Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA‘LIM DARSLARIDA KO‘RGAZMALI QUROLLARDAN
FOYDALANISHNING ANAMIYATI
Bekjo‘rayeva Dilfuza Sulaymonovna
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 7-maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+99899 464 24 75
Annotatsiya:
ushbu maqola boshlang‘ich ta‘lim darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalan-
ishning afzalliklari va ulardan to‘g‘ri, samarali foydalanish yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ko‘rgazmali qurol, metod, o‘qish mashg‘ulotlari, Dobren, tarqatma material
Boshlang‘ich ta‘lim darslarida o‘quvchilarni yozish va o‘qishga o‘rgatishda ko‘rgazmali
qurollar judayam muhim ro‘l o‘ynaydi. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish metodi qadim
zamonlardan beri ishlatilib kelinayotgan eng qulay, samarali va tushunarli metod hisoblanadi.
Zero, ko‘rish orqali eshitishga nisbatan 5 marta ko‘proq va 13 marta ko‘proq taktik organlarga
nisbatan ko‘proq ma‘lumotlarni miyaga yetkazadi. Bu ma‘lumotlar tez, oson va mustahkam
o‘rnashib qoladi. Dars jarayonida ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan foydalanish
muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ularni tayyorlashni o‘rganish zarur. Bunda o‘qituvchidan
o‘z kasbini mutaxassisi, yuqori pedagogik malaka va ko‘nikma talab etadi.
Ko‘rgazmali metodlar o‘ziga xos tamoyillarga asoslanadi. Ko‘rgazmali qurollarning afzallik
tomoni shundaki, o‘quvchiga mavzuni so‘z bilan emas, namoyish bilan ko‘proq tez va oson
tushunib oladi va bola rang, shakl, tovush orqali tezroq tushunadi. Ko‘rgazmalilik faqat tomosha
emas, balki bilim olishning manbayi, izlanuvchanlikka o‘rgatuvchi omildir. Ko‘rgazmali
qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qay tarzda, qanday maqsadda foydalanish
o‘qituvchiga bog‘liq. O‘qituvchi ko‘rgazmali qurol tanlar ekan, albatta, avvalo, dars mavzusini
hisobga olishi kerak. Ikkinchidan, mavzu orqali o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga qanday vazifa
qo‘ymoqchi, maqsadi nima, bu mavzuni tushuntirishda ko‘rgazmali qurol qanday yordam berishi
mumkinligini hisobga olib tanlashi kerak. Ayniqsa, ko‘rgazmalarni o‘quvchilar bilan birga
tayyorlash samarali natija beradi.
ko‘rgazmali qurollardan foydalaning, ammo juda ko‘p emas, chunki bu o‘quvchi diqqatini
bo‘lib, charchatib, asosiysidan chalg‘itadi. Ko‘rgazmalilikni bolani yoshiga, nafosatililikka,
ilmiylikka mos kelishiga, hayot bilan bog‘liqliligiga e‘tibor berish kerak. Boshlang‘ich sinf
o‘quv materiallarining yaqqol, yorqin va jozibador bo‘lishi o‘quvchida beixtiyor his-tuyg‘ularni
uyg‘otadi. Irodaviy zo‘riqishsiz osongina fan asoslarini egallash imkonini yaratadi. O‘quv
materiallarining turli tumanligi ixtiyorsiz diqqatning to‘planishi, markazlashuvi va barqarorligiga
ijobiy ta‘sir etadi. Boshlang‘ich ta‘limni o‘qitishda ko‘rsatmaliliklardan keng foydalanish
maqsadga muvofiq. Bu tadbir birinchidan, o‘quvchilarning faolligini oshirsa, ikkinchidan,
materialni mantiqiy jihatdan o‘zlashtirishga, uni tahlil etishga yordam beradi. Ko‘rgazmali
qurollarni kerak bo‘lganda ishlatish kerak. Oldindan hammasini ochib qo‘yish o‘quvchini
diqqatini bo‘ladi va chalg‘itadi.
Birirnchi va ikkinchi sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning
barqaror emasligidadir. Shuning uchun ular diqqatlarini muayyan narsalarga qarata olmaydilar.
O‘qish mashg‘ulotlarida tutilib to‘xtab qolishi, tovushlarning tebranishi va ba‘zida harf, ibora
gaplar tushib qolishi mumkin. Shuning uchun mashg‘ulotlarda qisqa tanaffuslar o‘tkazib turish
maqsadga muvofiq. Professor N.F.Dobren: ‘’3-4-sinf o‘quvchilari o‘z diqqatini butun dars
davomida saqlab tura oladi. Lekin ular uchun ham qisqa tanaffuslar foydalidir. Shuningdek,
vaqti-vaqti bilan mashg‘ulotning turini almashtirib, suratni o‘zgartirib turish, amaliy va nazariy
ma‘lumotlarni qo‘shib olib borish lozim’’,-deydi.
Shunday qilib o‘quvchilarga ta‘lim berish jarayonida, bola shaxsining kamol topishida,
tarbiya jarayonida turli faoliyatning ahamiyati juda katta. Kichik maktab yoshi o‘quvchilariga
tashqi olamdagi narsa va hodisalarni turli faoliyat orqali, hamda o‘qituvchining harakatlariga
taqlid qilish asosida o‘quvchilar faoliyati shakllanib boradi. Bu faoliyatlarni shakllanishida
o‘qituvchining roli alohida ahamiyatga ega.
O‘quv jarayonida samardorligini ta‘minlashning yagona yo‘li ta‘lim oluvchining shaxsiy
faolligiga erishishdir. Buning uchun ta‘lim-tarbiya jarayonida, xususan, boshlang‘ich ta‘lim
227
Do'stlaringiz bilan baham: |