Avgustin avreliy (Saodatli) (354-430)


GRIGORIY SAVVICH SKOVORODA



Download 81,39 Kb.
bet11/14
Sana19.02.2022
Hajmi81,39 Kb.
#457257
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
hikmatlar

GRIGORIY SAVVICH SKOVORODA
(1722-1794)

G.S.Skovoroda Ukrainaning Poltava guberniyasidagi oddiy kazak oilasida dunyoga keldi. 16 yoshida Kiev Akademiyasiga o‘qishga kirdi. U Yevropaning Vengriya, Germaniya, Italiya kabi davlatlarida bo‘lgan. Qaysi davlatga borishidan qat’i nazar, avvalo o‘sha yerdagi universitetlarda ma’ruza tinglashga shoshilgan. U shu tariqa uch yil xorijda hayot kechirgan. Faylasuf lotin, yunon, nemis va yahudiy tilini bilgan.


Mustaqil fikr egasi Skovoroda jangari tabiati, keskin hamda to‘g‘ri fikr yuritishi tufayli hamma yerda quvg‘in va tuhmatga uchragan.
Skovoroda 1759 yilda Xarkov Kollegiumiga o‘qituvchilikka taklif etiladi. 10 yil shu dargohda dars beradi. Bu muddat ichida ikki marta ishdan chetlashtiriladi va yana joyiga tiklanadi. Ammo uchinchi martasida olim Kollegiumni butunlay tark etadi. 1769 yildan boshlab Skovoroda darbadarlikda hayot kechiradi. «Modomiki, sevimli Vatanimni hech narsa bilan rozi qilolmas ekanman, loaqal hech kimsaga zararim tegmasligi uchun bor kuchimni ishga solaman…», — deb yozgan edi faylasuf. Skovoroda 25 yillik darbadarlik davrida g‘oyat unumli ijod qildi.
Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: «Nargis», «Ilohiy kecha yoxud mangulik haqida», «Olam alifbosi», «Ezop masallari», «Ilohiy qo‘shiqlar bog‘i», «Besh yo‘lovchining chinakam hayotiy baxt haqidagi suhbati», «Uzuk».
Skovoroda o‘z qo‘lyozmalarini yo‘lxaltasida olib yurgan. Afsuski, hayotlik chog‘ida uning bitta ham qo‘lyozmasi chop etilmagan. U o‘limidan ikki oy avval Orlov guberniyasiga boradi va shogirdi Kovalinskiy bilan uchrashib, hamma qo‘lyozmalarini saqlab qo‘yish uchun unga topshiradi.
Skovorodaning qabri ustiga uning vasiyatiga ko‘ra quyidagi so‘zlar yozib qo‘yilgan: «Olam meni qushdek ovlashga urindi, ammo tutolmadi».

* * *
Tabiiy narsalarning hammasi osonlik bilan qo‘lga kiritiladi, puch va ortiqcha narsalarga erishish esa mushkuldir.

* * *
Butun olam ikki voqelikdan iborat. Ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniydir. Zohiriysi maxluqot, botiniy voqelik esa Tangridir.

* * *
Jamiki narsalar o‘zaro bog‘liq holda, reja asosida yaratilgan. Hech bir narsa bu asossiz mavjud bo‘lolmaydi.

* * *
Bilish qiyin emas, ko‘nikish qiyin.

* * *
Qalb go‘zallikni ko‘rmay turib seva olmaydi.

* * *
Chohga yoki tubsiz suvga qulagan kimsa qiyinchilik haqida emas, qutilish haqida o‘ylashi kerak.

* * *
Hamma fanlarning urug‘i inson botinida yashiringan. Inson botini ularning maxfiy manbaidir.

* * *
Tashvishni yoqtirmaydigan kimsalar oddiy va faqirona yashashni o‘rganmoqlari darkor.

* * *
Ko‘pchilik qo‘lidan kelmaydigan ishning amalga oshishiga ishonmaydi.

* * *
Sen faqat bir narsaga: o‘zingni anglashga intil. Tangrining boqiy ovozini tinglamay turib, unga qalbingdan joy bera olasanmi? Tangrini tanimay turib, uning ovozini tinglay olasanmi? Tangrini topmay turib, uni taniy olasanmi? O’zingni anglamay, topmay turib, Tangrini topa olasanmi?

* * *
Jismimiz o‘z-o‘zicha hech qanday harakat qilmaydi. U butkul fikrlarimiz quliga aylangan. Uning sohibi bo‘lgan fikr ertayu kech to‘xtovsiz harakatda, hayajonda. U goh mulohaza yuritadi, goh maslahat beradi. Nimalarnidir aniqlaydi, nimalargadir majburlaydi. Jismimiz esa boshvoq solingan ho‘kiz kabi beixtiyor uning izmiga bo‘ysunadi. Shunday qilib, jismimiz emas, balki avvalo fikrimiz insonligimizni belgilaydi.



Download 81,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish