Август 2020 8-қисм
Тошкент
holda «Yakka xato» xonasiga chiqqan farqni yozishlarini topshiradi. «Yakka baho» katagidagi
yuqoridan pastga qarab qo‘shib, umumiy soni keltirilib chiqariladi. Guruh bahosini aniqlash ham
shu tarzda amalga oshiriladi. O‘qituvchi yakka va guruh xatolarini sharhlaydi. Xatolarga ko‘plab
yo‘l qo‘ygan o‘quvchilarga asarni qayta mutolaa qilib kelish vazifa sifatida topshiriladi. Xato
qilmagan yoki kam yanglishgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. T., “O‘zbekiston”, 2002.
2. Jo‘rayev H. “So‘zda kerak dard ila so‘z”. T. “Istiqlol nuri”. 2016.
3. Karimov N, Mamajonov S. va b. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., “O‘qituvchi”,
1999.
4. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. T., “O‘zbekiston”, 2009.
82
Август 2020 8-қисм
Тошкент
ERKIN SAMANDARNING “QIRON G‘ILDIRAGI” ROMANI G‘OYAVIY-BADIIY
XUSUSIYATLARI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR
Sharipova Hulkaroy Umrbekovna
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi
Telefon: +99894 230 21 12
hulkaroysharipova@mail.ru
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo‘lgan Erkin
Samandarning “Qiron g‘ildiragi” romani haqida so‘z borib, uning shakli va mazmuni haqida
ba’zi mulohazalar keltiriladi. Asar bosh qahramoni Muhammad Hoji obrazi, uning qiyofasini
yaqqollashtiruvchi yordamchi obrazlar va 1937-yil voqealarining romanda aks etishi xususida
fikrlar beriladi.
Kalit so‘zlar:
roman, obraz, sujet, konsentrik sujet, xronikal sujet, tarixiy mavzu
Badiiy adabiyot xazinasiga, xususan, milliy badiiyat durdonalarimizga diqqat qaratadigan
bo‘lsak, undagi rang-baranglik, o‘ziga xos mazmunga ega asarlar, mahoratli ijodkorlarning ohoriy
ijod namunalarini ko‘rishimiz mumkin. ulardagi, ayniqsa, mavzuiy turfa xillik asarlarning naqadar
qimmatli ekanligini anglatib turadi. Ana shunday turfalikni o‘z ijodi yo‘nalishi qilib olgan, badiiy
adabiyotning har bir turi va har bir janrida har xil mavzuni yoritishga asosiy e’tibor qaratgan
ijodkorlardan biri Erkin Samandardir. Erkin Samandar ijodini kuzatish davomida shu narsaga
guvoh bo‘lamizki, uning badiiyati mavzuiy rang-baranglikka intiladi va eng birlamchi o‘rinni
tarixiylik nuqtayi nazaridan yaratilgan asarlari egallaydi. uning ana shu mavzu, ya’ni tarixiylik
aks etgan asarlaridan biri “Qiron g‘ildiragi” romanidir. unda tarixning eng chirkin davri - qatag‘on
siyosati avj olgan 1937-yil voqealari aks etgan. Asar bir necha sujet chizig‘iga ega ekanligi bilan
ahamiyatlidir. uning birinchisi va eng asosiysi Muhammad hoji bilan bog‘liq voqealarda, boshqasi
esa Matniyoz, Safo maxsum, Xadicha begim kabi obrazlar vositasida yuzaga chiqadi. Bundan
tashqari, asarda xronikal sujet yetakchilik qilsa-da, unda konsentrik sujet elementlari uchrashini
ham e’tirof etish lozim. Bu jihatlarni Muhammad hoji qo‘lga olinganidan keyin Xadicha begim va
farzandlarining boshiga kulfat yog‘ilishi (ya’ni A voqea yuz berganidan so‘ng B voqeaning yuz
berishi) tasvirida yoki Muhammad hojining jazoga hukm etilgani hamda Matniyozning aldanganligi
uchun Safo maxsum va Matniyozning intiqom olishi ( A voqea yuz bergani uchun B voqea
yuzaga kelgani) kabilarda ko‘rish mumkin. Romanning tuguni qiron mashinasining yaratilishi va
Muhammad hojining beayb hibs qilinishida namoyon bo‘ladi. Asarning kulminatsion nuqtasini
Muhammad hojining to‘g‘ri so‘zidan har qanday holatda ham chekinmaganligi va Matniyozning
Toshev ustidan g‘alabasida ko‘rish mumkin. “Qiron g‘ildiragi” romani tom ma’noda yechimga
ega emas. Yozuvchi bu jarayonni kitobxonning ixtiyoriga topshirgan. Qisman bo‘lsa-da, asarning
yechimi sifatida Xadicha begimning tirik qolishi va yovuzlarning halokatini aytish mumkin.
Asarning mazmuni haqida so‘z yuritishdan oldin romanning bosh qahramoni
hisoblanuvchi Muhammad hoji haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish lozim. u haqida Xurshid
Do‘stmuhammad mazkur romanning so‘zboshisida shunday fikrlarni keltiradi:
“Muhammad hoji
haqida aniq ma’lumotlar, hujjatlar saqlanmagan esa-da, u zot o‘z davrining yetuk va ilg‘or kishisi
bo‘lgani aniq. Ilmi puxta, suv sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib, xonlikda bosh miroblik lavozimini
egallagan, 1894-1898 yillar mobaynida Fransiyada ayni shu mutaxassislik bo‘yicha tahsil olgan.
Ovrupo mamlakatlarini ko‘rgan, bir muddat Xonqa bekligida hokimlik lavozimini ado etgan”.
ushbu fikrdan kelib chiqadiki, Muhammad hoji el manfaati yo‘lida yelib-yugurgan, o‘z kasbining
yetuk mutaxassisi bo‘lgan jonkuyar insondir. Ayni shu o‘rinda, samimiyligi, mehnatsevarligi va,
ayniqsa, to‘g‘riso‘zligi uchun sho‘ro zulmiga duchor bo‘lgan mazlumdir. Voqealar rivojida ijodkor
bu inson shaxsiyatiga xos xususiyatlarni ko‘rsatib borar ekan, yordamchi obrazlarni asar syujetiga
olib kiradi. Bular Muhammad hojining rafiqasi Xadicha, do‘sti Safo maxsum va farzandlari
Sultonboy, Mahmudbeklardir. Roman tarkibiga singdirib yuborilgan mehr-oqibat, o‘zaro sadoqat
g‘oyalari esa Saman – Muhammad hojining vafodor oti timsoli orqali beriladi.
Bundan tashqari, asarda qalamga olingan yana bir asosiy g‘oya – bu o‘tgan asrda ming-
minglagan begunoh insonlarning yostig‘ini quritgan sobiq sho‘ro hukumatining kirdikorlarini fosh
etish va keyingi avlod vakillari qalbida nohaqlik qurboni bo‘lgan insonlarga nisbatan xayrixohlik
tuyg‘usini shakllantirish, ularni bevosita o‘sha davrda yuz bergan jarayonlarga olib kirishdir. Asar
83
Do'stlaringiz bilan baham: |