Sharopova Gulshana O‘ktamovna
Tel: +998912462833
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Buxoro amirligi qushbegi arxivining shakllanishi haqida
ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
tarix, manba, hujjat, arxiv, avlod.
Buxoro amirligi tarixini yoritishda bugungi kunda saqlan-
ayotgan Qushbegi arxivi materiallari tarixchilar uchun
muhim tarixiy materiallardir. Arxivning “Buxoro amirligi
Qushbegi devonxonasi arxivi” deb nomlangan hujjatlarida
amirlikdagi vaqf mulklari holati,ulardan foydalanish tarti
-
blari, vaqf daromadlaridan ulamolarga nafaqa to‘lash
haqidagi arznomalar kabi qiziqarli ma’lumotlarga ega.
Shuningdek arxivning, “vaqf yorliqlari kolleksiyasi” deb
nomlangan jamg‘armasida katta hajmdagi vaqf hujjatlari
jamlangan bo‘lib, ularning aksariyat qismi, ya’ni 90 foizi
Buxoro amirligiga mansubdir. Qolgan 10 foizi Xiva hamda
Qo‘qon xonliklariga tegishli.
Buxoro amirligida davlat ishlarini boshqaruvchi oliy
amaldor qushhegi bo`lib, u soliqlar yig`imini boshqarar,
ma’muriy amaldorlar tarkibiga rahbarlik qilar, mahalliy beklar
bilan yozishmalar olib borar edi. Qushbegi har kuni shaxsan
hukmdorga amirlikdagi ahvol to`g`risida ma’lumot berib
turar edi. Barcha amaldorlar qushbegi tomonidan, faqat oliy amaldorlargina amirning o`zi
tomonidan tayinlanar edi. Xazina va zakot yig`imini boshqargan devonbegi lavozimi ahamiyati
va mavqei jihatidan qushbegidan keyin turardi. Uning ixtiyorida 300 dan ziyod amaldor bo`lgan.
Sudlov, notariat ishlarini, ruhoniylar va ta’lim muassasalarini boshqargan boshqozi diniy-sudlov
ishlariga rahbarlik qilardi.
Buxoro amirligi qushbegi arxivining hozirgi holatigacha bo‘lgan shakllanish jarayonlari
ham uzoq davrni bosib o‘tgan bo‘lib, buni quyidagi jihatlarda ko‘rib o‘tamiz. viloyatlardan
amirning Arkiga haftalik ma’lumotlar choparlar orqali etkazib turilgan. Bunday hujjatlar asosan
bir xil shaklda tuzilgan. Yuqoridagi o‘ng burchagiga «Hazrat Haqq subhonahu va ta’olo», chap
burchagida «Huva-l-fayoz» yozuvlari bo‘lib, (ya’ni, Hazrat Haqq (Alloh) pok va oliydir (va) u
fayz ulashuvchidir), o‘rtada «janob zilli ilohiy, oliy hazratam, mavloyam sallamahullohu ta’olo»
(ya’ni Allohning (erdagi) soyasi bo‘lmish janob (Amir) oliy hazratim, Xojam, Alloh u (kishi)ni
salomat qilsin) murojaatli yozuvlar bilan xitob qilinib, viloyatlarda tinchlik, osoyishtalik ekanligi,
fuqarolar amirning duosida bo‘lib turishgani haqida xabar beriladi. Hokimlarning sadoqat izhor
qiluvchi «tasadduq shavam» (yo‘lingizda siz uchun tasadduq bo‘lay) xitoblari va duolari bilan
maktublar tugatiladi. Turli viloyatlardan kelgan maktublarning bir xil shakl mazmundaligi o‘sha
paytda amirlik devonxonalari uchun maxsus kotiblar o‘qitilganligidan dalolat beradi. Ko‘pincha
kotiblarning dastxatlari ham bir xil, bir-biriga o‘xshab ketadi. Ana shu choparlar orqali Arkka
qushbegining qo‘liga keltirilgan har xil hujjatlar qayd qilish daftariga qayd qilingach, devonxona
sandiqlariga taxlab qo‘yilar edi. Mutaxassislarning aytishicha, mansabdor kishilar ko‘p narsalarini
vaqf qilsalar uni hattotlar naqsh va chiroyli bezaklardan foydalanib, yozgan. Oddiy odamlarning
vaqflariga naqsh solinmagan, yozuvlardan iborat bo‘lgan.
Ana shu zaylda Buxoro amirligida arxiv ishlari shakllana boshlagan. Buxoro amirligidagi arxiv
o‘z faoliyatini 1865 yil, ya’ni Amir Muzaffar davridan boshlagan.YAna shuni taxmin qilish mumkin-
ki, arxivning vujudga kelishida rus ma’muriyatining ta’siri ham bo‘lgan. Buxoro Xalq Sovet
Respublikasining noziri olim va tarixchi Musojon Saidjonovning yozishicha, Buxoro amirligining
arxivi ikki qismga bo‘lingan edi: Birinchi bo‘lim Buxoro amirligining shaxsiy devonxona arxivi;
Ikkinchi bo‘lim, Buxoro Qo‘shbegisining devonxonasi arxivi. SHuni aytib o‘tish kerakki, Buxoro
66
Do'stlaringiz bilan baham: |