Август 2020 10-қисм
Тошкент
o’qitiladi. Bola go’dakligidanoq enaga nazoratida o’zi istagan ishni qiladi, o’qish kichkintoy
uchun foydali va yoqimli bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi, har bir bolaning iqtidoriga qarab
fanlarni tanlashga harakat qilinadi.
Boshlang’ich sinflardagi barcha fanlar o’yin tarzida o’tiladi. Maktab 9 yillik bo’lib, o’quv
-
chining sha’niga hech kim putur yetkazmasligi uchun hattoki nazorat ishlar baholari sinfda e’lon
qilinmay, alohida ota-onaga aytiladi. Bola bir kun dars qoldirsa, ta’lim politsiyasi darhol buning
sabablarini aniqlashga harakat qilib, sababsiz holatda ota-onaga jarima solishi mumkin. Jismoniy
kamchiligi mavjud o’quvchilar oddiy maktablarga borishadi, aqliy jihatdan kamchiligi mavjud
bolalar maxsus maktablarda o’qitiladi. O’qish puli ijtimoiy xizmat tomonidan to’lanadi.
Germaniyada 9 yoshga kirmagan bolani uyda yolg’iz qoldirish mumkin emas. Shu sababli on
-
alar yarim stavkada ishlashga yoki enaga yollashga harakat qilishadi. Bolaning yoshlikda olgan
bilimi, ta’limi ma’rifatga aylanmog’i lozim, zero yoshlikda olgan ta’lim tarbiya jamiyat uchun
qo’yilgan tamal toshi bo’lib hizmat qiladi. Bola tarbiyasi haqida ko’plab mutafakkir allomalarimiz
to’xtalib o’tib uning qanchalar muxim jarayon ekanligini o’z asar va o’gitlarida ta’kidlab o’tgan-
lar. Xususan, Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va
qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga
ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida
yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda,
ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb
voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.
Mirzo ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni pux-
ta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam
sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi,
ta’lim – tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi ker-
akligini ta’kidlab o’tishgan. Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi
fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini
oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qi
-
mishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor ber-
ishlari lozim.
Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo’lishi ko’p jihatdan bolalik deb atalgan bu davrn-
ing qanday o’tgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan nimalarni olib kirganiga bog’liqdir. Bo
-
laga munosabatda avvalo uning yosh darajasini inobatga olish kerak, uni yoshiga ko’ra taxminan
quyidagicha taqsimlash mumkin:
1. Uch yoshgacha
2. Uchdan yetti yoshgacha
3. Yettidan o’n yoshgacha
4. O’ndan - o’n to’rt yoshgacha
5. O’n to’rtdan-o’n sakkiz yoshgacha
Bolaning bir yoshidayoq rivojlanishi jadallashadi: tana vazni uch hissa oshadi, bo’yi 25 sm
o’sadi, tishlari chiqadi, ovqat chaynashni o’rganadi, emishdan to’xtaydi, bola oyog’ida turishni,
kattalar qo’lini ushlab yoki o’zi mustaqil yurishni biladi. 3 yoshgacha bu ko’rsatkich oshib boradi,
qo’llar harakati takomillashadi, mustaqil kiyinadi, echinadi, yuvinadi, qo’li bilan nozik harakatlar-
ni qiladi, u endi qalam bilan rasm soladi, tugmasini qadaydi, gapirishga o’rganadi, shuning uchun
ota-onalar juda sezgir va ehtiyotkor bo’lishlari kerak. Tana a’zolarining to’g’ri rivojlanishi aniq-
ravon so’zlashga o’rganishi, ota-onalarni sabr-toqatli, aqlirasolik bilan ish tutishlariga bog’liqdir.
Bolaning 3-7 yosh oralig’i alohida ahamiyatga ega. Bu davrda bolada zamon tushunchasi haqi
-
da to’g’ri tushunchalarni shakllantirish uchun unga yolg’on gapirmaslik, savollariga to’g’ri, jiddiy
javob berish kerak. Bundan tashqari bolalarda gigienik ko’nikmalarni go’dakligidanoq shakllanti
-
rish kerak 2-2, 5 yoshidan yuz-qo’l yuvishni eslatib turish, nazorat qilish va ko’maklashish zarur.
Tozallikka rioya qilish faqat bolaning sog’lig’ini saqlash uchungina emas balki uni kelajakda ham
pokiza bo’lishining omilidir. Bolani 2 yoshidan tishlarini tozalashga o’rgatish kerak. Buning uchun
kichkintoyga bolalar tish cho’tkasi, pastasi berish lozim.
To’g’ri uyushtirilgan kun tartibi katta ahamiyatga ega. Bolani aniq belgilangan vaqtda ovqatlan
-
tirish kerak, pala-partish ovqatlantirish bolalar salomatligiga yomon ta’sir qiladi. Yosh bolalarning
nerv sistemasi juda ta’sirchan bo’ladi. Bolalar darrov cbarchab qoladilar va dam olishga ehtiyoj
sezadilar. Dam olishning eng muhim turi uxlash bola har doim bir vaqtda uxlashi lozim. Tungi va
31
Do'stlaringiz bilan baham: |