1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«AUDIT» KAFEDRASI
«AUDIT»
fanidan bakalav ta’lim yo’nalishlari uchun
vaziyatli masalalar
Toshkent-2022
Bilim sohasi:
200 000
- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq.
Ta’lim sohasi:
230 000
- Iqtisod.
Ta’lim yo’nalishlari:
5230900
5230600
5230700
5230800
5231200
5231300
5231500
5232000
5232100
5232700
5232800
-Buxgalteriya hisobi va audit (real sektor bo’yicha)
- Moliya;
- Bank ishi;
- Soliqlar va soliqqa tortish;
- Sug’urta ishi;
- Pensiya ishi;
- Baholash ishi;
- Davlat byudjetining g’azna ijrosi;
- Korporativ moliya
- Investision loyhalarni moliyalashtirish,
- Elektron tijorat
yo`nalishlarida
3
KIRISH
“Audit” fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun mazkur uslubiy qo’llanma
bakalavriatning
buxgalteriya hisobi va audit, moliya, bank ishi, soliqlar va soliqqa
tortish va boshqa yo’nalishlari uchun mo’ljallangan. Mazkur amaliy mashg’ulotlar
o’quv qo’llanma xalqaro auditorlik standartlariga asoslangan holda yaratilgan.
Uslubiy qo’llanma o’n beshta mavzudan iborat bo’lgan amaliy mashg’ulotlarni
o’z ichiga qamrab olib, har bir mavzu bo’yicha muammoli vaziyatlar, ushbu mavzuga
oid asosiy , tayanch so’z
va iboralar, masalalar va takrorlash uchun savollardan
iborat. Bu o’z navbatida amaliy mashg’ulot darslarini amaliy ma’lumotlar asosida,
muhokama va munozara hamda amaliyotdagi muammoli vaziyatlar asosida dars
jarayonini tashkil etishga imkoniyat yaratadi.
Mazkur uslubiy qo’llanma mavzulari auditni tashkil etish jarayoni, auditorning
huquq
va majburiyatlari, auditorning ahloqiy me’yorlari va buxgalteriya hisobi
hamda moliyaviy hisobotni haqqoniyligini aniqlash maqsadida hisob ishlarining
barcha bo’limlarini tekshirish masalalarini o’z ichiga olgan.
Shuningdek unda
auditorlik tekshiruvining barcha yo’nalishlari bo’yicha maqsad va vazifalar to’g’ri
aniqlangan. Har bir bo’limni bajarilishi bo’yicha topshiriqlar va ko’rsatmalar
berilgan.
Uslubiy qo’llanmaning o’rganilishi o’z navbatida auditorlik jarayonining ketma-
ketlik asosida bajariladigan ishlarini, ya’ni uni rejalashtirishdan toki
auditorlik
hisobot tuzish va auditorlik xulosani rasmiylashtirishgacha bo’lgan auditorlik
amallarini bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, auditorning tekshiruv
o’tkazish texnikasi va usuli bo’yicha olgan bilimlarini
yanada kengaytiradi va
chuqurlashtiradi.
Mazkur qo’llanma orqali talabalar o’z-o’zini mustaqil nazorat qilishi, auditorlik
faoliyatida muammoli holatlarda qanday yo’l tutish lozimligi, talabalar bilimlarini
joriy nazoratdan o’tkazishda foydalanilishlari mumkin.
Shuningdek, mazkur o’quv
qo’llanmada korxonaning moliyaviy hisoboti, auditorning hisobot va xulosasidan
namunalar va tegishli ilovalar keltirilgan. Bu o’z navbatida
talabalarga mustaqil