62
Август 2020 8-қисм
Тошкент
BAXTIM BOR: AJOYIB KISHILAR ARO.
(Zulfiya Isroilova ijodiga bir nazar).
Abdinazarova Gulrux
Koson tuman 82-maktabning
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
O‘IBDO‘ vazifasida faoliyat olib bormoqda.
Telefon: +998 90 667-04-31
abdunazarova2021@mail.ru
Anatatsiya:
ushbu maqolada o`zbek xalqining xassos shoirasi, sadoqat timsoli Zulfiya
Isroilovaning go`zal tuyg`ulari she’rlari haqidagi fikrlar yoritilgan.
Kalit so`zlar:
Baxt kuychisi Zulfiyaxonim she’rlariga chizgilar
Baxtim bor: ajoyib kishilar aro.
Tug`ilib gurkirab . . . keksayar umrim,
O`shalar she’rimga baxsh etgan sado
Hayotiy yo`lini eritgan nurin.
Vafo, sadoqat, ezgulik va vatan ishqila bilan yo`g`rilgan she’rlari bilan o`zbek she’riyatini
baland minbarlarga olib chiqqan sevimli shoiramiz Zulfiyaxonim Isroilova xalqparvar, bag`ri keng
va albatta samimiy qalb sohibasi edilar.
Shoiraning qay mavzuda yozilgan she’rlariga murojaat qilmang, unda shoirani mehri daryo
ekanligini ko`ramiz.
Vatanga, xalqiga bo`lgan mehri tufayli bitilgan o`nlab, yuzlab she’rlarda Zulfiyaxonimning
qalb xayqirig`i, ko`ngil sadosi aks etgan. uni har qadamda qo`llagan, har misrasini joni dili bilan
yuragiga joylagan, ona xalqini olqishlab bitgan misralarida shoira yurtdoshlarini mehri tufayli
muhabbatga tashna qalbi soy emas, irmoq emas daryo bo`lganini g`urur bilan aytadi.
Seni seva-seva men boyib ketdim
Dunyo ichra topgan dunyomsan,
Xalqim!
ushbu misralarda esa xalq sevgisi, xalq mehridan ortiqroq boylik yo`qligi betakror tuyg`ular
bilan ifoda etildi.
Hayotning har damini hikmatga menzagan, ajdodlarimning borligini iftixor bilib, ajdodlarga
teran, o`lmas misralar ishqimni g`urur bilan shoira qalbi har soniyada xalqning borligi uchun
shukronalar aytmoqni joiz topadi. Har qadamda qullab turgan mehri, issiq tafti, bug`doy yuzli
o`zbek xalqining borligi, shu tuproqqa kindik qoni to`kilganini faxri bilan baxtim deya oladi.
E’zozlar, ardog`lar uchun tashakkur,
Asli siz-oftobim, men-ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilamon, hur,
Baxtim shul-o`zbekning Zulfiyasiman.
,,Xalqimizga aytar so`zlarim” nomli she’rida sevimli shoiramiz qancha olislamay, qancha dunyo
zebu-zarralarini ko`rmay ko`zim qamashsada, unga ixlos etmadim, menga baxt bergan shu xalqimni
ona tabiatimni chang, tuproq tepalarga shaharlar bunyod etgan bunyodkor vatondoshlarimni bir
soniya hayolimdan ketgazmadim deydi baralla.
,,Emish . . “ nomli she’rida esa shoiraning yuragi ayollik baxtidan, sharafidan tog` qadar
yuksaladi, baxtliman, baxtim shu xalqimning mehriga loyiq bo`lganimdir deydi.
Yuzini baxtning nasimlariga tutgan ardoqli, xassos shoira xalq ishonchi, xalq ardog`i, xalq
mehri, xalq muhabbati meni olg`a chorlaydi, oq orzularimga qanot beradi deyishi bilan birga,
hayotga., nurga yog`duga baxtga oshno eta oldi deydi tulg`onib.
Hali qalbim juvon yuragiday yosh.
Asablar ko`tarar tog`ni ortsang ham.
Ko`zingga qoningga olaver quyosh,
Hali ko`p tebranar qo`limda qalam. . . .
Xa, O`zbekiston xalq shoirasi, xalqaro ,,Nilufar” mukofati sazovori Zulfiya Isroilova qalami
asrlar osha ham minglab shogirdlari, izdoshlari qo`lida tebranadi eng o`lmas, o`chmas, bardavom
baytlar bitiladi,
Inshoalloh!!!
Do'stlaringiz bilan baham: