Август 2020 10-қисм
Тошкент
O`SMIR SHAXSINING SHAKILLANISHIDA MULOQOT MUXIM IJTIMOIY
PSIXOLOGIK OMILI SIFATIDA
Sobirova Shodmonjon Sodikovna
UrDu “Pedagogika” va “Psixologiya” kafedrasi o`qituvchilari
Raximova E`tibor Rustamovna
Annotatsiya:
Maqolada o`smir shaxsining shakllanishida muloqotning ahamiyati, ota –
onalarning ma`suliyati, osmir muloqotining to`gri yo`naltira olishda nimalarga diqqat qaratish
muhumligi, o`smir shaxsining o`ziga hos hususiyatlari ko`rsatilgan.
Kalit so`zlar:
muloqot, o`smir, ota-ona, ijtimoiylashuv, diqqat, tarbiya, do`stlar, ehtiyoj,
hamkorlik, vazifa, shaxs.
Istiqlol tufayli o`z mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan Respublikamiz o`smir yoshlarini
yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor
vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning
taqdiri o`smir yoshlarning ma`naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog`liq. Bu vazifalarni
amalga oshirish insoniy o`zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to`la singdirishni
taqozo etadi. Insonlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o`ziga xos va har bir millat
psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda o`smirlarmuloqoti
va shaxslararo munosabatlari muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O`smirlarmuloqoti va
uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o`rgatishga
oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o`rganish ishbilarmonlik
faoliyatida asosiy o`rinni egallamoqda.
Muloqot faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga
nimanidir aytish istagi tug`iladi. Muloqot - odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan
kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir Muloqot (munosabat)
birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot ayirboshlashni o`z ichiga oladi. Bunda
munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo
tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o`zaro
birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham
ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora
bilan muloqotda bo`lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning birbirlarini
idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat
qilib yoki mensimasdan munosabatda bo`lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ
(axborot uzatish), interaktiv (o`zaro birgalikda harakat qilish) va pertseptiv (o`zaro birgalikda)
idrok etish amalga oshiriladi. Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o`rnatish malakalari
va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o`z “Meni”
atrofdagilar bilan bo`ladigan muloqot jarayonida shakllanadi,
O`smirlik davri o`zining inqirozli davrligi bilan boshqa yosh davrlariga nisbatan farq qiladi.
Bu davrda o`smirlar muloqotida qo`pollik, serzardalik, noshukurlik, jizzakilik kabi hususiyatlarni
ko`rish mumkin. Bu davr o`zining beqarorligi bilan birga o`smir ongida tub o`zgarishlar sabab
bo`lishiga, bazida o`smir bola tevarak atrofdagilarga nisbatan umuman befarq holatda ham o`z his
– tuyg`ularini namoyon qilishi mumkin. Aynan bu davrda ota –ona zimmasiga ulkan ma`suliyatli
ish yuklatiladi ya`ni o`smir bola bilan muloqotni tog`ri yo`lga qo`ya olish ma`suliyati.
O`smirning hayot yo`llari avval oilada, bog`cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida,
ya`ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Shunday ekan dastlabki muloqotni tog`ri yo`lga qo`yish
o`chog`i bu – oila hisoblanadi. O`smir shaxsiga tevarak atrofdagi do`stlari ham o`z ta`sirini
ko`rsata olishi yuqori hisoblanadi. Bunday vaziyatda o`smir oilasidan uzoqashib do`stlar davrasida
bo`lishni maqul ko`radi, do`stlarining fikriga tayanadi. Agar o`smir bola atrofidagi do`stlari
yaxshi fikr yurutuvchi odobli tengqurlar bo`lsa albatta yaxshi ammo do`stlarni notog`ri tanlash
ham o`smirlarning ijtimoiy hayotdagi o`rnini topishiga, shaxslararo muloqot mexanizmlarini
to`g`ri o`rnata olmasliklariga sababchi bo`lishi mimkin.
O`smir muloqoqtida bunday vaziyatda keskin o`zgarishlar kuzatilishi tabiiy shunday ekan
bu holatda ota – onalar o`z kuzatuvchanliklarini oshirishi shartdir. Negaki baribir o`smir
xarakteridagi nuqsonlarning paydo bo`lishi baribir ota – ona e`tiboriga borib taqaladi. O`smirning
302
Do'stlaringiz bilan baham: |