Test turlari va test tuzishga qo’yiladigan pedagogik talablar.
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini, sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlami belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. U inglizcha “test” so‘zidan olingan boiib, sinov, sinash, namuna olish ma’nolarini bildiradi. “Test” tushunchasi texnika, biologiya, meditsina va ximiya sohalarida ham qoilaniladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ma’lum vaqt oralig'ida, topshiriqlami bajarish misolida ma’lum jamoa, guruh va ayrim shaxslaming ahvoli qiyosiy o‘rganiladi. Testlar amaliy psixologiyada ham keng qoilaniladi. Xuddi shu sohada uning metodik kriteriyalari ishlab chiqilib, testni o‘tkazishda qayta ishlash konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir: 1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; 2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi; 3) bir vaqtda ko‘p sonli о‘quvchi-talabalar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi; 4) bilim natijalarining o'qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; 5) barcha o'quvchi-talabalarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi. Test metodi. Ushbu metod o'quvchi-talabalar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o'z mohiyatiga ko'ra quyidagi savollardan iborat: 1) ochiq turdagi savollar (o'quvchi-talabalaming erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar); 2) yopiq turdagi savollar (o'quvchi-talabalar “ha”, “yo‘q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 31 3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (o‘quvchi-talabalar o‘z yondoshuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob vanantini belgilaydilar). Test metodini qoTlashda aniqlanishi zarur boTgan bilim, ko‘nikma va malakalami turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi о‘quvchi-talabalar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, chuqur o‘ylanib tuzilgan topshinqlar asosida tajribada bir necha bor sinab ko‘rilganligi tufayli qisqa vaqt ichida ob’ektiv natijalar olish mumkin. Biroq, ushbu metod ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, o'quvchi-talaba taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois о‘quvchi-talaba o‘z fikrini batafsil ifoda etish lmkoniyatiga ega emas. Odatda barcha tekshiruvchilar tomonidan amalga oshirilgan nazorat shakli va metodlari ham test metodiga kiradi. Nazoratning test metodi ilmiy asoslarga qurilgan bo‘lib, u ma’lum talab va qonun-qoidalar zamirida olib boriladi. Test metodi pedagogik diagnostika metodlari orasida eng qulayi hisoblanib, bu metod har jihatdan sifatli ma’lumot berishi bilan ajralib turadi. Test, asosan, psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Test sinovi muntazam takomillashib boradi. Masalan, nemis olimi Linner “Test shaxsning turli holatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatlarini aniqlovchi metoddir”, deb ta’nflaydi. Test metodi chinakamiga pedagogik diagnostika metodi bo‘lib, u o‘quv jarayonining pirovard natijasini ob’ektiv aniqlab berishga qodir mezon hisoblanadi. U doimo tahlil asosiga qurilib, aynan, shu xususiyatiga ko‘ra, pedagogik jarayon natijalarining takomillashib bonshiga yordam beradi. Yuqorida bayon etilgamdek, test ham baholash, ham pedagogik diagnostika hisoblanadi. 0 ‘quvchi-talabalar bilimini bu usulda baholash chet davlatlarda 1930- yilda boshlangan boTib, keyingi vaqtlarda, mustaqillik yillarida u bizning ta’lim jarayonimizda ham keng qo‘llanilmoqda va hozirgi davrda o‘quvchi-talabalar bilimini baholashda asosiy mezon sifatida qaralmoqda, foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |