Tasviriy sanʼati
Avstraliya badiiy mada-niyati ikki ilk asosga ega. Ularning biri aborigenlar san’ati (o‘ymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, g‘orlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvir-lash), ikkinchisi – yevropacha madaniyat. 18-asrning oxiri – 19-asrning boshlarida A. tabiatining aynan aniq tasviri (K. Martene, A. L. Byuvelot), hajviy grafika (S.T.Xill) paydo bo‘ldi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida hayotiy rangtasvir milliy maktabi rivojlandi (rassomlar J. U. Lambert, F. Mak-Kabin, N. Kuni-xon, haykaltarosh P. Dadsuel). 20-asrning 40-yillarida aborigenlarning yangi san’ati vujudga keldi (Namatjir va Pa-rerulya oilalari).
Musiqasi
Avstraliya tub joy aholisining musiqiy xalq ijodiyoti oddiy usullar jo‘rligida raqsga tushib, qo‘shiq aytishdan iborat: cholg‘u asboblari – qayroq, dovul, dijeridu va shahrik. 18-asr oxirlaridan yevropacha musiqa rasm bo‘la bosh-ladi. 1847 yilda Sidneyda A. Natanning "Avstriya Don Joni" degan birinchi A. operasi sahnalashtirildi. Adelaida, Melburn, Sidney, Brisben, Kanberra, Xobartda konservatoriyalar bor. A. musiqa arboblari – kompozitorlardan A. Xill, J. Antil, A. Benjamin, dirijyor B. Xeynse, skripkachi B. Kimber, xo-nandalar N. Melba, X. Bleyr va boshqa
Teatri
Avstraliyada dastlabki spektakllar 18-asrning 80-yillarida ko‘chib kelgan yevro-108paliklar tomonidan qo‘yilgan. 19-asrning 30–40-yillarida Sidney va boshqa shaharlarda doimiy ishlovchi teatrlar barpo etildi. Milliy teatrning shakllanishida 20-asrning 10–30-yillarida adabiy-teatr birlashmalari ko‘mak berdi, ular aso-san mamlakatda yaratilgan pesalarni sahnalashtirdilar (K. S. Prichard, L. Esson, U. Mur, K. Uotson). Avstraliyaning "Odd tout", "Independent tietr" yetakchi mil-liy teatrlari tijorat teatrlariga ("Ti-vali" va boshqalar) qarama-qarshi turadi. Yangi teatrlar deb atalgan yarim professional teatrlar ham ishlab turibdi.
Kinosi
Mamlakatda kino ishlab chiqarish 1900-yilda boshlandi. 70-yillarda A. kinoni rivojlantirish federatsiyasi tuziddi. Hujjatli kino ommalashgan. Melburndagi Davlat ilmiy va sanoat tadqiqotlari tashkiloti ilmiy fil-mlar chiqaradi.
Xulosa.
Dunyodagi eng kichik qit‘a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy davrlarda qurg‘oqchilikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy muzey shaklida saqlangan. Avstraliyaning etnik tarixi, an‘anaviy xo‘jaligi, moddiy va ma‘naviy madaniyati hamda oila va oila munosabatlari o‘ziga xosligi doimo odamlar va olimlarni hozirgacha hayajonga solmoqda.
Foydalangan adabiyotlar;
Jaxon tarixi.
Maruza matn
Ziyonet.uz
Reffarat.uz
Jaxon ensklapediya kitobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |