Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko`ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo`lgan "Avesto" ya'ni "hayot yo`riqnomasi" (asli "Ovasta") da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug`orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo`rin so`ymaslik, unga zug`um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi II ming yillik oxiri - I ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi). Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo`lib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo, Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo`lgan "Avesto"ning to`liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va o`zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim bo`laklari "San'at", "O`zbek tili", "Fan va turmush" jurnallarida e'lon qilindi. Zoroastrizmning asosiy g`oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan Yaxshilik va Yorug`lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan Yovuzlik va qorong`ilik (xudosi Anxra Manu) kuchlari o`rtasidagi kurashdir. Inson xo`jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog`liq deb uqtiriladi, ammo, insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan bo`lib, u Yaxshilik yoki Yomonlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi. Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g`oya, yaxshi so`z va yaxshi ishlar bilan bog`langan bo`lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko`paytirish yerug dunyodagi yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli "Avesto" matnlarida natural-xo`jalik faoliyati keng targ`ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas. Avestoda "O`z hayoti davomida go`zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo`lida xizmat qilgan odam porso va haqgo`y, pok va adolatli 20 bo`lib, mehmonlarni beg`araz kutgan. Xotinini sevib, yerni, mollarni parva-rish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko`z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas rohat va farog`atga burkanadi" deb yoziladi. Ko`chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo`lgan mollar sonini saqlash qo`llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g`oya ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli.
Do'stlaringiz bilan baham: |