1-rasm”Xo‘jakent qishlog‘ining ko‘rinishi tasvirlangan.
Rasmda Chirchiq daryosining o‘ng irmog‘i ugom daryosi tasvirlangan. Xo‘jakent qishlog‘ida:
Oqbuloq,Duldul bobo va Quyi Mozor ziyoratgohlari joylashgan.Oqbuloq-Xo‘jakent qishlog‘ining
eski hududida joylashgan buloqlardan biri bo‘lib,sersuvligi,axoli maskanining o‘zida,qishloq
ekinzorlariga suv beradigan sathida ekanligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lgan. u Murdaxona
deb ataladigan tog‘ning etagidan oqib chiqadi.[1].
Oqbuloq ziyoratgohi Xo‘jakent qishlog‘i aholisi uchun eng muqaddas va ziyoratchilar uchun
esa yaxshi maroq olishlari uchun tabiat tomonidan tashkil etilgan buloqlardan bo‘lib bu yerni
aholisi bu yerda avvallari muqim yashashgan,ya’ni 1962-yildagi tog‘ ko‘chkisi bo‘lishi tufayli
bu buloqning atrofida yashovchi aholi Chirchiq daryosining chap sohilidan o‘ng sohiliga
ko‘chib o‘zlari uchun uylar bunyod etishgan.Shuni takidlab o‘tish joizki,turistlar bu yerlarga
tashrif buyurishsa ba’zi noto‘g‘ri tushunchalarni aytib o‘tishadi. Masalan: turistlar Chorvoqqa
ketyapmiz deyishadi lekin ularni tashrif buyuradigan joylari eski Xo‘jakentning aholisi yashagan
hududlar hisoblanadi.Men shu maqolada shunga aniqlik kiritish maqsadida turistlarga shuni aytib
o‘tmoqchimanki Chorvoq shaharchasiga Do‘stlik mahallasi, Beshtut va Nurchilar mahallalari
kirsa. Xo‘jakent qishlog‘i esa turistlar dam olishlari uchun Chirchiq daryosining o‘ng irmog‘i
ugam daryosining qirg‘oq bo‘yi hududlaridagi yerlar kiradi.Shuning uchun turistlardan shuni talab
qilmoqchimanki ular Xo‘jakentga kelishsa ham Chorvoqqa keldik deyishlari noto‘g‘ri. Shuning
uchun har bir turist tashrif buyuradigan joyini nomini to‘g‘ri aytishsin.Xo‘jakentning yana bir
64
Август 2020 8-қисм
Тошкент
noyob qadimiy yodgorliklari bu Duldul bobo (shevada Duldul buva ham deyiladi) qadamjosidir.
Bu yodgorlikning tarixi ham ibtidoiy odamlar yashagan Muste davriga borib taqaladi.Dunyoning
boshqa ko‘p joylaridagi singari ular ov bilan bog‘liq suratlarni qoyalarga o‘yib chizishgan.[1].
Bu ziyoratgoh ham Oqbuloq ziyoratgohining atrofida joylashgan g‘orlarning bir qismida
joylashgan bo‘lib bu hududlarning o‘ziga xosligi qadimda yashagan odamlarning hayoti,turmush
darajasini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.Bu yerlarga tashrif buyuruvchi sayyohlar
faqatgina bu yerni tabiati bilan emas balki tarixiy voqealarini g‘orlarga o‘yib chizilgan har xil shakl
va belgilardan bilib olishlari mumkin.Bu yerda yana Qo‘ymozor yoki quyi mozor ziyoratgohi ham
joylashgan bo‘lib,ikki ming yillik chinor daraxti mavjud bo‘lib,shu daraxtning ildizi ya’ni pastki
qismidan buloq suvi chiqib turadi.Avval takidlab o‘tganimizda bu yerda eski Xo‘jakent aholisi
yashagan degandik.ular huddi shuni iste’mol qilishgan hisoblanadi.Hozirgi kunga kelib bu yer
insonlarning shaxsiy mulkiga aylanib qolganligi uchun bu yerlarda turistlar uchun kafe va barlar
tashkil etilgan hisoblanadi.Shuning uchun bu yerlarga eski Xo‘jakentlik aholi kirishi taqiqlangan
va ma’lum miqdordagi mablag‘ orqaligina kirish mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Xo‘jakent qishlog‘i tabiiy, tarixiy, arxeologik
yodgorliklari va ziyoratgohlari bugungi kunga kelib,turizm sohasini rivojlanishiga sababchi
bo‘lib kelayotganligi u yerda yashovchi aholining turmush tarzining yaxshilashiga olib kelmoqda.
Ziyoratgohlar-Xo‘jakent qishlog‘ida yonma-yon joylashganligi tashrif buyuruvchilarda ijobiy
ta’riflarni berishlariga va ziyoratgohlarni qiynalmay topishlariga zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.A.Ergashevning “Xo‘jakent-tarixiy,etnografik va ekologik lavhalar” Toshkent “Mumtoz
so‘z”-2014-yil.(17,18-betlar).
2.Mamatqulov M, Oripov K “O‘zbekiston g‘orlari” Toshkent: 1978-yil.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |