Ushbu uslubiy ko‘rsatmada ta’lim standartlari va o‘quv rejalariga muvoffiq bitiruv malakaviy ishlarini mazmuniga quyiladigan asosiy talablar va uni yozish buyicha tavsiyalar, bitiruv malakaviy ishlarini rasmiylashtirish hamda himoya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan. Uslubiy ko‘rsatma TATU FFning 5330600 – Dasturiy injiniringi (“Dasturiy injiniringi”) ta’lim yo‘nalishidagi bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan.
Uslubiy ko‘rsatma Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kengashi tomonidan 2021 yil
____ avgustdagi ___-sonli majlisida tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
Zulunov R “Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri
Asrayev M “Dasturiy injiniring” kafedrasi assitenti
Taqrizchilar:
Mamadaliyeva L FarPI “ Intellektual muxandislik tizimlari” kafedrasi mudiri
Abdullayev A “Dasturiy injiniringi” kafedrasi professori
Uslubiy ko‘rsatma “Dasturiy injiniring” kafedrasida muhokama etilgan
(2021 yil ______ avgust ____-sonli bayonnoma.)
“Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri: __________ R.Zulunov
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali “Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti Uslubiy Kengashida tasdiqlangan
(2021 yil _____ avgust ____-sonli bayonnoma.)
“Telekommunikasiya texnologiyalari
va kasbiy ta’lim” fakulteti dekani: ___________ F.Muxtarov
«KELISHILDI»
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i ____________ Sh.Umarov
KIRISH. BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINI (DIPLOM LOYIHALARI) BAJARISH UCHUN UMUMIY TALABLAR
5330600 – Dasturiy injiniringi («Dasturiy injiniringi») ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining ob’yektlari – hisoblash mashinalari, komplekslari, tizimlari va tarmoqlari, avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining axborot va dasturiy ta’minoting rivojlantirish asoslari, yuksak unumdorlikka ega hisoblash mashinalari, komplekslari, tizimlari va tarmoqlari, avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarini tashkil etish va boshqarish, kompyuter tizimlari servis xizmatining raqobatbardoshligi, ishlab chiqarilgan dasturiy tizimlar va vositalarni amalga oshirish va takomillashtirish, sun’iy intellekt va intellektual tizimlar, murakkab tizimlarni LOYIHAlashdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishi bakalavr o‘quv jarayonini yakunlovchi bosqichidir. Bitiruv ishi - talabaning o‘quv, ilmiy va ijodiy ishining natijasidir.
Bitiruv malakaviy ishida bakalavr fanlarning hamma turkumlari bo‘yicha bilimlar qo‘llanilishini talab qiladigan tugallangan kasbiy topshiriqni yechadi.
Bitiruv malakaviy ishida bakalavr:
yechilayotgan topshiriq bo‘yicha masala holatining sharhini va bu masala holatining tahlilini beradi;
texnikaviy-iqtisodiy talablarni shakllantiradi, topshiriqni yechishning turli variantlarini ko‘rib chiqadi va rasional variantini aniqlaydi;
rasional variantning hisobiy, konstruksion va iqtisodiy yechimini beradi;
topshiriq yechimi bo‘yicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni iqtisodiyotning mos sohalarida qo‘llash imkoniyatini aniqlaydi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ta’lim muassasasining bitirtiruvchi kafedralari tomonidan mutaxassislarga talabgorlarning talablarini, shuningdek zamonaviy fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishlarining mavzusi texnologik, konstruktorlik yoki ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |