- Yangi ma'lumotlarga ko`ra, O`rta Osiyo hudularidan topilgan piktografik belgi-yozuvlar bronza davriga oid bo`lsa-da, ular hozircha kam sonli bo`lib, qadimgi jamiyat haqida to`liq ma'lumotlar bera olmaydi. Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid ayrim kam sonli topilmalar hanv (Xorazm, sak yozuvlari) to`liq emas. O`rta Osiyo hududlaridan milloddan avval III-II asriarga oid ko`plab tanga pullar topilganki, ular qadimgi tarixni o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari to o`rta asrlarga qadar yetib kelgan ko`p sonli yozma manbalar ma'lumot!ari hara muhimdir.
- O`rta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar - zardo`shtiylarning rnuqaddas diniy kitobi "Avesio", ahmoniylar dayri raixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari hisobianib, ularning barchasi yurtimizdan chetda bitilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |