Август 2020 10-қисм
Тошкент
kunduzgi, uyqu muddati bolaning yoshiga bog’liq nimjon bolalar ko’proq uxlashi lozim, uyqudan
oldin ochiq havoda sayr qilish foydali, kechki ovqat yotishdan 1-1,5 soat oldin berilishi kerak.
Bola sog’lig’ini saqlash, mustahkamlash va uni har tomonlama rivojlantirishda chiniqtirish muhim
rol o’ynaydi. 2-3 yashar bolalarning toza havo bilan chiniqishi muhimdir. Bundan tashqari quyosh
vannalari suv bilan chiniqtirish ham juda foydali. Yosh bolalarni maktabgacha yoshdagi bolalar
muassasalarida tarbiya qilish, ularni oilada tarbiyalashga qaraganda bir qator o’ziga xos xususi-
yatlarga ega. Bola uchun yasli-bog’cha tanlashda “moda orqasidan quvmaslik, sportni yoki diet
tilini o’rgatadigan bog’chani qidirmaslik kerak. Uyingizga yaqin bo’lgan yasli-bog’cha eng qulay
va hammasidan yaxshi bo’ladi. Uy sharoitida ba’zi bir ko’nikmalarni o’zlashtirgan bola bog’chaga
borganda qiynalmaydi. Qoshiqdan mustaqil foydalanishni bilgan, o’zlari kiyinadigan va echinadi
-
gan bolalar bog’chada o’zlarini dadil his qiladilar va tez ko’nikadilar. Bundan tashqari bola hay
-
otini o’yin va o’yinchoqlarsiz, ertaklar va musiqasiz — fantaziyasiz va ijodiyotsiz tasavvur etib
bo’lmaydi. O’yin va o’yinchoqlar olamida yayrab yashagan bolaning hayotini ma’naviy to’laqon
deyish mumkin. Bolaga o’yinchoq tanlayotganda uning yoshi, qiziqishi va sharoiti ko’zda tutiladi.
Yoshi katta bo’lishi bilan o’g’il bolalar texnikaga oid ayniqsa transport va shu kabi o’yincho-
qlarga qiziqishi ortadi, bu o’yinchoqlar bolalarda turli kasb va mutaxassisliklarga qiziqish tug’dira-
di, ota-ona bu qiziqishni vaqtida payqab, rag’batlantirishi kerak. Qo’g’irchoqlar qizlarning sevimli
o’yinchoqlaridir, 1-2 yoshli qizchalar ko’zi ochilib yumiladigan, “Ingalaydigan qo’g’irchoqlarni
yaxshi ko’radilar. 1-4 yoshli qiz bolalarga plastmassadan qilingan kiyimsiz qo’g’irchoqlar ma’qul,
qizlar ularni o’zlari cho’miltiradilar, kiyintiradilar, yo’rgaklaydilar. Sport o’yinchoqlari (koptok,
arg’imchoq, kabilar) bolalarni jismoniy baquvvat qilishga xizmat qiladi. Musiqa o’yinlari bolalar
-
ni badiiy qobiliyatlarini o’stiradi. Umuman olganda bolalar o’yinchoqlari shartli ravishda 3 ta
guruhga ajiratiladi:
1. Syujetli o’yinchoqlar
2. Quruvchilik o’yinchoqlari
3. Turli materiallar agar bolani yoshlikdan o’yinchoqlarini toza tutish, ehtiyot qilishga o’rgatib
borilsa ular uy anjomlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni o’rganadilar.
Oilada bolaga tarbiya berishning qator o’ziga xos prinsiplari borki, ularga amal qilish tarbiya
ishining samarali bo’lishini ta’minlaydi. Ular quyidagicha: tarbiyada ota-onaning ma’suliyati, tar
-
biyadagi birlik, ota-ona obro’si, mehnat tarbiyasi, ota-onaning bola tarbiyasini bog’cha, maktab
va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borishi, ota-onaning barcha bolalarni teng ko’rishi, ular-
ga adolatli munosabatda bo’lishi, tarbiyada bolaning o’sish va rivojlanish xususiyatlarini hisobga
olish, bola shaxsini hurmat qilish, unga talabchan bo’lish kabilardir. Buning uchun ba’zi tarbiya
usullarini bilib qo’yish foydadan xoli emas.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu masalaga alohida toxtalib “Bizni
hamisha o‘ylantirib keladigan muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi,
bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu
o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining
talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday
ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq
qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya
hisobidan” ta’kidladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |