Август 2020 8-қисм



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/87
Sana21.03.2022
Hajmi1,81 Mb.
#504946
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
KOMIL XORAZMIYNING “MANGO QILMA, EY MOHI OLIYJANOB” MATLA’LI 
G‘AZALI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR
Sharipova Hulkaroy Umrbekovna
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi 
Telefon: +99894 230 21 12
hulkaroysharipova@mail.ru
Annotatsiya. 
Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk vakili Komil Xorazmiyning 
“Mango qilma, ey mohi olijanob” g‘azalining g‘oyasi, mazmuni, badiiyati, vazni va she’riy 
san’atlari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlari: 
poeziya, xrestomatiya, vazn, aruz, takrir, bayt, misra
XIX asrda yashab ijod etgan yetuk adib, ma’rifatparvar shoir, Xorazm adabiy muhitining 
yirik namoyondasi Muhammadniyoz Komil o‘zbek mumtoz adabiyoti hamda zamonaviy badiiy 
adabiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan shoir, xattot, bastakor, musiqashunos, tarjimon va davlat 
arbobidir. Komil Xorazmiy haqidagi eng qimmatli ma’lumotlar adabiyotshunos olimlar, jumladan, 
O.Sharafiddinovning “O‘zbek adabiyoti tarixi” xrestomatiyasi, “O‘zbek poeziyasi antologiyasi”, 
Mahmudali Yunusovning Komil Xorazmiy ijodiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasi va shu 
kabi qator ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan. Bunda asosiy e’tibor Komilning ijodiy merosi va badiiy 
mahoratiga qaratilgan. 
XIX asr Xiva xonligi siyosiy hayotida ahamiyatli mavqega ega bo‘lgan ijodkorning lirik merosi 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. u o‘z zamonasidayoq shoir sifatida kata e’tibor va 
e’tirofga sazovor bo‘lgan, iste’dodli shogirdlarni tarbiyalab, jamiyat uchun ulkan ishlarni amalga 
oshirgan. 
Komil Xorazmiy o‘z she’rlarini to‘plab, devon tuzgan. XIX asrning oxiri XX asr boshida 
tuzilgan bir qator bayoz (to‘plam, antologiya)larda ham shoirning she’rlari uchraydi. Devoni shoir 
hayotligidayoq nashr qilingan. Birinchi nashri 1880-1881 yillarga to‘g‘ri keladi. Devon Xivada 
toshbosma (litografiya) usulida bosilgan edi. Ikkinchi marotaba yana Xivada 1895-yili bosildi. Bu 
nashr oldingiga nisbatan to‘liqroq. Kitob uchinchi marotaba 1909-yilda Toshkentda nashr etilgan. 
Ayrim she’rlari “Turkiston viloyatining gazeti”da bosilgan. uchala nashr ham Komil she’rlarini 
to‘la qamrab olmaydi. Mazkur devonning 1975-yil, shoirning 150 yilligi munosabati bilan nashr 
qilingan variantida 1ta bahri tavil, 3ta muammo, 4ta ruboiy, 1ta qasida, musabba’, musaddas, 
muxammas, murabba’, mustazod va g‘azallari jamlangan. “Devon”dan o‘rin olgan barcha 
she’rlar o‘zining g‘oyasi, badiiyligi va shakily xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday 
she’rlaridan biri “Mango qilma, ey mohi olijanob” matla’li g‘azalidir. Bu g‘azal o‘zida jamlangan 
badiiy go‘zallik, she’riy san’atlarning mohirona tanlanishi bilan boshqa g‘azallardan tafovut kasb 
etadi. Quyida bu xususiyatlarni ko‘rib o‘tish mumkin.
Mango qilma, ey mohi olijanob,
Itob-u, itob-u, itob-u, itob.
O‘n bir baytdan iborat ushbu g‘azal aruzning mutaqoribi musammani maqsur (Ba’zi o‘rinlarda 
mutaqoribi musammani mahzuf ham uchrab turadi.) vaznida yozilgan. Afoyili: fa-uv-lun⁄fa-uv-
lun⁄fa-uvlun⁄fa-uvl (fa-uv-lun⁄fa-uv-lun⁄fa-uv-lun⁄fa’-al); taqte’si: V--⁄V--⁄V--⁄V-V (V--⁄V--⁄V--
⁄V-). G‘azalning badiiyligini ta’minlovchi o‘ziga xos xususiyatlardan biri, uning musiqiyligi va 
mazmunining kuchayishini belgilagan takrir san’atidan mohirona foydalanilganligidir. Ya’ni 
g‘azaldagi har bir baytning ikkinchi misrasi bir so‘zning takroridan tashkil topadi. Masalan, 
birinchi bayt quyidagi misra bilan yakunlangan: “Itob-u, itob-u, itob-u, itob”. Bu esa g‘azalga 
o‘zgacha ohang bera olgan.
Takrir san’ati o‘zbek mumtoz lirikasida o‘ziga xos ahamiyatga ega. u she’rning badiiy 
malohatiga yangicha ruh olib kiradi, o‘qishlilikni ta’minlaydi. Badiiy san’atlarni chuqur tahlilga 
olgan adabiyotshunos olimlar bu san’atga quyidagicha ta’rif beradi: “Takrir “takrorlash” ma’nosini 
ifodalovchi lafziy san’at bo‘lib, she’rda u yoki bu so‘zni takror qo‘llashni nazarda tutadi. Takrorlash 
vositasida so‘z ma’nosini, uning mohiyatini ta’kidlab ko‘rsatish ushbu san’atning asosiy xususiyati 
sanaladi”. “Takror uslub bilan bog‘liq unsur sifatida matn zamirida yotgan asosiy g‘oya-muddaoni 
alohida ta’kidlash va tasvirga emotsional tus berishga xizmat qiladi”. Mazkur badiiy san’at 
biz tahlil qilayotgan g‘azalda ham o‘zini to‘la namoyon eta olgan. G‘azalning birinchi baytida 


87

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish