Transporti
1996 yilda avtomobil yo‘llari 900 ming km, jumladan qattiq qoplamali yo‘llar – 420 ming km, temir yoʻl– 40,6 ming km ni tashkil qildi. Asosiy dengiz portlari – Sidney, Melburn, ixtisoslashtirilgan portlar – Port-Xedlend, Dampir (temir ruda jo‘natish). Xalqaro aeroportlari: Sidney, Mel-burn, Pert, Darvin.
Tashqi savdosi
Eksportda qishloq xoʻjaligi mahsulotining ulushi 30%, mineral xom ashyo 27,8% va tayyor sanoat mahsulotlari 20% ni tashkil etadi. Tayyor iste’mol mollari, asbob-uskunalar, neft chet eldan keltiriladi. Asosan Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi – A. dollari.
Tibbiy xizmati
Davlat kasalxonalaridan tashqari tibbiy xizmat aso-san xususiy shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi. Shifokorlar soni 18 ming (721 kishiga 1 shifokor). Shifokorlarni universitetlarning 8 tibbiyot fakulteti tayyorlaydi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Avstraliyada bolalarga 6 yoshdan 15 yoki 16 yoshgacha (har bir shtatda har xil) majburiy ta’lim beriladi. Tub joy aholining 40% savodsiz. Davlatga va xususiy shaxslarga karashli makta-blar bor. Oliy ta’lim – pulli. Avstraliyada 26 universitet, 35 kollej bor. Eng yirik oliy o‘quv yurtlari: Sidney, Adelaida, Melburn universitetlari, Adelaida, Melburn texnika institutlari. Bir qancha akademiyalar, shu jumladan Avstraliya Fanlar Akademiyasi, institut institutlari va ilmiy jamiyatlar bor. Eng yirik kutubxonalar: Kanberradagi Milliy ku-tubxona, Sidney universiteti kutubxonasi va boshqa 107Muzeylar: Avstraliya muzeyi (Sidney), Viktoriya shtatining Milliy galereyasi (Melburn) va boshqa.
Adabiyoti
Avstraliya adabiyoti ingliz tilida (aborigenlarning o‘z yozuvi yo‘q). 19-asrning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti ta’sirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-yillardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va boshqa asos soldi. Birinchi jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga ko‘maklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Tennant, B. Penton va boshqalarlar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik g‘oyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bunga F. B. Vikersning "Sarob" (1955), D. Kyuzekning "Quvg‘indagi quyosh" (1955) va "Qora chaqmoq" (1964), G. Keysining "Snoubol" (1958), D. Styuartning "Yen-di" (1959), M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" (1955) asarlari va boshqa asarlar misol bo‘ladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.
Meʼmorligi
A.da me’morlik 18-asr oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. 19-asrning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida shaharlarida to‘g‘ri bur-chakli ko‘p qavatli uylar qurildi. 20-asrning 20-yillaridan A. me’morligida yangi oqimlar, asosan konstruktivizm yoyi-la boshladi (poytaxt Kanberra, 1913–1927, me’mor U. Griffin). Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri (me’mor G. Zaydler), Melburndagi olimpiada stadioni (1956) va boshqa diqqatga sazovor.
Do'stlaringiz bilan baham: |