6.6 Xulosa
Xulosa qismida olib borilgan tadqiqotlari natijasida xosil bo‘lgan qisqacha fikrlar, ularning amaliy ahamiyati, tahlillar natijasida muammolarni hal etish bo‘yicha muallifning taklif hamda tavsiyalari berilishi kerak.
Xulosa qismi 3 betdan oshmasligi va kamida 1,5 bet bo‘lishi lozim.
6.7 Adabiyotlar ro‘yhati
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida talaba BMIni yozishda foydalangan Prezident qarorlari, Vazirlar Ma’kamasining qarorlari, me’yoriy-xuquqiy xujjatlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, gazeta va jurnallar aks ettirilishi kerak (4- ilova).
6.8 Ilovalar
Ilovalar BMIning asosiy matni bilan birga jamlangan bo‘lishi yoki alohida kitob xolida chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Ilovalarga BMI ni to‘ldiruvchi va tasvirlovchi turli yordamchi materiallar kiritiladi:
a) oraliq matematik isbotlar, formulalar, xisob-kitoblar;
b) statistik maolumotlar va ularni kayta ishlash metodlari;
c) anik tajribalar natijalari;
d) dastlabki materiallar;
e) yordamchi nomogrammalar va jadvallar;
f) yordamchi xarakterdagi illyustrasiyalar (tasvirlar);
j) mukammal izoxlar;
Ilovalar ketma-ketligi tartibi BMI da ularga murojaat kilish tartibiga mos kelishi va foydalanish qulayligini ta’minlashi kerak. Ilovar BMI umumiy xajmining 3/1 qismidan oshib ketmasligi kerak.
7. BMI NI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
BMIni to‘g‘ri rasmiylashtirish uning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. BMI kompyuter va printer yordamida 80g/m² qalinlikdagi A4 (210x297 mm) formatli standart oq qog‘ozning bir tomonida chop etiladi.
Ishning ilova qismidagi jadvallar, illyustrasiyalar A3 (297x420 mm) formatli qog‘ozda bo‘lishi mumkin.
BMI matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda Times New Roman 14 o‘lchamli shriftni ko‘llagan xolda Microsoft Office dasturidagi Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Satrdagi belgilar soni 65 tadan, matndagi satrlar soni 27-28 dan oshmasligi, satr oralig‘idagi interval 1,5 bo‘lishi kerak. Satr oralig‘iga formulalar kiritilsa, intervalni qo‘paytirishga ruxsat etiladi.
Xar bir bet xoshiyasi: chapdan - 30 mm, yuqori va pastgi qismi 20 mm va o‘ngdan 15 mm bo‘lishi kerak.
Ishning butun xajmi bo‘yicha nashr shrifti to‘g‘ri, aniq, qora rangda bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga xavolalar keltirish xar bir saxifaning oxirida ko‘rsatilishi tavsiya etiladi. Matnda keltirilgan ba’zi bir fikr yoki ma’lumotlarni kompyuter imkoniyatlaridan foydalangan xolda ajratib kursatish mumkin (kursiv, qoraytirish, tagiga chizish va h.k.z).
Betlarni sahifalash arab raqamlari bilan amalga oshiriladi. BMIning barcha betlari kirish qismidan oxirgi betgacha tartib bilan raqamlanadi. BMIning titul varag‘i, tushuntirish xati, topshiriq varaqasi, annotasiya va mundarija qismiga sahifa raqami qo‘yilmaydi lekin BMIning umumiy xajmiga kiritiladi. Tartib raqami betning pastki qismini o‘rtasiga qo‘yiladi.
Xatboshi 1.25 bo‘lishi lozim.
BMI qattiq muqova ko‘rinishda (pereplyot) qilingan yoki maxsus papkaga solingan bo‘lishi kerak. BMI kompyuter yordamida rasmiylashtiriladi. BMI kompyuter yordamida tayyorlanganida uni elektron varianti talaba tomonidan CD-kompakt diskda yozilib topshirilishi shart.
BMI matni ilmiy-publisistik uslubda yoziladi. Birinchi shaxs tomonidan BMI matnini yozish mumkin emas. Masalan: “...men tahlil qildim...”
Ishning matnida quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
so‘zlashuv tiliga xos bo‘lgan gaplarni qo‘llash;
qisqartmalarni qo‘llash, umumtartibda qabul qilingan qisqartirish qoidalaridan tashqari.
Ilovalar BMI xajmi 1/3 dan oshib ketmasligi kerak. BMI ning asosiy qismi xajmi 70 yoki 80 bet va mantdagi so‘zlar soni 12000 – 15000 bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |