Аудиторское заключение


-MAVZU: AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA FIRIBGARLIKNI ANIQLASH



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana01.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#876442
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
Àóäèòîðñêîå çàêëþ÷åíèå

7-MAVZU:
AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA FIRIBGARLIKNI ANIQLASH 
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR 
Masala.
«TOYOTA» kontserni “KPMG” auditorlik kompaniyasiga tekshiruv 
o‘tkazib berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik kompaniyasi bilan 
shartnomaning buzilish sababi auditorlik xulosasining o‘z vaqtida taqdim 
qilinmaganligidir. 
«TOYOTA» kontsernining ikkita bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi 
bosh ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo‘lim korxona va tashkilotlarga isitish 
va sovitish sistemasini o‘rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga 
binoan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi bo‘linma bosh ofisdan 25 km 
uzoqda joylashgan bo‘lib, elektr buyumlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 
Ikkala bo‘limda ham buxgalter mavjud bo‘lib, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobot alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. 
Oxirga yillarda birinchi bo‘lim daromadli bo‘lib, ikkinchi bo‘limda rentabellik 
pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo‘limni sotib yuborish uchun xaridor 
izlamoqda. Birinchi bo‘limning menedjerlari yuqori malakali bo‘lib, ishni to‘g‘ri 
tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aksiyalar kursini ko‘tarish maqsadida 
tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan. 
Talab qilinadi:
1.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditori ushbu vaziyatni baholash uchun 
qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim. 
2.
Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang. 
Masala. 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi 
buxgalteriya hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati tugaganligi 
munosabati bilan ularning bir qismini yo‘q qilishni rejalashtirayotganligi aniqlandi. 
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlaridan korxona mijoz-korxona buxgalterlari 
tomonidan bu borada quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi: 
“Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi: qog‘ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi 
yoki ularni yo‘q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo‘q qilish mumkin? Bunday 
holda yo‘q qilish dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo‘ladi va kim 


32 
tomonidan tasdiqlanadi?” 
Talab qilinadi:
1.
“KPMG” 
auditorlik 
kompaniyasi 
auditorlari 
tomonidan 
korxona 
buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish 
ishlari amalga oshirilishi lozim?
2.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlari ushbu vaziyatni baholash uchun 
qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
Masala. 
“Ernst and Young” auditorlik kompaniyasi mijozi “Nike” 
kompaniyasi quyidagi keltirilgan muammoni hal etish bo‘yicha auditorlarga murojaat 
etdi. Kompaniyada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi 3 ta ma’muriy xodim mavjud 
va bu xodimlar quyidagi funksiyalarni bajarishlari lozim: 
1. Bosh kitobni yuritish. 
2. To‘lanadigan schotlar registrlarini yuritish. 
3. Cheklarni imzolashga tayyorlash. 
4. To‘lov jurnalini yuritish. 
5. Bankdagi schetlarni nazorat qilish. 
6. Pul tushumlarini yig‘ish va ularni bankdagi hisob-kitob schetiga o‘tkazish. 
Talab qilinadi: 
1. Keltirilgan muammo shundan iboratki yuqorida keltirib o‘tilgan xodimlar 
bo‘yicha bajariladigan funksiyalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganidadir. Siz ushbu 
funksiyalarini xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanganki, natijada kompaniyada 
ichki nazorat yuqori darajada tashkil etilsin. 
2. Har bir funksiyani bajaruvchi xodimlarni lavozimi bo‘yicha ajratib chiqing. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish