Avtokorxonalarda harakat xavfsizligi xizmatini tashkil etish. ATК raxbarining vazifalari. Avtokorxonada avtomobillarni ishlatish xizmatining vazifalari.
Reja:
Uzbekiston Respublikasida avtomobil transporti harakat xavfsizligi xizmati tugrisidagi konunning moxiyati.
Avtokorxona raxbarining harakat xavfsizligi buyicha vazifalari.
Harakatlanuvchi vositalardan foydalanish xizmatining vazifalari.
Avtokorxonalarda harakat xavfsizligi xizmatini tashkil etish.
Avtokorxona rahbarining vazifalari.
Avtokorxona rahbari harakat xavfsizligi xizmatining boshqa xizmatlar bilan birgalikda ishlab chiqgan kvartal ish rejasini tasdiqlaydi va uni bajarilishini vaqt vaqti bilan tekshirib turadi.
Mexanik muhandis va jamoatchi xodimlarning liniyaga chiqish oylik grafigini tasdiqlaydi.
Avtokorxona bosh muhandisi tuzgan korxona rahbari uni muovinlari, bo’lim boshliqlarining yo’l transporti hodisalari va qoidabuzarliklar oldini olish uchun oylik navbatchilik grafigini tasdiqlaydi.
Avtokorxona xizmatchilari, haydovchilar, remont ishchilarining ish sharoiti, dam olishini yaxshilash choralarini ko’radi.
Haydovchilarning liniyaga chiqishdan oldin, ish vaqtida va ishdan keyin tibbiy ko’rikdan o’tkazish ishlarini tashkil qilish, tibbiyot xodimlari uchun kerakli shart sharoitlar yaratadi.
Muhandis texnik xodimlar, remont ishchilari va haydovchilar bilan o’tkaziladigan texnik o’qishni nazorat qiladi ishchilarning kasb mahoratini oshirish uchun chora tadbirlar ko’radi.
Кorxona xodimlari bilan yo’l harakat xavfsizligi qoidalari masalalari bo’yicha meyoriy hujatlarni o’rganishni tashkil qiladi va bajarilishini nazorat qiladi.
Кorxona haydovchilari ishtirokida sodir etilgan barcha YTHlarini xizmat yuzasidan tekshirishni tashkil qiladi.
YTHlari hisobini olib borishni tashkil qiladi, yuqori tashkilotga YTHlari bo’yicha axborot va hisobot beradi, va avariyalarni oldini olish bo’yicha ko’rilgan chora tadbirlar, ularni bajarish mudatlarini belgilaydi.
Og’ir oqibatlarga olib kelgan YTHlari haqidagi yuqori tashkilotlardan kelgan axborotni barcha muhandis texniklar, haydovchilarva remont ishchilariga etkaziladi.
Кorxonada yillik yo’l harakati qoidalari va xavfsizligi bo’yicha o’qish va o’qish natijasida o’zlashtirishni tekshirishni tashkil qiladi.
YTHlarini oldini olish bo’yicha buyruq va ko’rsatmalar beradi. Hodimlarnig mansab yo’riqnomalarida transport vositalarini saqlash va foydalanishda harakatlanish xavfsizligi masalalariga daxldor yo’riqlarni ko’zda tutadi.
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashda keng jamoatchilikni jalb etadi, DAN va hokimiyatlar oldidagi harakat xavfsizligi komissiyalari komunal xizmati, yo’ldan foydalanish va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi.
Avtokorxona rahbarlarining ishida tarbiyaviy ishlar usuli va tartiblari mukammallashtirish buning uchun:
ilg’or haydovchi va remont ishchilarining ish tajribalarini umumlashtirish va targ’ib qilish;
yo’l transporti hodisasisiz va mehnat intizomini buzmaydigan haydovchilarni devoriy gazeta va matbuotda e’lon qilish;
korxona jamoasi va aholi o’rtasida avariyasiz ish tajribasini tashviqot qilish;
harakatlanish xavfsizligi to’g’risida oylik va konkurslar o’tkazish;
belgilangan tartibda ilg’or, o’z ishini vijdonan bajaradigan ishchilarni mukofotlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |