3.AUDITNI STRATEGIK HUJJATLASHTIRISH Mijozning pul mablag'lari bo'yicha hisoboti va bankning shu mijoz hisobraqami bo'yicha hisobotining auditor tomonidan taqqoslanishida tuzilgan hujjat, korxona schyotlari tahliliga oid hujjatlar, mijoz ichki nazorat lizimining blok — sxema ko'rinishida tasvirlanishi, korxona debitor va kreditorlaridan olingan tasdiqlov xatlari, savolnomalar kabi hujjatlaming barchasi audit ishchi qog'ozlariga misol bo'la oladi. Ushbu misoldan ko'rinib turibdiki, audit ishchi qog'ozlari keng qamrovli tushuncha. Ishchi qog'ozlaming audit firmasi partnyori uchun ahamiyati liam nihoyatda katta. Ma’lumki, auditorlik xulosasi audit firmasi tomonidan tuziladi va partnyor tomonidan imzolanadi. Ammo audit tekshiruvining barcha bosqichlarini bevosita partnyoming o'zi olib bormaydi.
Partnyorning tekshiruv yakunida moliyaviy hisobotlar yuzasidan fikri aynan shu ishchi qog'ozlarga asoslangan holda shakllanadi. Shu sabab, ishchi qog'ozlarda partnyorda mohyaviy hisobotlarga nisbatan o 'z professional fikrini bayon etishi uchun lozim bo'lgan barcha ma’lumotlar ko'rsatilishi kerak. Ba’zi auditorlik firmaiari o'zlarining yangi xodimlarini firmaning ishchi qog‘ozlami tayyorlash ≪uslubiyatini≫ o'rganishlari uchun maxsus kurslar tashkil efadilar. Albatta, ishchi qog'ozlaming yagona shakli yo'q.
Chunki auditorlar yangi mijozga xizmat ko'rsatganda awalgi mijozdan mutlaqo farqlanuvchi operatsiyalar, buxgalteriya yozuvlari va ichki nazorat tizimiga duch keladilar. Bundan, auditor har bir lekshiruvda aynan shu tekshiruv uchun mos keluvchi ishchi qog‘ ozlarni ishlab chiqishi lozim degan xulosa kelib chiqadi. Audit ishchi qog‘ozlari auditor uchun quyidagi tarzda ahamiyat
kasb etadi:
1) ishchi qog'ozlar auditor uchun tekshiruvni taqsimlash va muvofiqlashtirish hnkonini beradi;
2) partnyor, menejer va katta auditorlar uchun assistentlar ishini doimiy nazorat qilib borishga zamin yaratadi;
3) auditor xulosasi uchun asos bo‘ladi;
4) ushbu mijozda kelgusida audit tekshiruvini rejalashtirish va o'tkazishda yordam beradi. Ishchi qog‘ozlar tekshiruvni taqsimlash va muvofiqlashtirish imkonini beradi. Audit tekshiruvi birgalikda. jamoa bo‘hb amalga oshiriladigan faoliyatdek.
Har bir tekshiruvda bir necha auditor, auditorlik firmasining bir necha bo'limlari ham qatnashishi mumkin. Ushbu auditorlar, bo'limlaming ishi aynan ishchi qog'ozlar vositasida o'zaro muvofiqlashtiriladi. Bu vazifani amalga oshirish turli assistentlarga turh ishchi qog‘ozlami tayyorlash majburiyatini yuklash orqah bajarilishi mumkin. Misol uchun, katta auditor biror hujjatning sarlavhasini kiritishi va unda aks ettirilishi lozim bo'lgan bir necha operatsiyalami namuna tariqasida keltirishi mumkin. Bu uslub asosida katta auditor bir vaqtning o'zida bir necha assistentlar ishini nazorat qilib borish imkoniga ega bo'ladi. Ishchi qog'ozlar partnyor, menejer va katta auditorlar uchun assistentlar ishini doimiy nazorat qilib borish imkonini beradi. Ishchi qog'ozlar assistentlar tomonidan tayyorlangach, ular katta auditor tomonidan ko'rib chiqiladi.
Agar bu qog'ozlarda muhim kamchiliklar aniqlansa, katta auditor buni assistentga tushuntiradi va ishchi qog'ozni qayta ko'rib chiqishni so'raydi. Tayyorlangan ishchi qog'ozlardan kata auditor qoniqish hosil qilgach, bu hujjatlami menejerga taqdim qiladi. Menejer ham ishchi qog'ozlar bilan tanishadi va agar yana kamchiliklar aniqlansa bu hujjat xodimlarga qaytariladi. Menejer ham ishchi qog'ozlardan qoniqqach, ularni firma partnyoriga beradi. Yuqoridagi misoldan ko'rinib turibdiki, audit ishchi qog'ozlari vositasida audit tekshiruvini ohb borayotgan firma xodimlari ishi doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Buning natijasida firma o'tkazayotgan tekshiruv sifat talablariga javob beradi. Auditor xulosasi uchun asos bo'ladi. Ishchi qog'ozlarda auditorlik firmasi tomonidan mohyaviy hisobotlar bo'yicha xulosa berilishi uchun yetarli bo'lgan miqdordagi dalillar keltirilishi kerak. Chunki ijobiy auditorlik xulosasiga asoslangan holda ish ohb borgan investor kelgusida zarar ko'rish natijasida auditorlik firmasi ustidan sudga arz qilganda auditorlik firmasi o'zini himoyalashi uchun ayanan shu ishchi qog'ozlar asos bo'ladi.
Ushbu mijozda kelgusida audit tekshiruvini rejalashtirish va o‘tkazishda yordam beradi. Korxonada avvalgi yillarda o'tkazilgan audit tekshiruvi natijasida tayyorlangan ishchi qog'ozlar kelgusu audit tekshiruvini rejalashtirish va o'tkazishda boy ma’lumotlar manbayi hisoblanadi. Misol uchun, awalgi yillarda qo'llanilgan ishchi qog'ozlarga asosan oldingi yil audit tekshiruvini o'tkazish uchun sarflangan vaqt hajmi, mijoz ichki nazorat tizimi, oldingi yillarda auditor duch kelgan muammolar to'g'risida batafsil ma’lumot keltiradi. Ammo, auditor awalgi yillar ishchi qog'ozlaridan namuna sifatida foydalanganda ehtiyotkor bo'lishi lozim.
Chunki mijozning avvalgi yillardagiga nisbatan joriy yildagi operatsiyalarida, ichki nazorat tizimida muhim o'zgarishlar ro'y bergan bo'lishi mumkhi. Shuningdek. Auditor joriy yil audit tekshiruvini awalgi yiharga nisbatan har taraflama sifatli o'tkazishga doimiy harakat qilishi lozim. Ammo, har qanday vaziyatda ham oldingi yil ishchi qog'ozlarida keltirilgan ma’lumotlar joriy yil audit tekshiruvi uchun juda katta ahamiyatga ega. Samarali audit tekshiruvi o' tkazilishi uchun auditorga mijoz faoliyatiga doir barcha ma’lumotlarni olishga imkon yaratib berilishi kerak. Ammo, oy ma’lumotlarning katta qismi mijoz ski hisoblanadi. Misol uchun, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi, rahbariyat ish haqi miqdori, korxonaning mahsulot sifatini oshirish uchun amalga oshirayotgan ishlar. Shu sabab, auditorlar bu ma’lumotlami sir saqlay olmasa, mijoz raqobatchilar, xodimlardan bu m a ’lumotlarni sir saqlash uchun auditorga bu ma’lumotlarni bermasligi mumkin. Buning natijasida audit tekshiruvini samarali tasJikil etishning imkoni bo'lmaydi. Auditor tomonidan olingan bu tur ma'lumotlaming barchasi audit ishchi qog'ozlarida bayon etiladi. Shu sabab, ishchi qog'ozlar ham maxfiy hisoblanadi. AICPA tashkiloti tomonidan chiqarilgan auditorlik faoliyatiga doir standartlarda ≪Audit tekshiruvi jarayonida qo'lga kiritilgan ma’lumotlami auditor mijoz rozihgisiz uchinchi tarafga oshkor etmasligi lozim≫ - deb la ’kidlanadi. Shuningdek, mijoz hozirgi auditorlik fumasi xizmatlaridan voz kechsa va yangi auditorlik firmasini jalb etsa, avvalgi audit firmasi keyingi audit firmasiga mijoz ruxsatisiz oldingi audit tekshiruvi jarayonida tayyorlangan ishchi qog‘ozlami bermasligi kerak.
Mijoz korxona tijorat sirlarini nafaqat tashqi shaxslarga, balki korxonaning ichki xodimlari uchun ham maxfiy bo'lishini xohlaydi. Misol uchun, korxona rahbariyati o'zining ba’zi xodimlaridan rahbariyat oladigan ish haqi summasini sh tutishni ma’qul ko'rishi mumkin. Shu sabab, auditor ham bu ma’lumotni sir saqlashi kerak. Shuningdek, ishchi qog'ozlarda batafsil tekshirilishi rejalashtirilayotgan ba’zi schyotlar, bo'limlar yoki davr to'g'risidagi ma’lumotlar keltirilishi mumkin. Bu ma’lumotlardan korxona xodimlarining xabardor bo'lishi natijasida ba’zi suiste’molliklar, firibgarliklarni tezda tuzatish va natijada audit tekshiruvining sifatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, audit ishchi qog'ozlarida mijozning maxfiy ma’lumotlari aks etadi. Shu sababh bu qog'ozlar doimiy ravishda tashqi ta’sirdan himoyalangan bo'lishi, maxsus seyflar, fayllarda saqlanishi kerak. Ammo, audit ishchi qog'ozlarida mijozga tegishli ma’lumotlar keltirilsa-da, bu qog'ozlar mijozning emas, auditorlik firmasining mulki hisoblanadi. Shu sabab, mijoz auditordan audit ishchi qog'ozlari bilan tanishishni talab qilishga haqli emas. Bu faqat auditoming shaxsiy roziligi bilan amalga oshiriladi. Audit ishchi qog'ozlari audit tekshiruvi jarayonida qo'llanilgan uslublar va to'plangan dalillar haqida ma’lumot beruvchi eng asosiy hujjat hisoblanadi. Auditor o'z tekshiruvini sifatisiz o'tkazganhgi sababli sudga shikoyat tushsa, auditorlik firmasi o'zini himoyalashi uchun eng asosiy va yagona vosita ham shu ishchi qog'ozlar hisoblanadi. Shuning uchun, bu qog'ozlaming tayyorlanishiga auditor alohida e’tibor qaratishi lozim.
Ba’zan auditorlik firmasining turli xodimlari, misol uchun kata auditor va menejer audit yoki buxgalteriyaning b a ’zi uslublari, standartlari yuzasidan ishchi qog'ozlarda turli xulosalarga kelishlari mumkin. Bunday holda ikkala tara f ham muzokara olib borishi va umumiy yechimga kelishga harakat qilishlari kerak. Masala ijobiy hal etilsa bu liol ishchi qog'ozlarda ham aks ettirilishi zarur. Agar yagona to'xtamga kelishning imkoni bo'lmasa firma rahbariyatining fikri, xulosasi ustunlik qiladi. Ammo buning natijasida qolgan xodimlaming fikri ahamiyatga ega emas, degan xulosaga kelirmiashgi kerak. Chunki sifatsiz tekshiruv natijasida auditorlik firmasi xodimlari javobgarlikka tortilsa, ular qatoridan o'z fikri yuzasidan partnyor bilan kelishmagan xodimlar ham joy ohshlari mumkin. Shu sabab, audit tekshiruvida qatnashayotgan barcha xodimlar firma rahbariyati bilan buxgalteriya, audit uslubiyati, standartlari yuzasidan yagona to'xtamga kela olmasalar bu holni ishchi qog'ozlarda, ulaming sababini ko‘rsatgan holda bayon etishlari zarur. Audit ishchi qog'ozlarida auditor tomonidan to'plangan turli ma’lumotlar aks etganligi sababh bu ishchi qog'ozlar turh ko'rinishda bo'lishi mumkin. Ammo bu hujjatlarni quyidagi umumiy guruhlarga ajratish mumkin:
1) audit ma’muriy ishchi qog'ozlari;
2) ishchi balans;
3) tuzatuvchi provodkalar va guruhlashtirishlar aks etgan ishchi qog'ozlar;
4) tahliliy, taqqoslash, hisob-kitob bo'yicha tuzilgan ishchi qog'ozlar.
Audit ma’muriy ishchi qog‘ozlari. Audit tekshiruvi rejalashtirish, nazorat qilish, muvofiqlashtirishni talab etadigan murakkab faohyatdir. Ba’zi ishchi qog'ozlar audit tekshiruvini rejalashtirish va boshqarish maqsadida tuziladi. llla r qatoriga audit rejasi va dasturi, ichki nazorat tizimi bo'yicha tuzilgan savolnoma va bu tizimni tasvirlovchi blok-sxema, auditoming mijoz oldidagi majburiyat xatini keltirishimiz mumkin.
Ishchi balans mijoz buxgalteriyasi avvalgi va joriy yillarda qo'llagan schyotlami ulaming aylamnasi va saldosini ko'rsatgan va auditor uchun tegishli o'zgartirishlar kiritishga alohida ustun keltirilgan ishchi qog'oz hisoblanadi. Ishchi balans qolgan barcha ishchi qog'ozlaming asosini tashkil etadi. Uning asosida qolgan ishchi qog'ozlar nazorat qilinadi va umumlashtiriladi.
Ushbu ishchi qog'ozning uchinchi ustunida schyotning avvalgi yil saldosi kо'rsatiladi, to' rtinchi ustunda esa joriy yil saldosi aks ettiriladi. Bulling natijasida auditor tekshirilayotgan schyotning joriy va avvalgi yil saldolarini qulay tartibda solishtirish imkoniga ega bo'ladi. Solishtirish natijasida katta farq aniqlansa batalsil tekshirilishi lozim bo'lgan schyotlar, operatsiyalar aniqlanadi. Shuningdek, avvalgi yil schyotlar saldosining ko'rsatilishi shu schyot bo'yicha joriy yil davomida ohb borilgan hisob-kitob to 'g 'ri bo'lganligini tekshirish imkonini beradi. Tuzatuvchi provodkalar va guruhlashtirishlar aks etgan ishchi qog'ozlar. Audit tekshiruvi davomida auditorlar mijoz moliyaviy hisobotlari va buxgalteriya yozuvlarida turli xatoliklami aniqlashi mumkin. Bu xatoliklar summasi katta yoki kichik bo'lishi mumkin. Bunga sabab, ba’zi operatsiyalar hisobga olinmaganhgi yoki noto'g'ri summalar ishlatilganhgida bo'lishi mumkin. Bu xatoliklarga, odatda, bilmagan holda yo'l qo'yiladi. Ammo ba’zan ular atayin qilingan bo'lishi ham mumkin.
Moliyaviy hisobotlar va buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan muhim xatoliklarni to'g'rilash uchun auditor tuzatuvchi provodkalami tayyorlaydi va mijozdan ulami mohyaviy hisobotlarga kiritishni so'raydi. Shuningdek, auditorlar mijozning buxgalteriya hisobida to'g'ri hisobga olingan ammo noto'g'ri guruhlashtirilgan elementlar bo'yicha tuzatuvchi guruhlashtirishlarni ham o'z ishchi qog'ozlarida ko'rsatadilar. Schyotlar tahlili bo'yicha tuzilgan ishchi qog'ozlar. Ushbu hujjat audit tekshiruvi qamragan davr davomida aktiv, majburiyat, xususiy kapital, daromad va xarajat schyotlaridagi barcha o'zgarishlarni bir joyda aks ettirishga mo'ljallangan. Schyotlar tahlilini o'tkazish uchun auditorlar awalo shu schyotlaming boshlang'ich saldosini keltiradilar. Shundan so'ng bu schyotlarga nisbatan barcha debit va kcrditlarni tahlil qiladilar va yil yakunida bu schyot aks ettirishi lozim bo'lgan summani aniqlaydilar. Schyotlami bu uslubda tahlil qilish jarayonida muhim kamchiliklar aniqlansa auditor o‘z ishchi qog'ozlarida to'g'ri summani, provodkalami keltiradi va ularni mijozga o'z moliyaviy hisobotlariga kiritish uchun beradi.
Taqqoslash bo'yicha tuzilgan ishchi qog'ozlar. Auditorlar tekshiruv davomida, ko'pincha, turli manbalardan kelgan ma’lumotlami o'zaro taqqoslaydilar. Bu jarayonda auditorlar taqqoslash ishchi qog'ozlarini tuzadilar. Bu hujjatlar turli m a’lumotlaming, shu jumladan, mijozning pul mablag'lari, debitorlik va kreditorlik qarzlarining to'g'riligini tekshirish imkonini beradi. Hisob-kitob ishchi qog‘ozlari. Auditor schyotlami tekshirish uchun qo'llaydigan uslublardan biri tekshirlishi lozim bo'lgan schyotlaming to'g'riligini mustaqil hisob- kitob qilish va natijani mijoz buxgalteriya tizimi ma’lumotlari bilan solishtirishdan iborat. Hisob-kitob orqah tekshirilishi mumkin bo'lgan ma’lumotlar qatoriga foiz ko'rinishidagi xarajatlar, amortizatsiya, hisoblangan daromad solig'i kabilami kiritishimiz mumkin.
Auditorlar, odatda, har bir mijoz uchun quyidagi ikki turdagi fayllami yuritadilar:
1) har bir tugallangan ishchi qog'ozlar uchun joriy fayl;
2) nisbatan o'zgarmas ma’lumotlami aks eltiruvchi ishchi qog'ozlar uchun doimiy fayllar.
Korxonaning joriy yil moliyaviy hisobotlarini tekshirish jarayonida tuzilgan ishchi qog'ozlar joriy fayllarda saqlanadi. Shu korxonaning davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi hujjatlar, litsenziyalar nusxalari doimiy fayllarda saqlanadi. Chunki bu hujjatlar nisbatan o'zgarmas hisoblanadi va keyingi yil audit tekshiruvida kerak bo'ladi.