6 - LABORATORIYa ISHI
O’zgarmas tok elektr dvigatelini boshqarish sxemasini tekshirish
I. Ishning vazifasi:
Parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatelining avtomatik bosh-qarish sxemasini o’rganish va bu sxemani yig’ish hamda rostlash malakasini olish.
II. Ishning maqsadi:
1. Laboratoriya qurilmasi bilan tanishish, elektr dvigatelining va relekontaktor apparatlarining ko’rsatkichlarini yozib olish.
2. 17.1-rasmdagi boshqaruv sxemasini yig’ish va o’qituvchi uni tekshi-rib chiqqandan so’ng, RU1 va RU2 tezlatish relelarining ishlab ketish vaqtlarini qo’yish.
3. Qurilmani ishga tushirish, elektr dvigatelini yurgizish va to’xtatishni tavsiflovchi parametrlarni o’lchash.
4. Hisobot tuzish va o’tkazilgan ish haqida hulosalar qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |