Uzoq muddatli aktivlar hisobi va auditi “Zebo-Biznes” MCHJda uzoq muddatli aktivlar bo`limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o`rnatiladigan uskunalar, kapital qo`yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak.
Uzoq muddatli aktivlar- subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlari. Investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo`lmagan aktivlar.
Uzoq muddatli aktivlar quyidagi ijobiy xususiyatlar bilan tasniflanadi:
a) ular inflatsiya bilan bog`liq yo`qotishlardan kam zarar ko`radi va undan yaxshi himoyalangan;
b) korxonaning operatsiya faoliyati jarayonida ular tijorat tavakkalchiligi bilan bog`liq yo`qotishlardan kamroq zarar ko`radi;
v) bu aktivlar tovar bozorlaridagi konyunktura holatiga mos ravishda turli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlab, foydani o`stirishga sharoit tug`diradi;
g) tovar-moddiy zaxiralarni saqlash orqali ularni yo`qotishlardan himoyalashga imkon yaratadi;
d) tovar bozorlari konyunkturasida ijobiy o`zgarishlar yuz berganda ular operatsiya faoliyatni kengaytirish zaxiralariga ega.
Shu bilan birga uzoq muddatli aktivlarga xos bo`lgan bir qator salbiy xususiyatlar ham mavjud:
a) ularga xos ma’naviy eskirish ta’sirida, ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilmasdan turib o`z bozor qiymatini yo`qotishi va zamon talablariga mos kelmay qolishi mumkin;
b) bu aktivlarni qisqa muddatli oraliqda operativ boshqarish samaradorligi pastdir, bozor konyunkturasidaga salbiy o`zgarishlar ta’sirida bu aktivlarni tezda o`zgartirish va yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirish imkoni cheklangan;
v) bu aktivlarning ko`p qismi past likvidli aktivlar sirasiga kiritiladi va zarur paytlarda korxona majburiyatlari bo`yicha to`lovlar uchun pul mablag`lariga aylantirish tezligi pastdir.
Ularga quyidagilar kiradi:
Asosiy vositalar — ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, har bir donasining narxi sotib olish paytida eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuqori bo`lgan, kelgusida korxona iqtisodiy naf keltiradigan aktivlar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ular asta-sekin eskirib boradi.
Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirish, bino va inshootlar, asbob va uskunalar, hisoblash texnikasi, ofis mebeli, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va boshqalar kiradi.
Nomoddiy aktivlar — moddiy ko`rinish va shaklga ega bo`lmagan biroq ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, hisobda boshlang`ich bahosiga ega bo`lgan va ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradigan aktivlarga aytiladi.
“Zebo-Biznes” MCHJda asosiy vositalar auditining bosh maqsadi - korxona egaligida bo'lgan korxona faoliyatida bir yildan ortiq foydalaniladigan va qayta sotish uchun mo'ijallarunagan moddiy va nomoddiy aktivlar harakati va ular bo'yicha amortizatsiya ajratmalari to'g'ri hisoblanganiga va balans, hamda moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotlarda BHMS talablariga mos aks ettirilganiga ishonch hosil qilishdan iborat.
Auditoming vazifalari quyidagilardan iborat:
- asosiy vositalar harakati va ular bo'yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashga nisbatan samarali ichki nazorat tizimining tashkil etilganligini tekshirish va uning sifatini baholash;
- buxgalteriya tizimi ma'lumotlari va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan asosiy vositalar va haqiqatdan ham mavjud va ular bo'yicha hisoblashishlar haqiqatdan ham ro'y berganligiga ishonch hosil qilish;
- asosiy vositalaming barchasi to'liq hisobga olinganligini tekshirish;
- asosiy vositalar harakati va ular bo'yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda arifmetik amallar to'g'ri bajarilganligini o'rganish;
- balans hisobotida asosiy vositalar haqiqiy qiymatida aks ettirilganligini baholash;
-balans hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'ri guruhlashtirilganligiga va agar zarurat bo'lsa, ular bo'yicha zaruriy qo'shimcha ma'lumotIar i1ovalarda to'liq va to'g'ri keltirilganligiga ishonch hosil qilish.
Qanday shakl qo'llanishiga qaramasdan ular dastlabki hisob hujjatlari quyidagi umumlashtirilgan idoralararo shakllarida rasmiylashtirishi lozimligini unutmaslik kerak: