Август 2020 8-қисм
Тошкент
uchun baxt ekanligini zo‘r mahorat bilan ta’riflaydi. Xulosa qilib, aytadigan bo‘lsam, Zulfiya ham
shoir sifatida, ham ayol sifatida, ham ona sifatida ardoqlasa arziydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Adabiyot. 7-sinf. Darslik-majmua. (qayta ishlangan 2-nashri). T., «Sharq». 2009.
2. Zulfiya. Saylanma.Tong bilan shom aro T:-Sharq2006
3. www.pedagog.uz
4. www.Ziyonet.uz
5. http://zulfiya.edunet.uz/ Zulfiya shioraning shaxsiy veb-shahifasi
6. http://krzulfiya.narod.ru/ ―Zulfiyaxonim Qizlari‖ nomli rasmiy vebsayt
80
Август 2020 8-қисм
Тошкент
«QUTADG‘U BILIG» DOSTONINI «BLITS-O‘YIN» USULIDA O‘RGANISH
Rahimova Tursunoy Ma’murovna
Qo‘shtepa tumani 4-maktab
ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
tel: 99-320-34-41
e-mail:tursunoy@mail.ru
Annotatsiya:
maqolada adabiy ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiya, innovatsion metod
hamda interaktiv usullarni qo‘llash va adabiyot darslarida samarali foydalanish bo‘yicha fikrlar
keltirilgan
Kalit so‘zlar:
“Qutadg‘u bilig”, adabiyot darslari, zamonaviy yondashuv, usul
Bugungi kunda adabiy ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiya, innovatsion metod hamda
interaktiv usullarni qo‘llash ommalashib bormoqda. Ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan darsning
zamonaviy usullarini qo‘llashga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Chunki innovatsion metodlar
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z ustida ishlashga, izlanishga o‘rgatadi. Dars davomida
o‘quvchi faol ishtirokchi, o‘qituvchi esa boshqaruvchilik vazifasini bajaruvchiga aylanadi.
O‘qituvchi va o‘quvchi orasida hamkorlik paydo bo‘ladi. Bu hamkorlik o‘quvchi shaxsida
ijodkorlik ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Bizga ma’lumki, adabiyot darslarida o‘rganiladigan
asarlar janr va g‘oya jihatdan rang-barangdir. Yaratilish davri nuqtai nazaridan ham badiiy asarlar
ayrim o‘rinlarda o‘ziga xos murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Bu esa, o‘quvchilar tomonidan
mavzuning birdek o‘zlashtirilishiga imkon bermaydi. Bu borada adabiy ta’lim samaradorligiga
erishishning eng maqbul usuli sifatida e’tirof etilayotgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion
metodlar ijobiy natija berishi mumkin.
Maktabning 8-sinfida «Qutadg‘u bilig»
1
asarini o‘rganish nazarda tutilgan. O‘qituvchi 1-soat
-
da o‘quvchilarni quyi sinflarda asar yuzasidan olgan ma’lumotlariga tayanadi. Mavzu yuzasidan
qisqacha suhbat yoki savol-javob o‘tkazadi. O‘quvchilarni bevosita asar matni bilan tanishtiradi,
kerakli o‘rinlarni ifodali o‘qitadi va o‘quvchilar bilan birgalikda matnni sharhlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, qadimgi turklarda vatan tushunchasi shu vatanga mansub
bo‘lgan xalq bilan birgalikda tasavvur etilgan. ushbu tushuncha ‘‘el’’ so‘zi bilan ifodalandi. ‘‘El’’
so‘zi mamlakat, o‘lka, xalq, saltanat, yurt tushunchalarini ifodalaydi.
Yusuf Xos Hojib nazarida Vatanga xizmat bu, avvalo, xalqqa, el-u yurtga xizmat qilishdir. Faqat
shu yo‘l bilangina Vatanning ozodligini, uning iqtisodiy, harbiy va siyosiy qudratini ta’minlash
mumkin. Shu maqsadda adib XI asrdagi juda ko‘plab ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beradi,
ularning jamiyat va yurt oldidagi mas’uliyat va burchlariga alohida to‘xtab o‘tadi. Yusuf Xos
Hojib nazarida har bir shaxs jamiyatning og‘irini yengillatishga urinmog‘i kerak. Buning uchun
esa har bir kishi o‘z ishi bilan shug‘ullanmog‘i, halol, pokiza yashamog‘i, o‘zining tor shaxsiy
manfaatlari doirasida biqinib qolmasdan el-yurt manfaatlarini ustun qo‘ya oladigan darajaga
ko‘tarilmog‘i shart.
Darsning 2-soatida ularga alohida-alohida tarqatma material beradi va kortochkadagilarni
sinchiklab o‘rganishni topshiradi.Tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifa tushuntiriladi,
ya’ni tarqatma materialda berilgan harakat mazmuni ketma-ketligini to‘g‘ri belgilash kerakligi,
belgini qog‘ozdagi alohida ajratilgan katakka raqamlar bilan belgilash zarurligi ta’kidlanadi,
vazifa yakka tartibda bajarilishi lozimligi uqtiriladi.
O‘quvchilar o‘z xatolarini va guruhi xatolarini bilib olishadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi
mavzu yuzasidan o‘quvchilar qanchalik bilimga ega ekanligini aniqlaydi va ularning bilimlarini
baholaydi. Bunda o‘z-o‘zini baholashga alohida diqqat qaratiladi.
«BLITS-o‘yin» texnologiyasi shartiga ko‘ra, o‘qituvchi «To‘g‘ri javob» katagida berilgan
raqamlardan «Yakka baho» bo‘lagida berilgan raqamlarni, ya’ni kattadan kichigini ayirgan
1
Adabiyot. 8-sinf. Darslik-majmua. T., “G‘.G‘ulom”. 2010.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |