Rahmonova Muhayyo Adihamovna
Andijon viloyati Andijon shahar 28-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni hamda Boshlang’ich ta’lim Konsepsiyasida ta’kidlanganidek, o’quvchilarni mustaqil,
mantiqiy, tanqidiy fikrlashga o’rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo’llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang’ich ta’limining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bugungi kunda o’quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga yordam beruvchi qulay va o’ylashga, fikr yuritishga kerak bo’lsa o’z tanqidiy fikrini bemalol bildira oladigan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari ishlab chiqilgan.
Ushbu usullardan samarali foydalanish bugun barcha pedagog xodimlar oldida turgan eng muhim vazifadir.
Maqolamizning boshida biz avval, tanqidiy fikrlash nima? Integratsiya nimaligini
bilib olish lozim. Tanqidiy fikrlash masalalarini tadqiq etish bilan kо’plab zamonaviy olimlar, pedagoglar, psixologlar va metodistlar shug’ullanadi.
Xususan, V.V.Davidov, M.G.Davletshin, I.Y.Lerner, A.M.Matyushkin, M.I.Mahmutov, S.Rajabov, D.Shodiyev, E.G’oziyev, A.M.Umronxо’jayev ishlarida muammoli talim tamoyillarida umumlashtirish turlari va ularning tuzilishi, о’quv jarayonini tashkil etish ochib beriladi, tanqidiy fikrlashining tuzilishlari, aqliy faoliyatning umumlashgan usullarini shakllantirish yо’llarini belgilovchi alohida komponentlarning о’ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Bu tadqiqotlarda maktabning bosh maqsadi sifatida bola shaxsi oyoqqa turishini taminlash, uning qobiliyatlarini ochib berish, о’qishga istak va uquvni shakllantirish, bо’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanqidiy fikrlash tanqidiy fikrlashining barcha komponentlarini egallashga yо’naltirish asosida tizimli ta`limga tayyorlash va shaxsni har tomonlama faollashtirish oldinga suriladi. Agar biz har qanday fikrlashni nazarda tutib, “ tanqidiy fikrlash” atamasidan foydalansak, “ tanqidiy” tushunchasiga hech qanday ehtiyoj qolmagan va shu tufayli biz bu atamani barcha o’ziga xos tomonlarini yo’qotgan bo’lar edik.
“Tanqidiy” (critikal) so’zi yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi “qozi”( sudya)ni bildiradi va adabiyotga lotin tilidan kirib kelgan. Lug’atda uni “ talabchan”, “qattiqqo’l”, “injiq” iboralar sinonimi sifatida qo’llaniladi. Tanqidiy fikrlashning muhim afzalligi, e’tiborsiz bildirilgan fikrlarni, noaniq tushunchalarini va yolg’on argumentlarni fosh qilishidir. Lekin uning kamchiligi yaratuvchi va konstruktiv kuchga ega emasligidan iborat. Tanqidiy fikrlash g’oyamizni mustahkamlashga qodir, ammo konstruktiv, yaratuvchi fikr bilan ta’minlamaydi pedagogik texnologiyalarda bir necha ma'noda qo'llaniladi.
Falsafiy va pedagogik nuqtai nazardan, integratsiyani fikrlashning individual darajasi va insoniyatning umumiy ongining rivojlanish darajasi "noosfera" tushunchasi bilan belgilanishini ta'minlash mexanizmi sifatida ko'rib chiqish mumkin. Ushbu kontseptsiya har qanday tizimni shakllantirishning asosiy shartlarini aks ettiradi. Zamonaviy maktab ta'limining an'anaviy mazmuni, xususan, tabiiy fanlar qismlarga bo'lib, intizom printsipiga asoslanadi.
Texnologik paradigma doirasida ishlab chiqilgan bo'lib, u tabiiy fanlarning holatini aks ettiradi. Matematikaga integratsiya - bu yig'ish harakati, teskari farqlash (ajratish) harakati. Muayyan obyektga nisbatan - maktab o'quv
rejasida 10 ta ta'lim yo'nalishi va o'ndan ortiq alohida o'quv fanlariga ajratilgan ta'lim mazmuniga nisbatan, integratsiya jarayoni quyidagilarga qaratilgan ilmiy asosda dunyoning yagona rasmini yaratish;
Turli mavzularda materialning takrorlanishi va takrorlanishini bartaraf etish;
Turli fanlarni bilish tizimlarining o'zaro bog'liqligi;
Maktab o'quvchilarining o'quv ishlari rejimini tushirish va optimallashtirish va boshqalar.
Integratsiyalashgan darslar, odatda, bitta darsda olingan mavzularni (mavzularni) parallel ravishda o'rganishning bevosita natijasi bo'lib xizmat qiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fanlarni o’zaro bog’lash orqali ularning
tanqidiy fikrlashlarini oshirish mumkin. Buni 3-sinf o’qish darsligi 4-chorak
mavzulari misolida ko’rib chiqamiz. Darslikda “Yoz o’tadi soz” bo’limida “
Hayvonot olamiga sayohat” mazusi berilgan, o’qituvchi bu mavzuni o’tishi davomida bevosita tabiatshunoslik fani bilan bog’laydi. 3-sinf tabiatshunoslik darsligida ham “Hayvonot olami va uning xilma-xilligi” mavzusi beilgan. She’rni o’qib berish chog’ida har bir hayvonga ta’rif berib o’tsa yoki o’quvchilardan so’rash orqali amalga oshiradi. O’quvchilar hayvonlarga individual yondasha boshlaydilar, natijada ular mustaqil va tanqidiy fikrlay boshlaydilar. Deylik, sher yovvoyi hayvon berilgan, o’quvchilar sherning sifatlarni, harakatlarini, nima bilan oziqlanishi, qayerlarda yashashini aytishadi. She’rda shunday misralar bor “Sher tilida sherlar bilan So’yla, bolam. Bir zarb bilan o’ljang tortib Olmoqdasan.” Kabi misrlari bevosita o’quvchilarni fkrlashga undasa, “So’zim shulki, ajdoding kim, o’yla bolam Shaqallarni
o’rmoningga qo’yma bolam “ misralari esa munosabat bildirishga, tanqidiy
yondashishga undaydi. Bundan tashqari ingliz , rus tillari bilan ham integratsiya
qilish mumkin, bu bolajonlar uchun juda qiziqarli bo’ladi ayniqsa, didaktik o’yin
orqali integratsiyani amalga oshirisa bu yanada samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |