yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g`oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo`yicha muhim fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun to`plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to`plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan (Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda saqlanyapti). Nusxasini BMT binosidagi muzeyda ham ko`rish mumkin. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg`u berilgan. Buning uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, yemxashak bilan ta'minlash eng yaxshi faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan bo`lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o`g`irlash yoki tortib olish, turar joylarni xonavayron qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g`alabasiga olib keladi. Ana shu qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo`ylab erkin harakat qilishga va'da beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu "erkin harakat" ta'minoti muhimdir, aks holda o`zaro to`qnashuv va urushlar ro`y bergan. Ma'lum qonun-qoidalarga bo`ysunish kuchli hokimiyat va mo`'tadillik bilan bog`liq edi. O`zaro shartnomalarga bekamu ko`st amal qilish zarurligi, ayniqsa o`zaro moddiy yordam berish kerakligi targ`ib etiladi. Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug` jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo bo`lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo`lgan. Aholi ko`proq yarim ko`chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik yetakchi edi. Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo`lib, uningcha yerdan shunday joyni topish yoki yaratish kerakki, u yerda ko`p ovqat pishirilishi, doim katta bo`lak go`sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava g`ildiraklari jarangi chiqishi, qamchilar doim ko`tarilib, ovozi chiqib turishi, odamlar jag`i tinmaydigan (ovqat yeyishda), ziravorlar yetarlicha yashirib qo`yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalarni istakka qarab, ko`p miqdorda saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |