“Zebo-Biznes” MCHJda auditni rejalashtirishni auditorlik tashkiloti auditni o'tkazishning umumiy qoidalariga, shuningdek quyidagi xususiy qoidalarga muvofiq o'tkazishi zarur, ya’ni:
Auditni rejalashtirishning kompleksliligi qoidasi birlamchi rejalashtirishdan boshlab, auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar rejalashtirish barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘langan va uyg‘un bo’lishi ta’minlanishini taqozo etadi. Auditni rejalashtirishning uzluksizligi qoidasi auditorlar guruhiga o‘zaro bog'langan topshiriqlami belgilash va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda xo‘jalik yurituvchi turdosh subyektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo`linmalar, filiallar, vakolatxonalar, shuba jamiyatlar) bo‘yicha balansda o‘z ifodasini topadi.
2-jadval Auditni rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlami ajratishi lozim:
• dastlabki rejalashtirish;
• auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
• audit dasturini tayyorlash va tuzish
• auditni dastlabki rejalashtirish mazmuni.
Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o‘tkazish bilan bog‘liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi zarur..
“Zebo-Biznes” MCHJ va auditor o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvini belgilovchi qo‘shimcha hujjat bo‘lib, audit o‘tkazishga rozilik berish to‘g ‘risidagi va auditor tomonidan o‘z mijoziga yo‘llangan xati hisoblanadi (ushbu hujjatdan oldin mijozning tegishli rasmiy taklifi mavjud ekanligi nazarda tutiladi).
Auditor va “Zebo-Biznes” MCHJ o‘rtasidagi bir marotaba bo‘ladigan kelishuvlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi rozilik xati tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma o‘mini bosishi mumkin. Bunda auditor tomonidan taklif etgan tekshiruv shartlariga mijoz yozma ravishda rozilik bildirishi lozim. Mijozga yo‘llangan auditor (auditorlik firmasijning majburiyat-xati audit oltkazishga roziligini yoki ayrim korxonalar va tashkilotlar (banklar, jamg'armalar, sug‘urta kompaniyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlar va boshqalar) uchun qonunchilikda ko‘zda tutilgan rasmiy auditorlami taklif etilishini tan olganligini tasdiqlaydi.
Auditorlik tekshiruvi boshlanishdan oldin mijozga xat yo`llanishi mijozni ham auditorni ham manfaatlariga mos keladi, chunki bu auditorlik tekshiruvi yakunlangandan keyin ikki tarafning majburiyatlariga oid ko‘plab anglashilmovchiliklami oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi xatda quyidagilar ko'rsatiladi:
• audit o‘tkazilishining zarurati;
• korxonada buxgalteriya hisobi ishonchliligi va nazorat samaradorliligini aniqlash uchun test tekshiruvlarini o‘tkazish hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asoslanganliligi, aniqliligi va ishonchliligi, qabul qilingan hisob tartibi amaldagi qonunchilikka muvofiqliligini aniqlash maqsadida ma’lum muolajalarni amalga oshirish zarurligi.
Audit o‘tkazish to‘g‘risida rozilik berilgan xatda auditor va mijoz javobgarligi belgilanadi. Auditor javobgarligi deb amaldagi qonunchilikka va tomonlar kelishuviga muvofiq auditoming ma’naviy va m oddiy javobgarligi tushuniladi. Auditor moliyaviy hisobotga oid o‘z xulosasi bo'yichajavobgardir.
Mijoz javobgarligi deb, auditorlik tekshiruvi uchun moliyaviy hisobni tashkil etuvchi, amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga muvofiq mavjud bo'lgan ma’Iumotni to‘liq taqdim etishi va auditorlik xulosasidan maqsadga muvofiq foydalanishi tushuniladi.