Lokal dasturlanuvchi kontroller (PLC) - Mazkur sinf kontrollerlari, odatda, uncha katta bo‘lmagan yoki o‘rtacha hisoblash quvvatiga ega. Quvvat prosessorning xonaliligiga va chastotasiga, shuningdek, operativ, doimiy hotirasi hajmiga bog‘liq bo‘lgan kompleks tavsifdan iborat.
- Lokal kontrollerlar ko‘pincha datchiklardan va ijrochi mexanizmlardan kelayotgan o‘nlab kirish-chiqishlarga ega.
- Kontrollerlar o‘lchash axborotga ishlov berish, blokirovkalash, rostlash va dasturiy-mantiqiy boshqarish kabi eng oddiy umumiy vazifalarni amalga oshiradi. Ularning ko‘pchiligida axborotni boshqa avtomatlashtirish tizimlariga uzatish uchun bitta yoki bir nechta tabiiy portlari bo‘ladi.
- Bu sinfda avariyaga qarshi himoyalash tizimi uchun mo‘ljallangan lokal kontrollerlarning maxsus turini ajratib ko‘rsatish lozim. Ular ayniqsa yuqori puxtaligi, to‘liqligi va tez ishlashi bilan ajralib turadi. Ularda nosozliklarni alohida platalarga lokallashtirish bilan to‘la joriy tashxis qilishning turli xil variantlari, ayrim komponentlarini ham, umuman butun qurilmani ham zaxiralash ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |