Kalit so’zlar.
Psixologiya, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kasbiy mahorat, ilg’or texnologiya,
kasbiy kompetensiyalar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy
dastuming eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ‘Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” deb nomlangan ma’ruzasida: ta’limning
yangi zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish...,
bu boradagi dolzarb vazifalami amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning
kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani... alohida ta’kidlab o’tildi.
0‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga
xos yо’lini tanlashi mutaxassislar tayyoriash tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishni
zarur qilib qo‘ydi va bir qator chora- tadbirlar ko’rishni, shu jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi
qonunni joriy etish, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, o‘quv- tarbiyaviy jarayonni,
ilg‘or o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim
muassalalarini tashkil etish hamda eng asosiysi «Kadrlar tayyoriash milliy dasturi» ni ishlab
chiqish va hayotga tadbiq etishni taqozo etdi.
O’qituvchi barkamol avlod taiim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs boiib, nafaqat ma’naviy-
axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o’mak bo’lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini
ham namoyon eta olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida malakali kadrlami tayyoriash ishiga o‘zining
munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahoratga ega bo’lish, o‘qituvchi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi
zamin bo’libgina qolmasdan, ayni vaqtda, uning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini ham oshiradi,
o‘quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yolida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogic faoliyatga
qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo’lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar
bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or texnologiya va innovatsiyalar shiddat bilan kirib kelmoqda.
Lekin o’qituvchilar bu yangiliklarni aksariyat hollarda o’z faoliyatida qo’llay olmayaptilar. Chunki
o’qituvchilarning asosiy qismi ta’limdagi innovatsion jarayonlarga tayyor emas. Shu sababli
o’qituvchilarni qayta tayyoriash va malakasini oshirish, ularga ko’rsatiladigan metodik xizmatni
yangicha, ijodiy yondashib tashqil qilish ta’lim tizimining amaliy ehtiyojini ta’minlovchi asosiy
vositaga aylanmoqda. O’qituvchilaming pedagogik faoliyatini yangilash, innovatsion faoliyatga
yo’naltirish, ta’lim jarayoniga innovatsiyalami kiritishga tayyoriash zarurati paydo bo’lmoqda.
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining kasbiy kompetensiyalari taxlili
Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar
144
Do'stlaringiz bilan baham: |