qadamlardan
foydalanish
uchinchi tamoyilni tashkil qiladi. Bu talabning bajarilishi dastur materialini barchaga tushunarli
bo‘lishini ta’minlaydi. Qadamlar bo‘yicha o‘qitish-o‘quv dasturi materiallarini alohida, mustaqil
va o‘zaro bog‘liq, axborotlar sig‘imi jihatdan eng maqbul qismlarga ajratishni anglatadi. Bunda
o‘quvchilarga bir qismdan ikkinchisiga o‘tish uchun tavsiyalar ham berilib, ularningn to‘la
o‘zlashtirilishini e’tiborga olinadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qaytuvchan aloqalarning axborot sig‘imi
va bilishga oid harakatlarning bajarilish qoidalari, o‘rgatuvchi dasturning qadamini tashkil qiladi.
O‘quvchining o‘zlashtirish (siljish) troyektoriyasini maqbullashtirish deganda, bilish faoliyati
o‘quvchining o‘zlashtirish imkoniyatlari - u duchor bo‘ladigan qiyinchilik va hatoliklarni bartaraf
qilishga mos holda o‘zgarishi tushuniladi. Bular maxsus texnik qurilmalar yordamida amalga
oshiriladi. Bunday vositalar har bir o‘quvchi uchun eng maqbul o‘qish rejimini izlab topish va
uni saqlab turish bo‘yicha tuzilgan dastur asosida ishlaydi.
Bilimlarni tabaqalashgan holda mustahkamlash qoidasi xar bir o‘quv qadami (birligi) turli
xil mazmun va jihatlarda takrorlanadi hamda, puxta o‘ylab tanlangan bir necha misollarda
ko‘rsatiladi.7. Topshiriqlarni asta-sekin qiyinlashib borishi. Bu tamoyil tushuntirishda
didaktikaning osondan-qiyinga, soddadan-murakkabga tomon yurish tamoyiliga muvofiqdir.
Yuqoridagi tamoyillar pedagogik texnologiyani didaktik tizim sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini
136
Август 2020 10-қисм
Тошкент
belgilaydi. Lekin, ular o‘quv jarayonini tashkil etishga oid barcha talablarni o‘zida aks ettiradi,
deb bo‘lmaydi. Pedagogik texnologiyada xususiy xol sifatida an’anaviy o‘qitishdan hamda
didaktikaning barcha tamoyillaridan ham foydalaniladi (onglilik va faollik, ko‘rgazmalilik,
nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi, o‘qitishda uzviylik va ketma-ketlik, o‘qitishni tushunarli
va bilimlarning puxta bo‘lishi). Pedagogik texnologiya tamoyillari va umumdidaktik tamoyillar
bir-birini to‘ldiradi va boyitadi.
fOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Farberman B.L. Progressivnыye pedagogicheskiye texnologii. T.:IPVSSSh. 1999. -84 s.
2. Farberman B.L., Asomov D.K. Pedagogik testlar va o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va
baholashning reyting usuli. T.: RO’UI. 1995. -102 b.
3. Mixaylыchev Ye.A., Norov Sh.K. Didakticheskiye testi v sisteme mnogo etapnogo kontro
-
lya znaniy studentov Buxara. Bux.TIPLP. 1995.-36 s.
4. Farberman B.L. Didaktik talablar. // Ma’rifat. 1995. 21 iyun.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |