Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG`ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA QO`LLANADIGAN METODLAR
Ismoilova Sohiba Esonaliyevna
Farg`ona viloyati O`zbekiston tumani
14- maktabning boshlang`ich sinfo`qituvchisi
Telefon:+998916823073
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitishda foydalanadigan
metodlar haqida fikrlar yuritilgan. O`quvchilarni faol bo`lishga erkin fikrlashga zamin yaratadi.
Kalit so`zlar:
Faoliyat, metod, muammoli o`qitish, analiz- sintez metodi, induksiya,
deduksiya,suhbat, tahlil, ta’rif.
Boshlang`ich sinfda ona tili o`qitishda o`qituvchi va o`quvchi birgalikdagi faoliyatini tashkil
etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog`liq rivojlanib ,
yangilanib bormoqda.
Ona tili darslarida: Bayon qilish metodi, suhbat metodi, muammoli o`qitish metodi, analiz-
sintez metodi, induksiya , deduksiya metodlardan keng foydalaniladi. Yuqoridagi metodlardan
foydalanish ona tilini o`rganishda yaxshi samara beradi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida asosiy metodlardan biri bo`lgan. Bu metodda
o`qituvchi bayon qilishdan oldin o`quvchilarning o`rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini
aniqlab olgan bo`lib , bu o`quvchilar o`qituvchining bayonini kuzatibga , tinglab borishga , faol
bo`lishga undagan. O`qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning
xususiyatidan kelib chiqib, o`qituvchi o`z so`zlari bilan bayon qilib beradi. Boshlang`ich sinflarda
bayon qilish metodi o`quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3-5
daqiqaga mo`ljallanadi.
Suhbat metodi boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitishda keng qo`llanadigan metodlardan
biri. Bu metod savol- javob metodi deb ham yuritiladi. Suhbat metodi o`qituvchidan mavzuni
xususiyatini o`zida aks ettirgan o`quv materialni topishni, mavzuni muhum belgilarini aniqlash,
ularning farqli va o`xshash jihatlarni ajratish, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo`naltirilgan
savollar tuzishni, ularni o`quvchilarga izchil berib borishni talab qiladi.
Boshlang`ish sinflarda suhbat metodining muammoli o`qitish metodi sifatida qo`llanishi
ta’limda o`quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko`rsatadi. Bu metod o`quvchilarni ilmiy
tushunchalarni o`zlashtirishga yordam beradi. Shu bilan birga o`quvchilarni bilish qobilyatini
ham rivojlantiradi, ijodiy qobilyatini o`stirishga ham yordam beradi. Bunda suhbat davomida
o`qituvchi o`quvchilar oldiga biror muammo qo`yadi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi.
Muammolo vaziyatni o`quvchilar hal qila olmasligi mumkin, shu vaziyatda o`qituvchi muammoli
hal qiluvchi yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o`quvchi hal qila olmasa o`qituvchi hal
qiladi. Shuning uchun boshlang`ich sinfda yarim izlanish muammoli metod deb ham yuritiladi.
Suhbat metodi uzoq davom etsa, o`quvchilar charchab qoladi, bu esa o`zlashtirish darajasiga
susayadi.
Boshlang`ich ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o`rganilgan mavzuni
mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo`llaniladi. O`quvchilar o`qituvchining
topshirig`i bilan mustaqil ishlarni og`zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin
va ko`p vaqt olmasligi , o`quvchilar kuchi yetadigan qilib , muayyan vaqt ichida bajarishga
mo`ljallangan bo`lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1- sinfdan boshlash beriladi
va asta- sekin murakkablashtirilib boriladi. Bu metod orgali o`quvchilarning e’tobor bilan
kuzatishga kuzatuvchanlikka o`rgatadi.
Analitik- sintetik metodi savod o`rgatish davrida keng qo`llanadigan metodlardan biri. Aynan
bu metod boshlang`ich sinf o`qituvchilari eng ko`p qo`llaydi.Analiz-sintez metodida ham
o`quvchilarni faollashtirish o`qituvchining o`quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga,
ishni tashkil etish shakllariga bog`loq bo`ladi. Boshlang`ich sinfda induksiya va deduksiya
metodlari ham foydalanish yuqori natijalarga erishish mumkin. Induksiya metodi o`quvchilar
o`qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatiladi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta`riflar
keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodi o`quvchi tayyor qoida – ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til
dalillari asosida ochadi. Bu metodning samarasi o`quvchining teran fikrlashga o`rgatadi.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |