Baqtriya - Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o`lkalar va mamlakatlar orasida to`rtinchi bo`lib go`zal va bayroqlari baland ko`tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar podsholarining mixxatlarida va bo`rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Persepol shahridagi saroy devorlarida bo`rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko`targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan.
- Avesto va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlari bu munozaralarning asosini tashkil etadi. Undan tashqari, o‘tgan asrning 50-60 - yillaridan boshlab bugunga qadar olib borilgan arxeolgik tadqiqotlar natijalari ham Xorazm davlatchiligi tarixi bo‘yicha boy materiallar berdi.
- Avvalo so‘ngi yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan (X.Matyakubov) xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Xorazm mil.avv IV-III m.y. dayoq O‘rta Sharqning qadimgi sivilizatsiyalar olami bilan uzoq Shimolni bevosita bog‘lovchi xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari qadimgi Xorazm yerlarini o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan, Shimol va Janubdan ta’sir qabul qilib, yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan qabilalar madaniyati edi.
- “Avesto” kitobidagi va boshqa ma’lumotlarga ko’ra, qadimda, taxminan bundan 3–3,5 ming yil muqaddam O’rta Osiyo jamiyati alohida yirik oilalardan tashkil topgan ekan. Urug’ jamoasi (vis) yerga egalik qilgan, bir nechta bir–biriga yaqin bo’lgan urug’lar qabilaga birlashgan. Nisbatan yirik qabilalar esa muayyan hududda birgalashib yashaganlar. Bu birlashma daxyo degan nom olgan. Viloyat boshlig’i daxyopati deb atalgan. Ana shu uyushma dastavval harbiy–siyosiy birlashma sifatida paydo bo’lgan. Ular o’zi yashagan hududni mudofaa qilgan, sug’orish ishlarini uyushtirgan va boshqarib borgan. qabila boshliqlari vaqti vaqtida to’planib, kengashib turishgan Bular dastlabki davlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |