Auditning texnologiyasi. Firibgorlik va xato Режа: - Режа:
- 1. Muhimlilik tushunchasi, darajasini aniqlash va audit o`tkazishda qo`llash.
- 2. Auditorlik risk tushunchasi, risklarning maqbul to`plami, uning elementlari va ularni baholash
- 3. Auditda xavf darajasi va auditorlik riskning o`z-aro aloqasi
Muhimlilik tushunchasi, darajasini aniqlash va audit o`tkazishda qo`llash - Muhimlilik tushunchasi, darajasini aniqlash va audit o`tkazishda qo`llash
- O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida (yangi tahrirdagi) auditorlik faoliyati «...tadbirkorlik faoliyati...» ekanligi ta’kidlangan (2-modda). Demak, bu faoliyat auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv ob’ektlarini to’liq (100%) qamrab olaolmaydi. Natijada, moliyaviy hisobot ko’rsatkich-larining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. Shu boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud bo’la-di. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning ta’minlanishi ma’lum darajadagi muhimlik va risk (tavakkalchilik xavf-xatarlari –D. R.) bilan bog’liq va ularni to’g’ri baholashni talab etadi.
Muhimlik tushunchasi auditga oid manbaalar (ilmiy asarlar, o’quv adabiyotlari, standartlar va b.)da umumiy negizga asoslangan holda turlicha ta’riflangan. Masalan, professor M. M. To’laxo’jaeva ta’rifiga ko’ra, «Hisobotdagi foyda-lanuvchilarni qarorlar qabul qilishda chalg’itishi mumkin bo’lgan, oqibatda befoyda moliyaviy sarf-xarajatlar, nobudgarchilikka va zararlarga olib keladigan xato va tushirib qoldirishlar muhim, muhim (moddiy) hisoblanadi»(17. 107-b.). Umumiy auditorlik amaliyotida muhimlik chegaralarini quyidagicha belgilash qabul qilingan: - Muhimlik tushunchasi auditga oid manbaalar (ilmiy asarlar, o’quv adabiyotlari, standartlar va b.)da umumiy negizga asoslangan holda turlicha ta’riflangan. Masalan, professor M. M. To’laxo’jaeva ta’rifiga ko’ra, «Hisobotdagi foyda-lanuvchilarni qarorlar qabul qilishda chalg’itishi mumkin bo’lgan, oqibatda befoyda moliyaviy sarf-xarajatlar, nobudgarchilikka va zararlarga olib keladigan xato va tushirib qoldirishlar muhim, muhim (moddiy) hisoblanadi»(17. 107-b.). Umumiy auditorlik amaliyotida muhimlik chegaralarini quyidagicha belgilash qabul qilingan:
- 0 < J < 1 (yoki foiz hisobida 0< J% <100)
- Ushbu chegara oralig’idagi ehtimollik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsata-digan xatolar mavjudligini aniqlash, tegishli auditorlik qarorlarini qabul qilish uchun ushbu xatolarni baholash mumkinligi(yoki mumkin emasligi)ni ifodalaydi. Bu muhimlikni sifat jihatdan tavsiflaydigan tarkibiy qism-dir. Muhimlikning miqdoriy jihatini tavsiflaydigan tarkibiy qismi esa uning ma’lum darajalari orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |