Август 2020 17-қисм
Тошкент
eng asosiy vositasi hisoblanadi. Har qanday matematik masala “Shart” va “Xulosa” qismlardan
tuziladi. “Shart” qismida “Ma’lum” kattaliklar beriladi va “Xulosa” qismida esa “Noma’lum”
kattaliklarni topish talab qilinadi.
“Noma’lumlar”ni topish uchun “Ma’lumlar”dan foydalaniladi.
Standart masala
shartida berilgan “Ma’lumlar” “Noma’lumlar”ni topish uchun ko‘p ham
bo‘lmaydi oz ham bo‘lmaydi. Darsda ko‘pincha standart ko‘rinishdagi masalalar yechiladi.
Standart masalalar darslikda ko‘rilgan standart usullar bilan yechiladi.
Nostandart masala
shartida berilgan “Ma’lumlar” nostandart ko‘rinishda berilishi mumkin.
“Ma’lumlar”, “Noma’lumlar”ni topish uchun keragidan ortiq ham bo‘lishi mumkin, shuningdek,
yetarli bo‘masligi ham bo‘lishi mumkin. Nostandart masalalarni yechishning standart usullari
yo‘q, har biri o‘zgacha yondashuvni talab qiladi. Darsda nostandart ko‘rinishdagi masalalar
deyarli yechilmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Matematika fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar. O’quv-uslubiy majmua
2. S. Alixonov. Matematika o‘qitish metodikasi
www.matematika.uz
www.ziyonet.uz
41
Август 2020 17-қисм
Тошкент
FIZIKA FANINI O’QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MASALALARNING
O’RNI
Abduraxmonova Dilafruz Ortiqovna
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani 20-umumta’lim
maktabining fizika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
o‘quvchilarni fizika fanidan bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish,
ulardagi mavjud tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish va erkin fikrlash qobiliyatini yanada
rivojlantirishda masalalarning o‘rni.
Kalit so‘zlar:
fizik hodisalar, fizik kattaliklar, formulalar, o‘lchov birliklar.
O’zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual
va ma’naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali
barkamol shaxs – fuqoroni shakllantirishni nazarda tutadi.Ushbu vazifalarni hal etish uzluksiz
ta’lim tizimida o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari qatori fizikaning ham zimmasiga yuklanadi.
Barkamol shaxs – fuqoroni shakllantirish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi avvalo,
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi.
Fizikani o‘qitishda, avvalo, o‘quvchilarni fizikaning asosiy g‘oya, nazariya, qonuniyatlari
va tushunchalari, amaliyot xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida tutgan o‘rni, fizik bilimlarni
o‘zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu orqali o‘quvchilarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish
bilan uzviy bog‘langan xolda ta’lim- tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi.
Qolaversa, bugun mamlakatimizda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimi xalqaro
baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda. Xalqaro
baholash dasturlaridan biri bo‘lgan PISA dasturida o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik
darajalarini xam turli xil testlar ko‘rinishida baholaydi. PISA tadqiqotlarida yuqori natijalarga
erishishimiz uchun o‘quvchilarimizga puxta bilim berishimiz va ularni ushbu tadqiqotga tayyorlab
borishimiz zarur. Fizika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda masalalarning o‘rni juda katta.
Fizika eksperimental, tajribalarga asoslangan va matematik hisoblashga yo‘naltirilgan fandir. Shuning
uchun fizika fanidan har bir mavzu o‘tilgandan so‘ng, nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun
masalalar yechishni talab etadi. Masala yechish o‘quvchilarni mustaqil ishlashga, o‘rganilayotgan
fizik hodisalarni to‘g‘ri tahlil qilishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini oshirishga imkon yaratadi.
Fizika fanidan masalalarni yechishda quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak:
-Masalani mushoxada qilib, masalada berilgan fizik kattaliklarni to‘g‘ri yoza olish.
-O’lchov birliklarini bir xil sistemaga keltirib olish.
-Masalaga tegishli bo‘lgan asosiy formulani yozish.
-Masalani yechish uchun kerakli yordamchi formulalarni yozish.
-Formulalrni tenglashtirib, masala uchun kerakli bo‘lgan noma’lum fizik kattalikni topish for
-
mulasini yozish.
-Masala uchun chizma chizish shartli bo‘lsa, uni to‘g‘ri chiza olish.
-Fizik kattaliklarni formulaga qo‘yib, matematik jihatdan to‘g‘ri hisoblay olish.
-Formulaning to‘g‘riligini isbotlash uchun o‘lchov birliklarini keltirib chiqarish va tekshirib
ko‘rish. Masalalar yechishda shu qoidalarga amal qilgan xolda ishlansa, masalalarga to‘g‘ri ye
-
chim topiladi.
Xulosa qilib aytganda, fizika darslarida masalalar yechish muhim ahamiyatga ega. Masala
yechish o‘quvchilrning dars davomida olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llashiga yordam
beradi, ularni fikrlash qobiliyatini va bu orqali ilmiy dunyoqrashini rivojlantiradi, shuni ham
aytish kerakki, har bir o‘qituvchi o‘z vazifasini vijdonan bajarsa, yosh avlodlarga bor bilimi va
mahorati bilan vaqtini ayamasdan ta’lim-tarbiya bersa, o‘ylaymanki yaxshi natijalarga erishadi va
yuksak cho‘qqilarni zabt etadi. Mamlakatimiz ham yanada taraqqiy etadi. Ta’lim sifatini baholash
bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda xam yuqiri natijalarga erishamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.E.N.Nazarov “Yosh fizik, insiklopedik lug‘at” Toshkent 1988 yil
2. M.Usmonov “Fizik qo‘llanma Navroz” Toshkent 2017 yil
42
Do'stlaringiz bilan baham: |