatlarga bog’liq holda RAU qurilmalarining har xil sxemalari mavjud.
24-rasm. RAU qurilmasiga ega bo’lgan elektr tarmoqlarining sxemalari
Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr tarmoqlarida qo’llaniladigan, kontaktorlar yordamida bajarilgan RAU qurilmasining sxemasi 25-rasmda ko’rsatilgan. Normal rejimda Yu1,Yu2 va Yu3 yuklamalar elektr energiyasini KM1 kontaktorning cho’lg’amiga beriluvchi liniya kuchlanishi vositasida ulangan KM1.1 kontaktlar orqali ishchi manbadan oladi. Ishchi manbada kuchlanish yo’qolganda KM1 kontaktorning asosiy kontaktlari KM1.1 uziladi va yordamchi kontaktori KM1.2 ulanadi. Agar rezerv manbada kuchlanish bo’lsa KM2 kontaktorning cho’lg’amidan tok o’tib uning KM2.1 kontakti ulanadi va yuklamalar rezerv manbadan elektr energiyasini ola boshlaydi.
Elektromagnit yuritmali viklyuchatelga ega bo’lgan kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr tarmoqlarida qo’llaniladigan sxemalardan biri 26-rasmda keltirilgan. Unda RAU qurilmasining ishga tushiruvchi organi sifatida ishchi manbadan keladigan kuchlanish yo’qolganda ishlaydigan KV1 va KV3 minimal kuchlanish relelari va rezerv manbada kuchlanish mavjudligida ishlaydigan KV3 maksimal kuchlanish relelaridan foydalanilgan. RAU qurilmasining ishlashga bo’lgan trau hayallash vaqti KT vaqt relesi yordamida hosil qilinadi va u rele himoyasining ishlash vaqtidan katta bo’lishi kerak. Rezerv manbaning viklyuchateli Q2 ulanishi uchun uning YAS2 ulovchi cho’lg’amidan mahlum vaqt tok o’tib turishi kerak. Bu vaqt kontaktlari uzilgan vaqtda (qaytishda) hayallash vaqtiga ega bo’lgan KLT oraliq rele yordamida hosil qilinadi. Normal rejimda Q2 uzilgan, Q1 esa ulangan. Viklyuchatel Q1 ning Q1.1 va Q1.2 yordamchi kontaktlari ulangan, Q1.3 yordamchi kontakt uzilgan . Oraliq KLT relening cho’lg’amidan tok Q1.2 kontakt orqali o’tishi sababli uning KLT.1 va KLT.2 kontaktlari ulangan holatda bo’ladi. Viklyuchatel Q2 ning Q2.1 yordamchi kontakti ulangan va ulash elektromagnit YAS2 ning zanjiri tayyor holatda turadi.
RAU qurilmasi quyidagicha ishlaydi. Podstantsiya shinalarida kuchlanish yo’qolganda KV1 va KV2 minimal kuchlanish relelari ishlaydi, ularning KV1.1 va KV2.1 kontaktlari ulanadi, KT vaqt relesi ishga tushadi. Uning KT.1 kontakti trau1 ga teng bo’lgan vaqtdan keyin ulanadi, KL oraliq relening cho’lg’amidan tok o’tib uning KL1 kontakti Q1 viklyuchatelning YAT1 uzish elektromagniti zanjirini ulaydi, Q1 viklyuchatel uziladi, uning Q1.1 va Q1.2 yordamchi kontaktlari ham uziladi, Q1.3 yordamchi kontakti esa ulanib Q2 viklyuchatelning YAS2 ulash elektromagniti zanjirini ulaydi, Q2 viklyuchatel ulanadi.
RAU qurilmasining parametrlarini hisoblash.
Hisoblashni 26-rasmda ko’rsatilgan sxema uchun bajaraylik;
1) minimal kuchlanish relelari KV1 va ning ishlash kuchlanishlari
Uru1=Uqol.k/(kzkqUu)
va
Uru1=Uqol.u.p/(kqkzku)
ifodalar yordamida hisoblanadi va kichigi qabul qilinadi. Yuqoridagi ifodalarda Uqol.k, Uqol.o’.u - qisqa tutashuv vaqtida yoki dvigatellarning o’z ishga tushishi vaqtida kuchlanishning pasaygan qiymatlari; kq=1,25 - qaytish koeffitsienti.
2) maksimal kuchlanish relesi KV2 ning ishlash kuchlanishi
Uri2=Uush.min/(kqkzku),
bu yerda kq=0,8 - qaytish koeffitsienti; kz = 1,1¸ 1,2 – zahira koeffitsienti.
3) RAU qurilmasining ishlash vaqti rele himoyasining trhmax ishlash vaqtidan chetlashtirilishi kerak
trau1= trx max +Dt,
bu yerda Dt=0,6…2s - vaqt pog’onasi, vaqt bo’yicha o’rnatmasi 9s gacha bo’lgan relelar uchun Dt=0,6s va 20s gacha bo’lgan relelar uchun Dt=1,5…2s.
4) rezerv manba viklyuchatelining ulash elektromagnitiga tahsir qilish vaqti
trau2= tvu+t3,
bu yerda tvu-Q2 viklyuchatelning ulanish vaqti: t3=0,3...0,5s
25-rasm. Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan elektr tarmoqlarida kontaktorlar yordamida bajarilgan RAU qurilmasining sxemasi
26-rasm. Elektromagnit yuritmali viklyuchatelga ega bo’lgan kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr tarmoqlarida qo’llaniladigan RAU qurilmasining sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |