2-misol. Mijoz korxonada auditorlik riski yuqori. Bunda ham auditorlik risklar maqbul to’plamining eng yuqori chegarasi 5% ga teng deb olingan. Ichki xo’jalik riski (IR) 90% ga teng deb baholangan. Chunki bu korxona auditor uchun yangi mijoz bo’lib, uning faoliyat sohasi xorijiy investitsiyalarga asoslangan yuqori texnologiyalar bilan tavsiflanadi. Nazorat vositalarining riski (CR) esa 80% ga teng deb baholangan. Chunki dastlabki test sinovlari va kuzatish natijalariga ko’ra ichki nazorat tizimining kuchsizligi, korxona rahbarining yakkahokimlik uslubida ish yuritishi hamda auditorlarga tazyiq o’tkazishi aniqlangan. Bunda aniqlanmaslik riski (DR) qo’yidagicha:

Bu misolda mohiyatan o’tkaziladigan tekshiruv (test) lardan kutilayotgan ishonchlilik darajasi 93,1% ga teng (100,0%-6,9%). Demak, auditor tanlash ko’lamini kengaytirishi zarur.
Ichki xo’jalik riski va nazorat vositalari riskining turli kombinatsiyalari bilan aniqlanmaslik riski o’rtasida o’zaro teskari bog’liqlik mavjud.
. Muhimlik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o’zaro bog’liqligi.
. Muhimlik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o’zaro bog’liqligi.
Auditor auditni rejalashtirishda moliyaviy hisobotda muhim chalkashliklarga olib keladigan faktlarni hisobga olishi lozim. U muhimlik darajasining qanday ko’rsatkichini qabul qilishini va buxgalteriya schetlaridagi qoldiqlar hamda oborotlarning hususiyatlarini tahlil qilish asosida moliyaviy hisobotning qaysi moddalarini maxsus e’tibor bilan o’rganishini va qanday hollarda auditorlik tanlash (tanlab tekshirish) usullari hamda tahliliy amallarni qo’l-lagan holda umumiy auditorlik riskini maqbul bo’lgan dara-jagacha pasaytirishni hal etishi lozim.
Auditor tanlagan muhimlik darajasi va auditorlik riski (auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdagi tavakkalchilik xavf-xatari-D.R.) o’rtasida teskari bog’liqlik mavjudligini e’tiborga olishi lozim. Auditorlik tekshiruvlar haj-mi va muddatlarini aniqlashda ushbu teskari bog’liqlik inobatga olinishi kerak. Demak, auditor muhimlik darajasini pasaytirishni lozim topsa, uning auditorlik riski (tavakkalchilik xavf-xatari) oshadi va aksincha. Bu bog’liqlikni batafsilroq quyidagicha bayon qilish mumkin:
a) muhimlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha past bo’ladi;
b) muhimlik darajasi qancha past bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha yuqori bo’ladi.