2020- 2021- o`quv yilida Qo`shtepa tumani XTB ga qarashli 34-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinflar uslubiy birlashmasida amalga oshirilgan ishlar HISOBOTI.
Avgust oyida.
2020-2021 o`quv yilida bajariladigan ishlar yuzasidan uslub birlashma a`zolari bilan birgalikda rejalar tuzildi. 2020-2021 o`quv yilidagi tayanch o`quv rejasi ishlab chiqildi, mavzu rejalar, dars taqsimoti o`tkazildi. Sinf xonalar yangi o`quv yiliga tayyorlandi. Sentabr oyi fan oyligi ekanligi aytildi va bu fan oyligida uslub birlashma a`zolari faol ishtirok etishlari tayinlandi.
O`zbekiston Respublikasi XTB ning “Xalq ta`limi tizimidagi uzluksiz metodik xizmat ko`rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to`g`risidagi 2020-yil 13- - avgustdagi 183-sonli buyrug`i va buyruq asosidagi ilovalar ishlab chiqildi”.
Sentabr fan oyligi ish rejasi tuzildi va fan oyligi burchagi tashkillandi.o`quvchilar ijodidan namunalari, rasmlar, boshlang`ich foesi did bilan bezatildi.
14-sentabr kuni maktabimizda a`nanaviy o`qishga ruhsat berildi. COVID-19 Pandemiyasi haqida o`quvchilarga tushunchalar berdi. Shungacha o`quvchilar sog`ligi nazorat qilinmoqda.
21-sentabr kuni 2-4-sinflar o`rtasida rasmlar tanlovi o`tkazildi. Tanlovni fan o`qituvchisi Xakimova Dilbarxon tashkilladi.23-sentabr kuni 4-“D” sinfda “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.
Shu kuni 4-sinflar kesimida o`qish, ona tili, matematika fanlaridan kirish testlari olindi.
22-sentabr kuni Mustaqilligimizni 29-yilligiga bag`ishlab “Yagonasan Vatan” Mavzusida tadbir o`tkazildi.
Shu kuni 2-sinf o`quvchilari o`rtasida diktantlar tanlovi o`tkazildi. Tanlovda 2-“B” sinf o`quvchilari g`olib deb topildi.
23-sentabr kuni Abdiyeva Lolaxon 3-sinflar o`rtasida “O`yla izla top” mavzusida tanlov o`tkazildi.
Shu kuni Oripova Saidaxon o`qish fanidan o`chiq dars tashkillandi. Dars kuzatilib namunali deb topildi.
28-sentabr kuni sinflar kesimida chiqish testlar oilindi.
29-sentabr kuni Mansurova Gulbaxor boshchiligida 1-oktabr Ustozlar kuni munosabati bilan “ O`qituvchim mehribonim” mavzusida 3-“D” sinfda kichik tadbir tashkillandi.
Fan oyligi yakunlanib , Qo`shtepa tumani XTB ga hisoboti topshirildi.
I chorak yakunlanib 4-noyabrdan dam bo`ldi. Ta`til vaqtida 4-sinflar uchun onlayn olimpiadalar o`tkazildi.
10-noyabrdan II chorak boshlandi.
Chorak davomida boshlang`ich sinf o`qituvchilari tomonidan ochiq darslar tashkillanib o`tkazilmoqda. Tajriba almashilmoqda.
4-sinflarda PIRLS Xalqaro Tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun mаshq daftarlaridan amaliyotda qo’llanilmoqda.
18-noyabr kuni ‘Bayrog`im – fahrim’ mavzusida 2-d sinfda kichik tadbir o`tkazildi.
7-dekabr kuni 4-a sinfida Bizning huquqlarimiz mavzusida tadbir bo`lib o`tdi.
26-dekabr kuni boshlang`ich sinf o`qituvchilari va 4-sinf o`quvchilari o`rtasida, 29-dekabr kuni 3-sinflar o`rtasida tuman miqiyosida onlayn olimpiada o`tkazildi. Olimpiadaga bizning maktab o`qituvchi va o`quvchilari ham faol qatnashib sertfikatlarni ham qo`lga kiritdilar. 2021-yil 4-yanvar kuni boshlang`ich uslub birlashmasida ish tajribasi ommalashgan va izlanuvchan o`qituvchilardan Mansurova Gulbahor, Tojinazarova Xafizaxon hamda Burxonova Irodaxonlar o`z fanlari yuzasidan zamonaviy dars o`tish usulllari, iqtidorli va o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilar bilan ishlash usullari bo`yicha tajriba almashishdi.
5-yanvar 2-kun Ismoilova Shaxnozaxon hamda Hamroliyeva Azizaxonlar Malaka oshirish kursida o`rgangan yangiliklarini o`quv jarayonida qo`llash, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish yo`llari, fanga oid turli hil didaktik qurollarni ishlab chiqishni boshlang`ich sinf o`qituvchilar bilan o`rtoqlashdi.
6-yanvar 3-kun Boshlang`ich sinf o`qituvchilari ingliz tili fani o`qituvchisi tomonidan (basic English) bo`yicha darslarni tomosha qilib chet tillar bo`yicha o`z savodxonligini oshirdilar. O`qituvchilar o`rgangan bilimlarini darslarda qo`llab borishlari aytildi.
7-yanvar 4-kun Boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`z fan yo`nalishi bo`yicha o`quv rejalar, dasturlar, darsliklardagi o`zgarishlarni o`rganib chiqdilar, tizimga doir me`yoriy, metodik hujjatlar va ulardagi imtiyozlar bilan tanishib chiqdilar.O`qituvchilar o`z hujjatlarni ham nazorat qilib chiqdilar.
8-yanvar 5-kun “Kundalik” electron jurnal va electron kundalik tizimi bilan tanishish maqsadida “Kundalik ” jamoasi tomonidan tayyorlangan roliklarni, xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS) bo`yicha darslar, “Ta`lim texnologiyasi”, “Tarbiya” fani bo`yicha videodarslarni tomosha qildilar.
9-yanvar 6-kun Ta`limga oid onlayn resurslarda yangilik va videodarslar bilan tanishdilar, o`z fanlari bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar to`playdilar, zamonaviy ped texnalogiyalar o`qitish metodlarini izlab topishga harakat qildilar.Darslarda yangi pedagogik texnalogik metodlardan foydalanishga tayyorgarlik ko`rdilar. 2020-2021 o`quv yilining 3-choragi davomida taqvim mavzu rejalari asosida o`tadigan darslariga tayyorgarlik ko`rdilar. Mavzularga oid qo`shimcha ma`lumotlar to`pladilar, ko`rgazmalar tayyorladilar, tarqatma materiallar qildilar.
Ta`til davrida barcha boshlang`ich o`qituvchilari kasbiy mahoratlarini oshirishib bir – birlari bilan o`rtoqlashishdi.
Boshlang’ich sinflar uslubiy birlashmasida yanvar oyida 13-yanvar kuni 4-D sinfda Vatan himoyachilari kuniga atab tadbir o`tkazildi.
Yanvar oyida 4-A sinfda matematikadan X.Tojinazarova ochiq dars tashkilladi. Darsni juda yaxshi tashkilladi, turli pedagogik tehnologiyalardan foydalandi. Sinfdan tashqari ishlar, to`garaklar faoliyati olib borildi.
Fevral oyida 4-fevral kuni 3-B sinfda ona tilidan S. Orifova ochiq dars tashkilladi.
2-B sinfda 24-fevral kuni H.Burxonova o`qish darsidan ochiq dars tashkilladi.
8-fevral va 12-fevral kunlari A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludiga atab
2-sinflarda tadbir o`tkazildi..
3-mart kuni 2-A sinfda U.Hamrayeva Ota-onalarni taklif etib “Bu mening Onam” deb nomlangan tadbir tashkilladi. Mart oyida 3-D sinfda G.Mansurova O`qish darsidan ochiq dars tashkilladi va 5-mart kuni 8-mart bayramiga atab “Balli qizlar” tanlovini o`tkazdi.
Shu kuni 2-D sinfda S.Mo`sayeva o`qish fanidan ochiq dars o`tdi.
19-mart kuni boshlang`ich sinflarda “Navro`z –Bahor bayrami”nomli tadbir o`tkazildi.
Aprel oyida 8-aprel kuni A.Temur tavalludiga atab boshlang`ich sinflarda tadbir o`tkazildi.
9-aprel kuni 1-B, 1-D sinflarda 10-aprel kuni 1-A sinfda “Savodxonlik” bayrami o`tkazildi.
May oyida 9- may « Xotira va qadrlash kuni» ga atab tadbir o’tkazildi .
Nafaqaga chiqqan ustozlarni borib yo’qlandi.
12- may kuni «Onalarga ehtirom» tadbiri o’tkazildi.
Boshlang’ich sinflarda har shanba kunlari kasbiy mahoratlarini oshirish bo’yicha yig’ilishlar tashkillandi , ko’gazmalar tayyorlandi.
Sinfdan tashqari ishlar , to’garaklar faoliyati o’z vaqtida olib borildi.
Boshlang’ich O’TIBDO`: N.Toshmatova
Maktab direktori: A. N Mo’sayev.
Do'stlaringiz bilan baham: |